Agrokonsalting


–савол Taklif etilayotgan xizmatlar ko‘lami va ixtisoslashuvi



Download 2,27 Mb.
bet19/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–савол
Taklif etilayotgan xizmatlar ko‘lami va ixtisoslashuvi
Axborot-maslahat xizmatlarining samarali ishlashining muhim sharti ta’lim, bilimlarni tarqatish, fan va maslahat funksiyalarini birlashtirishdan iborat. Bu barcha funksiyalar agrar sektorda u yoki bu darajada axborot-maslahat xizmati tashkil etilganga qadar ham bajarilib kelingan.
Biroq ular unchalik mustahkam aloqaga ega bo‘lmagan turli davlat strukturalari tomonidan alohida-alohida amalga oshirilib samarasi juda past bo‘lgan.
Xizmatni tashkil qilish axborot-maslahat xizmat ko‘rsatishning barcha ishtirokchilari kuchlarini birlashtirish va bu jarayonga tovar ishlab chiqaruvchilarining o‘zini ham jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Bunday maqsad barcha mavjud xizmat ko‘rsatish modellari asosida yotadi. Biroq, amaliyotning ko‘rsatishicha maqsadni identifikatsiya qilishning o‘zi yetarli emas. Unga erishishga real sharoitlarda ko‘proq samarali bo‘lgan vositalarni tanlashni ham talab qiladi.
Tarixiy rivojlanish bizga konsalting menejmentida mavjud holatni, uning kuchi va cheklovlarini bilish imkonini beradi. Konsalting menejmentining haqiqiy tarixiy ildizlari qayerga borib taqaladi? Ular qanchalik uzoq muddat shakllangan? Qanday shaxslar va asosiy voqealar uning bugungi kundagi ko‘rinishga kelishida o‘rin egallashgan?13
Konsalting menejmenti sanoat inqilobi sharoitida zamonaviy fabrikalarning paydo bo‘lishi, o‘rnatilgan va ijtimoiy yangilanishlar bilan bog‘liqlik asosda vujudga keladi. Uning ildizlari ham xuddi shunday insonning a’lo darajadagi faoliyat doirasi va tadqiqotlariga bog‘lanadi. Menejmentda konsalting boshqaruv tajribasining shakllanishi yuqori bosqichda yuzaga keladi.
Turli holatlar va tashkilotlarga uslublar va tamoyillarni qo‘llash yozib olinishi va biznesni eng qulay boshqarish uchun tadbirkorlar motivlashtirilishi kerak. Bu shartlar 20 asrning oxiriga qadar, boshqarishning ilmiy maktabi dunyoga kelguniga qadar bajarilmagan14.
Ilmiy menejment namoyondalari.
Ilmiy menejmentning ko‘plab namoyondalari bo‘lgan. Ulardan biri amerikalik sanoatchi Charlz T. Sempson bo‘lib, u xitoylik malakasiz ishchilarni to‘liq ish bilan ta’minlash uchun 1870 yilda etikdo‘zlik fabrikasini qayta tashkil etgan. Bir yildan so‘ng, u maslahatchilik qobiliyatini ishga solib, o‘z tajribasini kirxona egasi bo‘lib ishlagan va maslahatni qabul qilgan holda Sempson qo‘llagan modellarni qo‘llay boshlagan.
Ilmiy menejmentning dastlabki namoyondalarai Frederik Teylor, Franka va Lilian Jilbert, Genri L. Genta va Harrington Emersonlar maslahatchilikni rivojlantirishga asosiy ishtiyoqni berganlar. Ularning ish jarayonini va ishchilar va zavodlarning samaradorlik darajasini osonlashtirish uchun texnik va uslubiy yondoshuvi u davrlar hozirgidek bo‘lmagan, hatto ba’zi vaqtlarda bir-biriga qarama-qarshi holatda bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, ular hammasi ishlab chiqarishga ilmiy uslublarni qo‘llash muammoni hal etadi deya ishonganlar. Ular ishonishicha, shuningdek, bir necha uslublarni birgalikda qo‘llash asosida, ilmiy yondoshuvni targ‘ib qilish asosida, ularni savdo-sanoat korporatsiyalarida qo‘llash naf beradi. Ular ma’ruza, kitob va maqolalardan o‘qishda tinmasdan, tadqiqotlar olib borib, nusxa olib, amaliy taqdimotlarni tashkil etib va har bir holatga imkon qadar maslahatni ta’minlaydilar. Undan keyin ijod qilgan Teylor to‘liq boshqaruv bilan shug‘ullanish va ishlab chiqaruvchilarga maslahatchi bo‘lib ishlashni xohlagan edi.
Bu dastlabki shartlar menejment konsaltingiga juda muhim ko‘rinishni bera oldi, jumladan, kasb va uning tasvirini aniq belgilab oldi. Maslahat berish davomida, uning ilmiy menejmentdan yuzaga kelib, fabrika va sexlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnatni ratsional tashkil etib, harakatni va vaqtini tadqiq etish, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish sarflarini qisqartirish uchun e’tibor qaratilgan. Aniq shu maqsadni ko‘zlagan holda unga ishlab chiqarishni tashkil etish deya nom berildi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda haligacha muhim hisoblanadi. Amaliyotda, “samaradorlik mutaxassislari” uslubiy yondoshuv asosida samaradorlikni oshirish uchun dvigatel vazifasini bajardi va unga erishdilar. Ularning aralashuvidan ishchilar va kasaba uyushmalari ishga shafqatsizlarcha munosabat uchun qo‘rqqanlar.
Samaradorlik bo‘yicha ekspertlarning tajribasi yillar davomida o‘zgardi. Muammolarning yangi ko‘rinishi va boshqaruvning yangi sohalari bilan biznesga maslahat berish, ishlab chiqarish bilan bog‘liklik va mehnatni tashkil etish bilan shug‘ullanish kamaya bordi. Samaradorlik bo‘yicha mutaxassislarning ijobiy taraflari hisobga olindi: maslahatchilar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va resurslarni tejash bo‘yicha yangi imkoniyatlarni qidirishda davom etmoqda.
Xalqaro amaliyotda konsalting xizmati to‘grisida so‘z borganda uning uch turini alohida ajratib ko‘rsatish qabul qilingan:15

  • jarayon yoki loyiha yo‘nalishi bo‘yicha;

  • ekspert yo‘nalishi bo‘yicha;

  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.

Jarayon yoki loyiha konsalting xnzmatinnng mohiyati shundan iboratki, bunda maslahatchi buyurtma bergan korxona mugaxassislari va rahbariyati bilan birga ishlaydi. Maslahatchi xulosa va maslahat-tavsiyalari asosini korxona rahbar xodimlarining korxona faoliyati maqsad-vazifalarini o‘zida mujassam etgan g‘oya va qarashlari tashkil etadi.
Ekspert konsalting xizmati buyurtma bergan korxona faoliyati to‘liq diagnostika qilingandan so‘ng tayyorlangan xulosa, qaror va tavsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan xizmat turi hisoblanadi. Ushbu konsalting xizmati turining e’tiborli jihati shundan iboratki, unda buyurtma bergan korxona faoliyati maslahatchini korxona holatini baholashi uchun zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash bilan cheklanadi.
Ta’lim bo‘yicha konsalting xizmati. Bunda buyurtma bergan korxonaga nazariy yoki amaliy ma’lumot(ko‘nikma)lar seminar, trening, davra suhbati, ma’ruza, uslubiy qo‘llanma shaklida takdim etiladi.
Umuman olganda konsalting xizmati nafaqat maslahat, tavsiya va taklif, hamkorlikda qaror tayyorlash shakllaridangina emas, balki ma’lum bir aniq texnik yoki tashkiliy vazifani amalga oshirish yo‘li bilan ham ko‘rsatilishi mumkin.
Konsalting xizmatlari bilan maxsus konsalting korxonalari va kompaniyalari shug‘ullanadi. Odatda bunday korxonalar "Axborot- konsalting markazi" deb nomlanadi va ular axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Bunday markazlar faoliyat yo‘nalishi va xizmatlar ko‘lami ularning Ustavida belgilangan bo‘ladi.
Maxsus va ommabop adabiyotlarda axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari borasidagi qarashlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ushbu xizmat turi g‘oyalar, axborotlar, bilimlar, nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar, ko‘nikmalar uzatilishini tashkil etish, ularni ishlab chiqarishda o‘zlashtirishga amaliy yordam berishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda respublikamiz hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan axborot-konsalting markazlarining asosiy qismi uchta katta yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Birinchi yo‘nalish. Turli xil yo‘nalishlarda fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa agrar tadbirkorlik sub’yektlariga maslahatlar berish bilan shug‘ullanayotgan markazlar. Jumladan, agro­nomiya va tuproq unumdorligi, o‘simliklarni himoya qilish, ilg‘or agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bo‘yicha va boshqalar.
Ikkinchi yo‘nalish. Moliyaviy, buxgalteriya va huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes- rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investitsiya uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
Uchinchi yo‘nalish. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste’molchilarni turli xildagi ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilg‘or texnologiya va biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Ta’kidlash joizki, respublikamiz qishloq xo‘jaligida axbo­rot-konsalting markazlarini shakllantirish o‘tgan asrning 95- yillaridan keyin, tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy hamda huquqiy-me’yoriy asoslari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng, jadal rivojlana boshladi.
Hukumatimiz tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va qishloq tadbirkorlariga axborot-konsalting xizmati ko‘rsatishning turli shakl va tizimlari vujudga keldi.
Bugungi kunda bunday tuzilmalar mamlakatimizning turli hudud, shahar va tumanlarida vazirlik, qo‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyati, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar, ta’lim muassasalari va ilmiy-taqiqot institutlari qoshida, davlat byudjeta, hissadorlar ulushi, loyiha va grantlar asosida, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar moliyaviy ko‘magida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.
Dastlabki axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, keyinchalik bu sohani rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tizimi va mexanizmlari shakllantirilib borilishi bilan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi va ko‘lami kengayib bordi.
Turli shakl va ko‘rinishdagi axborot-konsalting xizmati ko‘rsatuvchi sub’yektlar faoliyatining maqsadi ilmiy-texnika yangiliklariga oid ma’lumotlarni yig‘ish va uni iste’molchilarga yetkazib berish, shuningdek, innovatsion va ilmiy-texnikaviy loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llashga ko‘maklashishdan iborat.
Ularning bu yo‘nalishdagi bosh maqsadlaridan biri axborot- konsalting markazlarida maxsus ilmiy-texnik axborotni shakllan­tirish asosida innovatsion faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Chunki, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanib borishi qonuniy ravishda ularning axborot, maslahat va konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabining ortishiga olib keladi. Bu esa, axborot-konsalting xiz­mati ko‘rsatuvchi sub’yektlar xizmatidan foydalanishning oshib borishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri qishliq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi sub’yektlarga: fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq tadbirkorlari, shuningdek, oilaviy tadbirkorlarga ilmiy-texnik axboroti xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash, rivojlantirish, zamonaviylashtirish va yanada takomillashtrish hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati ko‘rsatuvchi ko‘nikmalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida dasturiy tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi natijasida qishloq tadbirkorlari hamda fermer va dehqon xo‘jaliklariga turli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish ko‘lami va miqyosi yil sayin ortib, shakllari ko‘payib bormoqda. Bu toifadagi korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi esa, nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki agrar sohada ham xizmat ko‘rsatish tizimi zamon talablari asosida shakllanib, ilm-fan taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Tahlillar ko‘rsatishicha, axborot-maslahat markazlari faoliya­tining barqarorligi ko‘p jihatdan bu markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami va sifatiga, ikkinchi tomondan, xizmatlarga bo‘lgan talab hajmi va uning to‘lovi masalalariga bog‘liq bo‘lib qolmokda.
Axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bo‘lgan talab usulini takomillashtirish xizmatlarni istiqbolda rivojlantirish strategiyasini belgilashda, xizmat ko‘rsatishni marketing tamoyillari asosida taraqqiy ettirish rejalarini asoslash va maqsadlarga erishish taktikasini ishlab chiqishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar sirasiga kiradi. Shu bois axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bo‘lgan talab hajmini aniqlash, bu jarayonda innovatsion usul va uslubiy yondashuvlardan foydalanish amaliy jihatdan samarali hisoblanadi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish