Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet49/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Marketing menedjeri. Konsalting firmaning xajmi va faoliyati murakkabligidan qat’iy nazar, uning boshqaruv jamoasi marketingga katta e’tibor berishi zarur.Odatda marketing strategiyasi boshqaruv tomonidan muhokama qilinadi va qaror qabul qiladi. Iloji bo‘lsa, boshqaruv jamoasining biror bir a’zosi marketing menedjeri vazifasini o‘tashi kerak. Bu vazifa doimiy yoki vaqtinchalik xam bo‘lishi mumkin.
Marketing menedjeri faoliyati marketing funksiyasini butunlay qamrab olgan bo‘lib, bozor tahlili, strategiya, dastur va sarflanadigan xarajatlarni xisoblab xisobotlarni tayyorlash va uni taqdim etishga ma’sul bo‘ladilar. Ular ba’zi bir marketing faoliyati, masalan, marketing olib boriladigan siyosat dasturi, reklama, matbuot bilan aloqalar, axborotni taxrir qilish va tarqatish kabi vazifalar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgar bo‘ladi. U bu vazifalarni bajarishi uchun kichik texnik va ma’muriy jamoaga ega bo‘lishi kerak. Boshqa marketing vazifalar va faoliyati uchun marketing menedjeri bevosita javobgar emas, boshqa rahbarlar bilan xamkorlikda ularni nazorat qilishi, baxolashi va yuritishi mumkin.
Bilvosita marketing roli. Bilvosita marketing roli (firmaning professional imidjini yaratish va yangi mijozlar bilan aloqalar imkoniyatini yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha) odatda, firmaning yanada samaralarga erishishi uchun o‘z mahoratidan foydalana oladigan shaxslar bilan konsaltingt firmasi xamkorlikda ish olib boradilar. Bundan asosiy maqsad, ularning individual imkoniyatlaridan foydalanish, ya’ni firmaning rivojlanishi ahamiyatga ega bo‘lgan maqola va qo‘llanmalar tayyorlash. Xar bir ish to‘g‘ri taqsimlanishi kerak, masalan, kim savdo assotsiatsiyasi yoki boshqaruvda faol bo‘lishi, kim boshqaruv kongressida faol ishtirok etishini belgilab qo‘yilishi kerak.
Muayyan topshiriqni bajarishda to‘g‘ridan to‘g‘ri marketingning roli, odatda, menedjer yoki xamkorning vazifasi bo‘lib, o‘zining 30-100 foiz ish vaqtini mijozlar bilan aloqalar o‘rnatishda, yangi mijozlar bilan yangi buyurtmalar olishga, diagnostik so‘rovnomalar bilan muzokaralar olib borishga va yangi xizmatlarni taklif etishga sarflashga qaratiladi.
Ba’zi konsalting firmalarda bunday katta mutahasislar marketolog shtatlari mavjud. Ular firmaning texnik xodimi bo‘lmasligi mumkin, lekin ularning ijtimoiy, diagnostik va xizmatlarni sotish qobiliyatlari ularnning firmadagi faoliyatini yanada oshiradi. Bunday firmalar "Rainmakers"deb ataladi. Shunga qaramay, shu ko‘p konsalting firmalari marketolog faoliyati samarali olib borish bilan topshiriqni bajarilishini nazorat qilish va boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Marketing faoliyati yuqori boshqaruv yoki konsalting firmasi doirasidagi menedjerlari va geografik soha rahbarlari tomonidan a’lo darajadagi koordinatsiya va qo‘yidagi faoliyatni talab etadi. Mijozlar bilan bo‘lgan aloqalarda betartib munosabatlar, bir narsani bir necha marta takrorlanishi yoki bir axborotni turli xil yetkazish orqali firma o‘z imidjiga zarar keltirishi mumkin. Aksincha, potensiali yuqori bo‘lgan mijozlar bilan axborot almashuvini faollashtirish, konkret mijozlar bilan ishlaganda firmaning imkoniyatlari va foydali tomonlarini inobatga olishlik konsalting firmaning sinnergetik samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan biridir.
Marketing dasturi yoki rejasi faoliyat olib borishi uchun qabul qilingan strategiyalarni, strategiya va chora tadbirlarni o‘z ichiga olgan marketing maslahatchisining maqsadi orqali aniqlanadi. Muayyan vaqt ichida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, qanday resurslar talab etilishi va firma jamoasi a’zolarining marketing faoliyatiga qo‘shishi mumkin bo‘lgan xissasi xaqidagi ma’lumotlarni tayyorlangan marketing dasturi aniq ko‘rsatadi. Mayyan vaqt oralig‘ida marketing xarakatlari orqali bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarning miqdori va sifatini qay darajada bo‘lishini marketing maqsadlarida aniq belgilangan bo‘lishi kerak:
Maqsadlarning sifatli topshiriqlar ko‘rsatkichlari konsalting firmaning yondashuviga mavjud mijozlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasi mos kelishi yoki yangi mijozlarni izlashi kerakligini ko‘rsatadi.
Maqsadlar bir, uch yoki besh yil ichida amalga oshishi kerak. Bu strategik va tahliliy masalalarni muayyan vaqtga to‘g‘ri taqsimlashishidan dalolat beradi. Masalan, kupgina bilvosita marketing usullari biznesning kelajagi uchun investitsiya kiritish misolida ko‘rib chiqish uchun vaqtdan samarali foydalangan xolda professionallikni yaratishda foydalanish mumkin.
Axborot-konsalting markazlari tarkibida maxsus marketing guruxlari tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu guruhdan marketing tadqiqotlari olib borishda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususiyatidan kelib chiqqan holda, ma’lumot va axborot yig‘ishda amaliy jihatdan birmuncha samarali hisoblangan quyidagi usullardan foydalanishi ularning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi26:

  • bir maqsadga yo‘naltirilgan guruhlar (foks guruhlar)ni tashkil etish;

  • batafsil intervyu olish usuli;

  • mutaxassislar fikrini so‘rash usuli ;

  • shaxsiy intervyu usuli;

  • yuridik shaxslar bilan savol-javob, anketa so‘rovnomasini o‘tkazish usuli;

  • telefon orqali so‘rov o‘tkazish usuli;

  • yashash joylariga tashrif buyurish usuli;

  • kuzatuv usuli;

  • kundalik tutish usuli;

  • "holl-test" usuli;

  • "sirli xaridor" usuli va boshqalar.

Yuqorida qayd etilgan usullarning ayrimlari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish