Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet50/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

"Holl-test" usuli marketing tadqiqotlari o‘tkazishning maxsus usuli bo‘lib, o‘z ma’no va mohiyati bo‘yicha shaxsiy intervyu yoki anketa so‘rovnomasining o‘zgacha shakli hisoblanadi. Ushbu usulda respondentlarga dastavval test o‘tkaziladigan ob’yekt xususida tushuncha berilib, so‘ngra standart savollardan iborat anketani to‘ldirish yoki intervyu oluvchi savollariga javob berish taklif etiladi.
Aksariyat hollarda, "holl-test" usuli odamlar nisbatan gavjum bo‘lgan joylarda (masalan, shahar bozori, yirik hajmdagi ko‘rik yoki tanlov marosimlari, savdo rastalari va ko‘chalarda va hokazo) o‘tkaziladi. Buning uchun bunday tadqiqotlarni o‘tkazayotgan markaz yoki tashkilot o‘z "ofisini" ("hall") yoki maxsus jihozlangan ko‘chma xonasini (chodirini) aynan o‘sha yerda tashkil etadi.
Ushbu usulning ustunlik jihati shundan iboratki, unda o‘rganilayotgan jarayon, mahsulot, xizmat yoki boshqa bir test ob’yektini bevosita ko‘rish, eshitish, his etish, ta’mini bilish yoki kombinatsiyalashgan holda o‘rganish bo‘yicha bevosita ma’lumot olishga va ularni baholashga imkon mavjud bo‘ladi.
Ushbu usuldan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish maqsadga muvofiq:

  • iste’molchilarning tovar mahsulotlarga, mahsulot markasiga, mahsulot ishlab chiqaruvchilariga bo‘lgan munosabatini o‘rganish maqsadida;

  • marketing tizimida egallanmagan bo‘shliqni izlab topish va yangi mahsulotni ishlab chiqishda;

  • reklama materiallarini sinov (test)dan o‘tkazishda;

  • mavjud mahsulotning bozor talablariga mos kelayotganligi yoki mos kelmayotganligini baholashda;

  • optimal reklama materialini aniqlash yo‘li bilan reklama kompaniyalarini maqbullashtirishda;

  • reklama materiallarining turli toifadagi iste’molchilarga ta’sirini aniqlashda va boshqalar.

Bir maqsadga yo‘naltirilgan guruh(foks guruh)larni tashkil etish usuli, odatda, bir mavzuni yoki bir-biri bilan uzviy bog‘langan yoki bir-biriga yaqin mavzularni jamoa bo‘lib muhokama etishda, munozara o‘tkazishda yoki intervyu olishda qo‘llaniladi. Guruh bo‘lib o‘tadigan munozarada ma’lum bir mezon bo‘yicha tanlab olingan 7-8 respondent ishtirok etishi maqsadga muvofiq. Bunday usulning samaradorligi ko‘p jihatdan munozarani olib boruvchi moderatorning mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu usul o‘z mohiyatiga ko‘ra, "sifat usuli" toifasiga mansub bo‘lib, "son usuli"ga toifasidagi usullardan farqli o‘laroq, o‘rganilayotgan, tahlil etilayotgan yoki muhokama qilinayotgan mavzu(mahsulot, jarayon, xizmat va h.k.)ning global mohiyatini bilishga, unda ishtirok etuvchilarning emotsional o‘zgarishini, ta’sirini o‘rganishga, ularning u yoki bu jarayon yo‘nalishni tanlashiga undovchi motivlarni anglash va aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu bois bu usul, odatda, "Qancha?" degan savolga emas, balki "Nega?" degan savolga javob beradi. Bir maqsadga yo‘naltirilgan guruh (foks guruh), odatda, oldindan tayyorlangan ssenariy asosida, maxsus jihozlangan joyda 2 soat davomida olib borilishi, yuqori samara berishi amaliyotda o‘z tasdigini topgan.
Ushbu usul, odatda, quyidagi holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni olishda qo‘llanilsa, yuqori samaraga erishish mumkin:

  • fermer xo‘jaligi, kompaniya, firma yoki korxonaning mavqei, brendini baholashda;

  • iste’molchilar ongiga ta’sir etuvchi dastak yoki vositalarni aniqlashda;

  • turli toifaga mansub tovarlarga oid bazaviy ma’lumotlarni aniqlashda;

  • yangi mahsulot konsepsiyasi sifatiga oid fikrlarni o‘rganishda;

  • mahsulot o‘rami dizayni, mahsulot sifati, reklama konsepsiyasi elementlari iste’molchilar tomonidan idrok qilinishini baholashda va boshqalarda.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish