Nazorat uchun savollar.
1.O‘zaro teskari aloqa nima?
2.. Tashxis fazalarining natijalari o‘zaro teskari aloqalarni olib borish asoslari qanday?
3.Manbalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning mavjudligini nimada ko‘rish mumkin?
4.AMXda o‘zaro teskari aloqalar mexanizmlari.
5.Individual, jamoaviy aloqalar va ikkilamchi manbalardan axborotlar to‘plash.
Topshiriq. T-sxemasidan foydalanib, O‘zaro teskari aloqalardagi jamoaviy usulga asosan uslublarning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilin
Ijobiy tomonlari
|
Kamchiliklari
| |
|
|
Tematik suhbatlar uslubi;
|
|
| |
|
|
Norasmiy jamoaviy uslub
|
|
|
10-MAVZU. UMUMIY VA STRATEGIK BOShQARUVDA AGROKONSALTING XIZMATI
Darsning maqsadi: talabalarga umumiy va strategik boshqaruvda agrokonsalting xizmatiga oid kunikmalar berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1. Umumiy va korporativ boshqaruvda konsalting nazariyasi.
2. Korporativ strategiya. Jarayon, tizim va tuzilish.
3. Boshqaruv usuli va korporativ madaniyat.
4.Fermer xo‘jaligi faoliyatida agrokonsalting faoliyatining amaliy-iqtisodiy asoslari.
5.Fermer xo‘jaliklarida agrokonsalting strategiyasi samaradorligini asoslanganlik monitoringi.
6.Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish, ilmiy va agrokonsalting faoliyatini asoslanganligi.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv ob’yekti sifatida korporatsiyaning o‘ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o‘zaro aloqa qilishini ko‘zda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq - atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin.
“Korporativ boshqaruv” tushunchasiga yagona ta’rif mavjud emas. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra korporativ boshqaruv – qonunchilik, me’yorlar va hususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi va oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilingan holda o‘z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko‘paytirish orqali o‘zining mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi.
Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Adolatlilik - boshqaruv qoidalari adolatli bo‘lib, halol raqobatchilik sharoitida kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu bilan birga barcha qatnashchilarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini ta’minlash lozim.
Ravshanlilik - kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlarning, shu jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalarini o‘z vaqtida va aniq oshkora qilinishini kerak.
Hissadorlik — barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish majburiyatini yuklaydi.
Javobgarlik - aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyatning va kompaniya faoliyatiga bog‘liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning javobgarligi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi korporativ boshqaruv tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillari
Birinchi tamoyil - aksiyadorlar uchun foydani maksimallashtirish. Kompaniya uning aksiyadorlari eng yuqori foyda olishi uchun ishlaydi. Bunda u aksiyadorlar (mulk egalari) yoki menejmentning biron guruhi emas, balki barcha aksiyadorlar manfaatlariga rioya qilishi lozim.
Ikkinchi tamoyil – moliyaviy axborotlarning ochiqligi. Aksiyadorlar, shuningdek, tartibga solish organlari (O‘zbekistonda bu moliya bozorlari bo‘yicha Federal xizmat hisoblanadi) uchun kompaniya moliyasi haqida xalqaro buxgalteriya hisobi andozalari bo‘yicha tayyorlangan va mustaqil auditor tekshiruvidan o‘tkazilgan axborot ochib berilishi lozim.
Uchinchi tamoyil - kompaniya mulkining shoffoflik tarkibi, menejment bilan bog‘liq, 5% dan ortiq aksiyalarga ega bo‘lgan, aksiyadorlarning affillangan tarkibi.
Bunda mulk tarkibini yakuniy mulk egasigacha ochib berish lozim.
To‘rtinchi tamoyil - oddiy aksiyalar “bitta aksiya – bitta ovoz” qoidasi bo‘yicha ovoz beradi. Ushbu tamoyilga O‘zbekiston Respubdikasida rioya qilinadi. Aksiyadorlar qabul qilishi lozim bo‘lgan muhim qarorlar doim ham aynan aksiyadorlarni olgan aksiyalari darajasida qabul qilinmaydi.
Beshinchi tamoyil – direktorlar Kengashini kompaniya aksiyadorlari saylaydi. Kengash ularning oldida hisobot beradi, shuningdek, mustaqil direktorlar kengashiga kompaniya menejerlari hisoblanmagan shaxslarni qamrab oladi.
Oltinchi tamoyil – korporatsiyada rag‘batlantirish tizimi (ish haqi, mukofotlar, opsionlar va hakozo) aksiyadorlar manfaatlariga javob berishi lozim. Bu kompaniya xodimlari yoki uning aksiyadorlari ekanligini, yoki kompaniyada aksiyalarni bonus sifatida olishini anglatadi. Agar menejer unga kompaniyaning ahvoliga bog‘liq bo‘ladigan qarorlar qabul qilsa, uning ish haqi korxonaning kapitallashuv darajasiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi lozim.
yettinchi tamoyil - korporatsiyalar qaysi mamlakatda faoliyat yuritayotgan bulsa, o‘sha mamlakatning qonunlariga amal qilishlari shart.
Sakkizinchi tamoyil – hukumatlar va korporatsiyalar doimiy muloqotda bo‘ladi.
Korporativ boshqaruv tamoyillari bir tomondan qonun hisoblansa, boshqa tomonidan doimiy tuzatish kiritish jarayonini birgalikda amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |