11.1.-rasm. Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari
Fermer xo‘jaliklari uchun mehnat unumdorligini oshirishga erishish nafaqat, xo‘jalikning barqaror rivojlanishini ta’minlashda, balki, asosiy qishloq xo‘jaligi sub’yekti sifatida tarmoqdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan xo‘jalikda mehnat unumdorligini oshirish omillarini uchta guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, mavjud mehnat vositalaridan foydalanish va rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lgan tabiiy, moddiy-texnika va mehnat omillari.
Ikkinchidan, xo‘jalikda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-iqtisodiy va boshqarish omillari.
Uchinchidan, ishlovchilarning ishlab chiqarishdagi o‘rni va roli bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik omillar.
Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyatining natijalari mehnat resurslaridan samarali foydalanish darajasiga katta bog‘liqdir. Mehnat resurslaridan foydalanishning eng asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib mehnat unumdorligi hisoblanadi. Mehnat unumdorligi oshgan sayin ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori oshib boradi.
Qishloqda ijtimoiy – iqtisodiy masalalarni xal etishda fermer xo‘jaligi mehnat resurslaridan samarali foydalanishni oshirish muxim ahamiyat kasb etib, bizningcha fermer xo‘jaligi mehnat resurslaridan samarali foydalanish quyidagilarda o‘z aksini topadi:
- xududning ijtimoiy barqarorligini ta’min etishda yirik manba bo‘lib xizmat qiladi;
- qishloq aholisi ish bilan ta’min etildi va tomorqa yerlar hisobiga daromadlarini oshirish imkoni paydo bo‘ladi;
- faqatgina dehqon oilasi farovonligini ta’min etmasdan balki, bu xo‘jaliklarni tovar xo‘jaliklariga aylanib bozor uchun mehnat qilish ko‘nikmalarini egallashga asos bo‘ladi;
-istemol bozori arzon va sifatli oziq – ovqat maxsulotlari bilan to‘lishi yuz beradi;
- qishloq oilalari daromadlari oshishi bilan birgalikda oilalarda farzandalarini mehnatga xurmat, tadbirkorlik, tejamkorlik ruhida tarbiyalashga muhit yaratiladi.
- qishloq joylarda bozor qonuniyatlariga xos infratuzilmalarning rivojlanishiga turtki beradi.
Fermer xo‘jaligida mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish uchun :
fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-texnika ta’minotini yuksaltirish;
fermer xo‘jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish;
fermer xo‘jaligida tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaligida ishlash va qishloqda yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;
mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishni takomillashtirish;
fermer xo‘jaligining rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish kerak.
Fermer xo‘jaliklarini yuritishda zarur bo‘lgan yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lish xo‘jalikda ishlab chiqarish va moliviy holatni mustahkamlash, iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bilan birga mehnat resurslarining oqilona bandligini oshirish yo‘lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-uy mehnati-kasanachilikni rivojlanitirish;
- qishloqda yangi ish joylarini tashkil etish;
- sanoatni qishloqqa olib kirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish darajasini oshirish;
-tarmoqda mahsulotni yetishtirish tayyorlash qayta ishlash sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
-fermer xo‘jaliklarini muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiirshga ixtisoslashtirish va ekinlar tarkibini maqbul joylashtirish;
- fermer xo‘jaliklarida xo‘jaliklararo kooperatsiya va agrosanoat integratsiya tizimini rivojlantirish;
-tarmoqda ishlab chiqarishning maqbul hajmlarini belgilash va intensiv rivojlantirish imkoniyatini yaratish;.
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Buning uchun xo‘jaliklar ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlarning ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini shakllantirish lozim. Eng avvalo, ularni malakali kadrlar, ta’mirlash ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo‘jaliklarning ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zarur. Buning uchun esa moliyaviy resurslar bilan ta’minlash choralarini aniqlab, ularning bajarilishini ta’minlash kerak.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to‘liq va samarali foydalanish hamda ularning mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir:
tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish;
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-texnika ta’minotini yuksaltirish;
fermer xo‘jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish;
qishloqda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;
mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |