Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet197/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Nazorat uchun savollar.

  1. Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini qo‘llash tizimi bo‘yicha maslahatlar nimalardan iborat bo‘lishi mumkin?

  2. Qishloq xo‘jaligida kimyo xizmati va uni rivojlantirish masalalari?

  3. O‘g‘itlarni qo‘llash me’yori va turlari?

  4. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan foydalanish darajasi?

  5. Fermer xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish xizmatini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar. Tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bo‘yicha maslahatlar?

  6. Agrokimyo xizmatida iqtisodiy ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari?

  7. Kimyoviy yondashuvdan biologik-tabiiy yondashuvga o‘tish yo‘llari?

  8. Biologik laboratoriyalar xizmatini tashkil etish yo‘llari bo‘yicha maslahatlar?



24- MAVZU. MAHSULOTLARNI SAQLASh VA QAYTA IShLASh BIZNES REJASINI IShLAB ChIQIShDA MASLAHAT XIZMATLAR
Darsning maqsadi: Talabalarga mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash biznes rejasini ishlab chiqishda konsultativ xizmatlar bo‘yicha bilimlar berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Don mahsulotlarini saqlashni tashkil etish biznes rejasini tuzish bo‘yicha konsalting xizmatlar.
2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha maslahat xizmatlari.
3. Meva sabzavotchilik xo‘jaliklari biznes rejasini tuzish bo‘yicha konsalting xizmatlari.
Darsning shakli: Amaliy mashg‘ulot savollari bo‘yicha guruh taqsimoti.
Darsga oid jihozlar: -Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar.
Izoh: Marker va plakat bo‘lmagan taqdirda sinf taxtasi,bo‘rdan foydalanish mumkin.
Darsning tuzilishi: -Tashkiliy daqiqa,
-Yangi mavzu bo‘yicha guruhda ishlash,
-Guruh taqdimoti,
-Guruh ishining yakuni,
-Darsga yakun yasash va vazifa.

Qishloq xo‘jalik korxonalari nafaqat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, balki ismolchiga yetib borishgacha bo‘lgan davr ichida mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayonida faoliyat olib boradilar. Albatta saqlash va qayta ishlashni tashkil etishda xam biznes rejalar tuziladi va shu rejaga asosan ish olib boriladi. Biznes reja tuzishdan oldin xar bir tadbirkor faoliyat turi, texnologiyasi, xarajatlari bilan tanish bo‘lishlari zarur. Don mahsulotlarini saqlashni tashkil etish biznes rejasini tuzish uchun ham uni saqlash texnologiyasi va uni sifatli saqlashga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish zarur.


Saqlash yoki qayta ishlash korxonalarining xarajatlar tarkibi. Meva va sabzavotlarni saqlash yoki qayta ishlashni tashkil etishda mablag‘lar sarfi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi va bu tadbirlar qishloq xo‘jaligining boshqa sohalaridan tubdan farq kiqadi. Masalan. tadbirkor biror bir yer maydoniga ishlov berish uchun ma’lum bir rusumli traktor xarid qilib olsa, uni bu texnikani sotib olishdan keyingi xarajatlari sezilarsiz miqdorda bo‘ladi, ya’ni traktorni sotib oldi, so‘ngra undan foydalanishdagi xarajatlar yonilg‘i-moylash materiallari va turli xil ta’mirlash ishlariga sarflanadi xolos. Ammo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash yoki qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar bundan farq qiladi.
Sovutish xonalarini va qayta ishlash korxonalarini loyihalashtirishda birinchi navbatda bu sohani tashkil etishdagi sarflanadigan mablag‘larni to‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim hisoblanadi. Meva va sabzavotlarni saqlash yoki qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 30-35% doimiy 65-70% esa o‘zgaruvchan xarajatlar tashkil etadi. Bundagi sarf xarajatlarni 2 ta guruhga ajratish mumkin:
Doimiy xarajatlar – bunga sovutish xonalari joylashgan yer maydoni, sovutish kamerasi qurilgan bino, sovutish kamerasini ish faoliyatini ta’minlab turuvchi barcha jihozlar va bu bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga odatda turli xil shakl dagi bank kreditlari va boshqa yillik to‘lovlar kiradi;
O‘zgaruvchan xarajatlar – bu turdagi xarajatlarga nazorat qilib bo‘lmaydigan, ya’ni bozor tomonidan belgilanadigan xarajatlar kiradi. Bular birinchi navbatda xom ashyo, ishchi kuchiga to‘lanadigan xarajatlar, elektr energiyasi va yonilgi-moylash materiallari, turli xildagi idish va yordamchi materiallar, transport xarajatlar kiradi.
Ma’lumki, meva va sabzavotlarni saqlashda respublikamiz aholisi katta tajribaga va uzoq tarixga ega Bugungi kunda meva va sabzavotlarni saqlashning quyidagi usullari mavjud:
tabiiy usulda saqlash: bunda mahsulotlar turli xil yerto‘la va o‘ralarda saqlanadi, bunday usulda saqlashdagi jarayonni nazorat qilish imkoni bo‘lmaydi, ya’ni bu holda mahsulotlar atrof-muhit harorati va namligiga bog‘liq bo‘ladi;
sun’iy usulda saqlash: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sun’iy usulda saqlashda mahsulotlar maxsus loyihalashtirilgan binolarda saqlanadi. Bugungi kunda dunyo bozoridagi saqlanib, iste’molga chiqariladigan mahsulotlarning kariyib 80%dan ortig‘i sun’iy usulda saqlangan mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda binolardagi sovutish kameralarida maxsus jihozlar yordamida meva va sabzavotlarni yangi uzilgan ko‘rinishdagi holatini ta’minlab beruvchi muhit yaratiladi va ushlab turiladi. Qishoq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashning asosiy maqsadi xom ashyoning pishib yetilgunga qadar to‘plagan barcha inson organizmi uchun foydali bo‘lgan moddalarini saqlab qolish va iste’molchiga yetkazishdir. Meva va sabzavotlarni saqlash jarayonida ular tarkibidagi foydali ozuqa moddalarni yo‘qolishining bir necha asosiy sabablarini ko‘rsatish mumkin, ular quyidagilardan iborat:
xom ashyo sifatining pasayishi va moddalarning yo‘qolishi:
- yetishtirish va agrotexnik ishlov berish sharoitiga bog‘liq omillar, hosilni yig‘ishtirish usullari va sharoitining buzilishi, turli xil kasalliklar (mikroorganizm, parazitlar) ta’sirida ular tarkibining o‘zgarishi, turli xil jonzotlar tomonidan xom ashyoni kemirilishi;
- meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonlari natijasida va namlikning yo‘qotilishi natijasida sifatining pasayishi.



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish