Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet66/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Yalpi hosilni aniklash.



Ekin-lar
nomi

Egatlab sug‘orish

Tomchilatib sug‘orish

Ekin
maydoni

Hosildor-lik (ga)
(s/ga)

Yalpi
hosil, (s)

Ekin
maydoni

Hosildorlik (ga)
(s/ga)

Yalpi
hosil, (s)

1

Paxta

21

28

560

21

38

798



Yalpi maxsulotni aniklash



Ekinlar
nomi

Tomchilatib sug‘orishdan

Oldin

keyin

Yalpi hosil, s

1 s ekinni sotilish
baxosi (sum/s)

Yalpi mahsulot
(ming.so‘m)

Yalpi hosil, ts

1 ts ekinni sotilish
baxosi (sum/ts)

Yalpi mahsulot
(ming.so‘m)

1

Paxta

560

70840

39670

796

71630

57017

Yillik qishloq xo‘jalik va meliorativ harajatlarni aniqlash.



Ekinlar
nomi

Tomchilatib sug‘orishdan

Avval

keyin

Yalpi hosil, s

1 s ekinga yil-k mel. va q/x va mel-v hartlar (sum/ts)

Yillik q/x va mel-v har-tlar ming so‘m

Yalpi hosil, s

1 s ekinga yil-k mel. va q/x va mel-v hartlar (sum/ts)

Yillik q/x va mel-v har-tlar ming so‘m

1

Paxta

560

43560

24394

796

43980

35008



Qo‘shimcha foydani aniqlash.



Ekinlar
nomi

Tomchilatib sug‘orishdan

Avval

keyin

Yalpi maxsulot

Yillik q/x va mel-v har-tlar

Foyda

Yalpi maxsulot

Yillik q/x va mel-v har-tlar

Foyda

1

Paxta

39670

24394

15276

57017

35008

22009

22009ming sum - 15276 ming so‘m = 6733 ming so‘m


Tejaladigan suv miqdorini aniqlash.
Egatlab sug‘orishda - 3200m3/ga
Tomchilatib sug‘orishda - 760m3/ga
(3200 m3/ga – 760 m3/ga ) x 21 ga = 2440 m3/ga x 21 ga = 51240 m3 Itej
tej x T1m3 = 51240 m3 x 17,75 so‘m/m3 = 9095 ming so‘m
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ekinlarni tomchilatib sug‘orilganda suv sarfi va harajatlari sezilarli darajada kamayib, foyda oshadi. Bu esa o‘z o‘zidan fermerlarning daromadlari oshishiga olib keladi.
Axbarot maslaxat markazi fermer xo‘jaliklarida tejamkor texnologiyalarni joriy qilish maqsadida iqtisodiy asoslagan biznes rejalarni tuzishda o‘z maslahatlari bilan yordam beradilar. Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi, moliyaviy rejalarida texnologiyalarga ketadigan harajatlar o‘z aksini topishi kerak. Tomichilatib so‘g‘orishni joriy qilingan yer maydonlariga yagona yer solig‘idan 5 yil muddatga ozod etilganligi sababli, biznes rejada soliq harajatlarida buni inobatgan olish zarur.

3–savol
Suv iste’molchilar uyushmalarida buxgalteriya hisobi
va hisobotlarni tashkil etishning huquqiy
jihatlari bo‘yicha maslahatlar

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, xususan qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, fermerlik xarakatini jadallashtirish, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan sohani shakllantirish va ularda zamonaviy hisob-kitoblarni joriy qilish hisoblanadi.


Shu nuqtai nazardan, 1996 yil 30 avgustda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun asosida “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari” ishlab chiqildi. Bugungi kunda ushbu qonun doirasida mamlakatning barcha tarmoqlarida, xususan Suv iste’molchilari uyushmalarida (SIU) ham hisob-kitoblar olib borilmoqda. Biroq, ayrim SIUlarda buxgalteriya hisobi va hisobotlari talab darajasida tashkil qilinmagan. Shu nuqtai nazardan, SIUlarda buxgalteriya hisobi va hisobotlari qonun talablari asosida tashkil etish lozim. Buning uchun “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning quydagi moddalariga qatiy tayangan holda ish yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari” to‘g‘risidagi 1-moddasiga asosan SIUlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.31
“Buxgalteriya hisobi maqsadi va vazifalari” to‘g‘risidagi 2-moddasiga asosan SIUlarda buxgalteriya hisobining maqsadi SIU rahbari, kengash raisi, a’zolari va boshqa suv iste’molchilarni tashkilotning iqtisodiy holati bilan o‘z vaqtida to‘liq va aniq buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlashdir.
SIUlarda buxgalteriya hisobining vazifalari:

  • buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida aktivlarni holati vaharakati, mulkiy xuquqlar va majburiyatlarni holati to‘g‘risidagi to‘liq hamdaaniq ma’lumotlarni shakllantirish;

  • samarali boshqarish maqsadaida buhgalteriya xisobima’lumotlarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlar tuzishdan iborat.

“Buxgalteriya hisobini tashkil etish” to‘g‘risidagi 7-modda talablariga asosan SIUlarda buxgalteriya xisobi va xisobotini tashkil etish rahbar zimmasiga yuklatiladi. SIU rahbari quydagi xuquqlarga ega:

  • bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya sub’yekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash;

  • buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

SIU rahbari quydagilarni ta’minlashi shart:

  • ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;

  • xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;

  • buxgalteriya xisobi to‘liq va aniq yuritilishini;

  • hisob-kitob xujatlarini saqlanishini;

  • tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini;

  • soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy xujjatlar tayyorlanishini;

  • hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini.

“Imzo huquqi” to‘g‘risidagi 8-modda talabiga asosan SIU rahbaripul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asosbo‘lib xizmat qiladigan xujjatlar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari,shuningdek buxgalteriya hisoblari va balanslarni imzolash huquqiga ega bo‘lganquyidagi ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi:

  • rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar;

  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalgaoshiruvchi shaxslar.

SIU rahbari tomonidan imzolash huquqi berilgan shaxslarning imzosibo‘lmagan xujjatlar xaqiqiy hisoblanmaydi.
“Boshlang‘ich hisob xujjatlari” to‘g‘risidagi 9-modda talabigaasosan SIUlarda buxgalteriya hisobi uchun operatsiyalar amalgaoshirilganligini qayd etuvchi boshlangich hisob xujjatlari va ularnio‘tkazishga doir farmoyishlari asos bo‘ladi. SIUlarda boshlangich hisob xujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalari amalga oshirib bo‘linganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlangich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:

  • SIU nomi;

  • hujjatning nomi va raqami, tuzilgan sana va joy;

  • xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o‘lchovi (naturaholida va pulda ifodalangan holida);

  • mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.

Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslarularning o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobidaaks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishigajavobgardirlar. Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar va uchirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish” to‘g‘risidagi 11-modda talablariga asosan SIUlarda buxgalteriya hisobi va hisobtlari ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi, aktivlar va majburiyatlarning majburiy sur’atda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya ob’yektlari uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq belgilanadi.
“Aktivlar va majburiyatlarni baholash” to‘g‘risidagi 12-modda talablariga asosan SIUlarda oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha - balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar, ularning to‘liq boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq to‘langunga yoki ob’yekt safdan chiqib ketgunga qadar bo‘lmagan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari ob’yekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. YErning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi. Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi milliy valyuta - so‘mda yuritiladi.
“Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish” to‘g‘risidagi 13-modda talablariga asosan SIUlarda daromadlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’iy nazar qaysi davrga ta’luqli bo‘lsao‘sha hisobot davrida aks ettiriladi. Misol uchun, SIU 2011 yil mart oyida fermer xo‘jaligiga 50 ga g‘alla maydonini sug‘orish uchun 100 ming metr kub suv yetkazib berdi. Xarajatlar smetasi bo‘yicha 1000 metr kub suv yetkazib berish xizmati uchun 2400 so‘m to‘lash belgilangan. Fermer mart oyida yetkazib berilgan 100 ming metr kub suv uchun SIUga 240 ming so‘m (100 ming metr kub suv * 2400 so‘m) to‘lashi lozim edi, lekin pul o‘tkazib bermadi. Demak, SIUga pul o‘tkazilsa yoki o‘tkazmasa ham SIU buxgalteri mart oyi buxgalteriya hisobotiga kiritishi shart.
“Moliyaviy hisobot” to‘g‘risidagi 16-modda talabiga asosan SIUlarda moliyaviy hisobot buxgalteriya xisobi ma’lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston RespublikasiMoliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
“Moliyaviy hisobotning hisobot davri” to‘g‘risidagi 18-moddatalabiga asosan SIUlarda 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yilmoliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
Yangidan tashkil etilgan SIUlar yuridik shaxs xuquqi qo‘lga kiritilgansanadan boshlab usha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr 1-hisobot yilideb hisoblanadi. Agar SIU 1 oktyabrdan keyin ruyxatga olingan bo‘lsa, 1 hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. Ro‘yxatdan o‘tishga yoki yuridik shaxs huquqini olishga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1 hisobot yili moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
“Moliyaviy hisobotini taqdim etish” to‘g‘risidagi 19-modda talabiga asosan SIUlar moliyaviy hisobotni quyidagilarga taqdim etadilar:

  • soliq organlariga;

  • ta’sis xujjatlariga muvofiq a’zolariga;

  • davlat statistika organlariga;

  • qonun xujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.

Moliya hisoboti hisobot yili boshdan qushilib boruvchi jamlamatartibida yilning har choragida taqdim etiladi.Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekistonRespublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
“Buxgalteriya hujjatlarini saqlash” to‘g‘risidagi 23-moddatalabiga asosan SIUlar buxgalteriya hujjatlari va registrlar, kompyuterhisobi moliyaviy ma’lumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot qonunxujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlaydilar. Buxgalteriya hujjatlarini olib quyish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik” to‘g‘risidagi 24-modda talabiga asosan SIUlarda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish