Agrokonsalting


–савол Biznes-reja tuzishda balans, normativ va ko‘p varianli hisob-kitob usullaridan foydalanishbo‘yicha maslahatlar



Download 2,27 Mb.
bet88/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3–савол


Biznes-reja tuzishda balans, normativ va ko‘p varianli hisob-kitob usullaridan foydalanishbo‘yicha maslahatlar.
Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo‘jalik boshqaruvining muxim elementi bo‘lib kelgan. Xar bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, magazin, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi sex qurmoqchi bo‘lsa albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni xisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish bilan, to‘g‘rirog‘i xarajatlar va resurslar talabini ularning xar bir turi bo‘yicha normalashtirshi bilan shug‘ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo‘lgan holda ko‘proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.
Xo‘jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan xajmli metall konstruksiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg‘i, energiya va hokazolarning absolyut sarflash mumkin bo‘lgan maksimal kattaligidir.
Normativ bu nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, absolyut kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o‘lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-xarakatlarni aks ettiradi.
Norma va normativlar o‘lchash va limitlash funksiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi chegarasi, farqlash, qo‘llash, iste’mol) tashqari xisobga olish, nazoart qilish va rag‘batlantirish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, boshlanqiya va faoliyat natijalar bo‘yicha majburiyatni cheklash, erishilgan natijalarni ob’yektiv baholash uchun asos xisoblanadi.
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:

  • tirik mehnat sarfi normasi;

  • moddiy xarajatlar normasi;

  • vaqt normasim (asosiy, qo‘shimcha va hokazo);

  • mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;

  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;

  • kapital qo‘yilmalar samaradorligi normasi;

  • loyihadagi quvvatlarni o‘zlashtirish normasi;

  • aylanma vositalar, ishlab chiqarish zahiralar nomasi va hokazolar.

  • Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o‘tishi yoki sharoitlarning o‘zgarishi bilan, ushingdek, fan-texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar xisobga olinishi lozim.

Norma va normativlar qo‘llanish miqyosi va normalashtirish ob’yektlariga ko‘ra farqlanadi. Normativ asoslari qo‘llanish miqyosiga ko‘ra quyidagilarga taqsimlanadi:

  1. davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;

  2. umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o‘zida ishlab chiqilgan va qo‘llanuvchi normativlar;

  3. sex normativlari;

  4. predmetli, detalli va operatsion normativlar.

Normalashtirish ob’yektlariga ko‘ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chig‘qarilayotgan xar bir mahsulot tannarxini aniq va bexato beliglashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish rejimini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to‘rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to‘plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo‘yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va organidan qat’i nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‘lgan mutaxassislar, professional normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot sikli uzoq bo‘lib, ular o‘zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo‘lsada, yuqorida aytib o‘tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan «Qishloq xo‘jalik korxonalarining biznes-rejasi» quyidagi asosiy bo‘limlardan tashkil topgan:
1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun mehnat va moddiy xarajatlar me’yorlari –dehqonchilikda ekin turlari bo‘yicha rejalashtirilgan hosildorlik darajasidan kelib chiqib,bir gektar yerga sarflanishi lozim bo‘lgan mehnat, urug‘lik, yonilg‘i – moylash materiallari va o‘g‘itsarflari me’yorlarini aks ettiradi.
Moddiy va mehnat sarflari me’yorlari barcha reja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2. YErdan foydalanish rejasi - yer turlari bo‘yicha korxonaning yer maydonlari tuzilishi, tarkibi va miqdorini ifodalaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlar unumdorligini oshirish, ularni bir turdan boshqa turga o‘tkazish ishlarini olib boradilar. Foydalanilmayotgan yerlar yoki kam unumli yerlarni o‘zlashtirish, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini o‘tkazish natijasida yuqori unumli yerlarga aylantirish tadbirlari yerdan foydalanish rejasida o‘z aksini topadi.
3. Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi – biznes-rejaningeng yirik bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘limda asosiy va takroriy ekinlar maydoni, mahsulotlarni yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag‘lari hajmi va qiymati, ekinlar hosildorligi, yalpi hosil va o‘simlikchilik mahsulotlarining rejali tannarxi o‘z aksini topadi.
Mahsulot yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag‘lari sarflari sarquyidagi moddalar bo‘yicha aks ettiriladi:
- ish haqi sarfi va undan yagona ijtimoiy to‘lovlar – kishi/soatlari va so‘mda;
- urug‘lik sarfi – tonna va so‘mda;
- yonilg‘i-moylash materiallari sarfi – tonna va so‘mda;
- o‘g‘itlar va kimyoviy himoya vositalari sarfi – tonna va so‘mda;
- asosiy vositalar amortizatsiyasi va ularni saqlash xarajatlari – so‘mda;
- bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar – so‘mda;
- sug‘urta to‘lovlari – so‘mda;
- umumishlab chiqarish va ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar – so‘mda.
Shu bilan birga har bir ekin turi bo‘yicha rejalashtirilgan umumiy xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning tannarxi keltiriladi.
4. Mollar, parrandalar va boshqa hayvonlar bosh soni hamda asalari oilalari soni mavjudligi – bo‘limida chorva mollarining yil boshi va oxiridagi bosh soni, tirik og‘irligi va umumiy bahosi rejalashtiriladi.
5. Mollar va parrandalarning mahsuldorligi – bo‘limida chorva mollarining turlari bo‘yicha bosh soni, ulardan olinadigan mahsulot miqdori va mahsuldorligi rejalashtiriladi.
6. Mollarning va parrandalarning ozuqalarga bo‘lgan ehtiyoji va uning ta’minoti - rejalashtirilayotgan yilga talab qilinadigan ozuqalar jami ozuqa birligida va konsentrat ozuqada, shu jumladan sotib olinadigan ozuqa birligi miqdori va summasi, bir sentner mahsulotga sarflanadigan ozuqa birligi aks ettiriladi.
Chorva mollarining ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirishda ularning sutkalik ozuqaga bo‘lgan talabi, bosh soni va yildagi kunlar soni asos qilib olinadi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish