Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet30/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Nazorat uchun savollar?
1. Konsalting xizmati turlari va shakllari.
2. Konsalting sub’yektlari va ob’yektlari. Konsultatsiya jarayonlari.
3. Individual, jamoaviy aloqalar va ikkilamchi manbalardan axborotlar to‘plash.

6-M A V Z U: Konsalting jarayonlarida manbalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar

REJA
1. Manbalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning zaruriyati va mavjudligi.
2. AMXda o‘zaro teskari aloqalar mexanizmlari.
3. O‘zaro aloqalarning maqsadi va xizmatlar ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish


Tayanch iboralar:aloqa, manba,malumot, axborot-maslahat xizmati,tashkiliy, teskari aloqa,jarayon, takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish

1–savol


Manbalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning zaruriyati va mavjudligi
Qishloq xo‘jaligida axborot maslahat xizmatini ko‘rsatish tizimining maqsadi-qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari va agrar sohadagi boshqa barcha tadbirkorlik sub’yektlariga xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, yuritish va boshqarishda hamda tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnologik va boshqa yo‘nalishlarida oqilona qaror qabul qilishlariga ko‘maklashish maqsadida axborotlar majmuini yetkazishdan iboratdir. Axborot maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi sub’yektlar faoliyatining maqsadi ilmiy-texnika yangiliklarga oid ma’lumotlarni yig‘ish va uni iste’molchilarga yetkazib berish, shunindek, innovatsion va ilmiy-texnikaviy loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llashga ko‘maklashishdan iborat. Ularning bu maqsadlariga erishishlari uchun hamda ko‘rsatilayotgan xizmatni sifatini qay darajada ekanligidan xabardor bo‘lish uchun esa axborot maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi sub’yektlar xodimlari va mijoz o‘zaro teskari munosabatlarini yo‘lga qo‘yish kerak.
Axborot-maslahat xizmatida ma’lumotlarni yig‘ish va tashxis operatsiyalarda mijozning faolligini oshirish zaruriyati haqida bir necha bor so‘z yuritiladi. Asosiy maqsad shundan iboratki, berilgan topshiriqni bajarilishi muddatining boshidanoq maslahatchi va mijoz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini barpo etish va shu bilan birga mijoz tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xar qanday noxush vaziyat va munosabatlarni oldini olish imkonini beradi. Agar mijoz bo‘layotgan jarayonlardan to‘liq xabardor bo‘lmasa va maslahatchi tomonidan qo‘yilgan mulohaza va yakuniy xulosalar mijoz uchun kutilmagan xolatda taqdim etilsa, bunday noxushliklarni oldini olib bo‘lmaydi. Shu sababli xam mijoz bilan o‘zaro teskari aloqalar va muloqatlar zarurdir.
O‘zaro teskari aloqalar- mijozga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish hamda bajarilgan ish bo‘icha xisobotlarni berish maqsadida axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimi yoki maslahatchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalardir. Bu aloqalar natijasida axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimi yoki maslahatchisi berilgan topshiriqni sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.19
Axborot-maslaxat xizmatida o‘zaro teskari aloqalar mexanizmilari o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish bosqichlari va usullarini o‘z ichiga jam qilgan. O‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirishda AMX xodimining o‘rganayotgan tovar ishlab chiqaruvchilarni o‘ziga qarata olish qobiliyati muhim rol o‘ynaydi.
Axborot-maslahat xizmatida o‘zaro teskari aloqalar yo‘lga qo‘yishda qo‘yidagilar amalga oshirish kerak:
-mijozga vaqti vaqti bilan uning tashkiloti haqida yangi va ahamiyatga molik bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha axborot berib borish;
-olib borilayotgan jarayon haqida va maslaxatchining vazifaga nisbatan yondashuvi haqida mijozni xabardor qilib borish;
-bajarilayotgan topshiriqqa nisbatan mijozni qiziqishi va faolligini oshirib borish;
-mijoz maslahatchi topshiriqni bajarish davomida to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ko‘mak berishiga va zarurat tug‘ilganda to‘g‘ri yo‘nalish berib borishi uchun mijozni ishga bo‘lgan e’tiborini oshirib borish.
Tashxis muddatidagi o‘zaro teskari aloqalar o‘z o‘zidan tashxis usullari deyiladi. To‘g‘ri tanlangan va taqdim etilgan axborotlar mijoz tomonidan yuzaga keladigan ijobiy yoki salbiy munosabatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Salbiy munosabatlar yuzaga kelmasligi uchun hamda maslahatchi qat’iy tarzda nimaga erishmoqchiligini bilgan holda qo‘yidagi savollarga javob bera olishi kerak:
-topshirilgan vazifa bo‘yicha yana ma’lumotlar izlashga extiyoj bormi?
-mijoz oshkor etishni va tinglashni hohlamagan mavzudagi yangi axborotlarni izlash kerakmi?
-mijoz keltirilgan ma’lumotlarga qarshi fikr bildiradimi?
-maslahatchi mijozga, uni xayajonga soluvchi ma’lumotlarni taqdim etishni xoxlaydimi?




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish