Masala. yer maydonlari va ularni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish
Talab qilinadi:
1. YEr maydonlarining o‘zgarishi (transformatsiyasi) rejasini tuzish.
2. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar maydoni va tarkibini aniqlash.
1) Bobur nomli fermer xo‘jaligining rejalashtirilayotgan yil boshiga bo‘lgan umumiy yer maydoni:
YEr turlari:
|
Gektar
|
Ekinzorlar
Qo‘riq va bo‘z yerlar
Yaylovlar
Ko‘p yillik daraxtlar
Ko‘l va suv havzalari
Tomorqa yerlar
Boshqa yerlar
|
156
14
35
15
2
1,2
12
|
Jami,
|
|
shu jumladan, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar
|
|
2) Rejalashtirilayotgan yili korxona yer tarkibi quyidagicha:
7 ga qo‘riq va bo‘z yerlar o‘zlashtirilib, 4 ga ekinzorga, 3 ga ko‘p yillik daraxtzorlarga aylantiriladi.
Korxonada ichki xo‘jalik yer tuzish ishlarini o‘tkazish natijasida, ariqlarni tartibga keltirish, dalalarni yaxlitlashtirish natijasida boshqa yerlar hisobidan ekinzorlar 5 ga gacha ko‘payadi.
Aholiga tomorqa xo‘jaligi tashkil qilish uchun ekinzorlar hisobidan 5 oilaning har biriga 0,06 ga tomorqa uchastkasi, ya’ni yer (maydoni) ajratib beriladi.
5 ga ko‘p yillik daraxtzorlar eskirgani uchun ko‘chirib tashlanadi va ekinzorga aylantiriladi.
3) YErlar tarkibini o‘zgartirish ishlarini amalga oshirish uchun quyidagi sarf - xarajat ko‘rsatiladi:
Sug‘orish shoxobchalarini tozalash va tartibga keltirish uchun har 1 gektarga 150 ming so‘mdan sarflanadi. Bu ishlar 80 ga ekinzorlarda bajariladi.
Qo‘riq va bo‘z yerlarni ekinzorlarga aylantirish uchun har bir gektariga 1 700 ming so‘mdan sarf qilinadi. 1 gektar bog‘ tashkil qilish uchun 2 400 ming so‘m sarflanadi.
50 ga ekinzorlarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun ochiq zovur qaziladi. 1 gektar yerda ochiq zovur qazish uchun 1 450 ming so‘m sarflanadi. yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
1 gektar ko‘p yillik daraxtzorlarni ekinzorga aylantirish uchun 1500 ming so‘m sarf qilinadi.
Topshiriqni bajarish uchun quyidagi jadvallardan foydalaning:
yer balansi va yerdan foydalanish
№
|
yer turlari
|
Yil boshiga (ga)
|
Rejalash yili foydalaniladi
|
Yil oxiriga (ga)
|
Ekinzorlar
|
Qo‘riq va bo‘z yerlar
|
Yaylovlar
|
Ko‘p yillik daraxtzorlar
|
Ko‘l va suv havzalari
|
Tomorqa yerlari
|
Boshqa yerlar
|
1
|
Ekinzorlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Qo‘riq va bo‘z yerlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Yaylovlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Ko‘p yillik daraxtzorlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Ko‘l va suv havzalari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Tomorqa yerlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7
|
Boshqa yerlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami yer fondi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Shu jumladan qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Guruhlarda ishlash uchun topshiriq
1-topshiriq. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining yer hududini tashkil etish va ichki xo‘jalik yer tuzish ishlarini rejalashtirishda nimalarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq?
E’tibor bEyerilishi kEyerak:
|
Qo‘shimcha nimalarga e’tibor bersa bo‘ladi:
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
3.
|
3.
|
4.
|
4.
|
5.
|
5.
|
2-topshiriq. YEr resurslari xo‘jalik ishlab chiqarishning eng muhim omili. T-sxemaga to‘g‘ri solish
Asosiy sabablar
|
To‘ldiruvchi sabablar
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
3.
|
3.
|
Nazorat uchun savollar.
Qishloq xo‘jaligida yer ijarasi shartnomasini tuzish bo‘yicha maslahatlar.
yer uchastkalarini foydalanishga berish va foydalanish shartlari bo‘yicha maslahatlar.
Tomonlarning huquq va majburiyatlari, yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.
Kelishmovchiliklarni bartaraf qilish holatlari?
yer resurslaridan ratsional foydalanish yo‘llari?
yer resurslari monitoringi va ularni iqtisodiy baholash?
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini taqsimlash?
yerdan foydalanish tartibi bo‘yicha maslahatlar.
12-MAVZU. QIShLOQ XO‘JALIGIDA SUV RESURLARINI YETKAZIB BERUVChILAR XIZMATIDAN FOYDALANISh BO‘YIChA MASLAHATLAR
Darsning maqsadi: Talabalar qishloq xo‘jaligida suv resurlarini yetkazib beruvchilar xizmatidan foydalanish bo‘yicha konsultativ xizmatlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishadi.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini tashkil etish, ular xizmatlarini baholarini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar.
2. Suv iste’molida yangi va tejamkor texnologiyalarni qo‘llashni iqtisodiy asoslash va biznes rejasini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar berish
Darsning shakli: Amaliy mashg‘ulot savollari bo‘yicha guruh taqsimoti.
Darsga oid jihozlar: -Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Izoh: Marker va plakat bo‘lmagan taqdirda sinf taxtasi,bo‘rdan foydalanish mumkin.
Darsning tuzilishi: -Tashkiliy daqiqa,
-Yangi mavzu bo‘yicha guruhda ishlash,
-Guruh taqdimoti,
-Guruh ishining yakuni,
-Darsga yakun yasash va vazifa.
SIUlar asosan aniq irrigatsiya-melioratsiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan suv iste’molchilarning o‘z hohishi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat va nodavlat tashkilotdir. Ya’ni, Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan samarali foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining birlashmasidir.
SIUlarni tashkil etishdan maqsad qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning eng quyi bo‘g‘inida adolatli suv taqsimoti va irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida suvdan samarali foydalanish uchun iste’molchilarning texnik-moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirishdan iborat.
Suv iste’molchilari – fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar.
Suv iste’molchilar uyushmasi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan:
Suvdan foydalanishda belgilangan qoidalarga muvofiq suv resurslarini o‘z a’zolari o‘rtasida taqsimlash;
Uyushma a’zolaring sug‘oriladigan yerlaridan drenaj va oqava suvlarni chiqib ketishini ta’minlash;
Olinadigan va taqsimlanadigan suv resurslaring xisobini olib borish;
Uyushmaning aybi bilan Uyushma a’zosiga belgilangan ma’lum bir muddatda suv yetkazib berilmasa, u xolda belgilangan limit doirasida boshqa bir muddatda yetkazib berilmagan suv xajmini qoplash.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari va SIUlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar - bu birinchi navbatda suv yetkazib berish va undan foydalanish bilan bog‘liq holda manfaatdor tomonlar o‘rtasida ob’yektiv ravishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy shakli hisoblanadi.Ayni paytda shartnoma, tomonlar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda o‘z manfaatlari, maqsadlarini ro‘yobga chiqarishni ko‘zlab tuziladigan huquqiy hujjat bo‘lib, mohiyati jihatidan tomonlarning teng huquqliligini, erkinligini, shartnoma shartlari oldidagi masuliyat va majburiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Ma’lumki, sug‘orishda suvdan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish choralari qo‘yidagilar:
Sug‘oriladigan yerlarni tekislash
yer maydonining nishabligiga qarab egatlarni qisqa olish (50-60m)
Suvchilar sonini ko‘paytirish va xar 8-10 l/s suvga bittadan suvchi jalb etish
Tungi sug‘orish ishlarini tashkil etish va suvchilarga kerakli sharoitlarni yaratish
Sug‘orishni sharbat oqizib tashkil etish va qator orasiga o‘z vaqtida ishlov berish
Suvni tashlama tashlamaslik, ko‘llatib va zaxlatib sug‘orishga yo‘l qo‘ymaslik
Sug‘orishni ekinlar talabidan kelib chiqib tashkil etish
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- yer ustidan sug‘orish;
- yomg‘irlatib sug‘orish;
- tuproq ichidan sug‘orish;
- tomchilatib sug‘orish;
- sizot suvlari sathini ko‘tarib (subirrigatsiya) sug‘orish;
- tuman hosil qilib sug‘orish (dispers sug‘orish usuli).
Do'stlaringiz bilan baham: |