3-bosqich. Kattalashish. 1 va 2 bosqichlarni muzokara qilgach, konsultant korxonani kengayishi kabi bir qancha yangi holatlarga duch kelishi mumkin va bunda konsultant vazifasi progressiv yondashuvni talab qiladi. bu zaif tomonni yengishni imtixondan o‘tkazish, yaqin rivojlanish uchun imkoniyatlar va korxonaga berilgan ko‘p imkoniyatlardan foydalishga yordam beruvchi resurslarni muqobil taqsimlashni vaqtining kelganligidan darak beradi. menejerga resusrslarni taqsimlashga yordam berishda konsultant "to‘rttasi birga tamoyili" asosida ishlashi lozim:
• Savdoning 80% mijozlarning 20%dan keladi;
• Harakatlarning 80 foizini aksiyalarning 20 foiziga to‘g‘ri keladi;
• 80 foiz intizomiy muammolarni xodimlarni 20 foizi amalga oshiradi;
• 80 foiz savdo 20 sotuvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Konsultant "foiz o‘ynash" faoliyatini va muhim sohalarda o‘z fikrini jamlay olishiga undashi lozim bo‘ladi. kamolotga yetish davrida kundan kunga operatsion muammolarga g‘arq bo‘layotgan menejer korxonaning yashab qolishi yoki o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli yoki qisqa muddatga mo‘ljallangan rejalarga yetarlicha e’tibor berishga imkoni ham vaqti ham bo‘lmaydi. konsultantlar ayni mana shu paytda konsultantlarni ruhlantirib kelejakka qarashlariga e’tibor qaratishlariga yordam qilishlari lozim bo‘ladi. masalan, konsultantlar tashkilotning joriy qismlari va ish tasvirlarini tayyorlay olishadi va ularni 5 yoki o‘n yil ichida qanday bo‘lishi ulardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatgan holda solishtira oladilar. yangi rivojlanishlar yetarli darajada ko‘tarinki ruh, sezilarli inkubatsiyaniva kondensatsiyani talab qila oladi. shuning uchun konsultant menejerning rejalari kelajak o‘sish va rivojlanish uchun resurslar hamda vaqtni tug‘ri taqsimlay olishga qaratilganligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi menejerlarning mashhur xususiyatlaridan biri shuki, ular judayam yaxshi tashkilotchi bo‘lishadi. Menejment rivojlantirish jarayonlarining bir qismi sifatida menejerlarni menejment ob’yektlarini tushunishga va prognozlar, byudjet va nazoratni qat’iy talab qilishga ruhlantirish uchun tatbiq etilishi lozim. balki iloji bo‘lsa ayni mana shu kamolot davrida hisobchi (moliyaviy nazoratchi) lavozimini joriy etish foydadan holi bo‘lmaydi.
Biznes rivojlanishi va o‘sishida marketingning ham ahamiyati oshib bormoqda. tadbirkor xaridor o‘z ishini rivojlantirish uchun dav’at etilishi, bozor tadqiqotlarining muhimligi bilan tanishtirilishi va faoliyatni yaxshilash hamda muammolar doirasini kamaytirish maqsadida kerakli takliflarni o‘z ichida mujassamlashtirgan mijozlarning shikoyatlarni qabul qila olishga qodir bo‘lishi lozim.
Konsultant bir necha firmalar borasidagi bilimlarini hayolida solishtirgan holda joriy mijozning ishlab chiqarish salohiyatini baholashiga to‘g‘ri keladi. Kirim-chiqim va ishlab chiqarish salohiyati bo‘yicha bir necha solishtirishlarni baholash bu judayam qiymati yuqori hisoblanadi, ayniqsa agar tuzatuv me’yorlari lozim bo‘lgan holatda uning qiymati judayam ortadi. konsultant esa bu kabi ma’lumotlarni qayerdan olishni juda yaxshi bilmog‘i lozim hisoblanadi.
Ushbu uchinchi bosqich mustahkamlashuv bosqichi bo‘lib, bu bosqichda o‘sishning eng optimal darajasiga erishiladi va bundan ortiq kelgusi kengayishlar tadbirkorga xavf sifatida taassurot uyg‘otishi mumkin. biznesning "yanada kattarish" davom etishi bilan, o‘z o‘zidan korxona va tadbirkor yanada "qarib" boradi. konsultantlar menejerlarga ularning qiziqish va kelajakdagi ehtimolli harakatlarini hisobga olgan holda muvaffaqiyatli rejalarni rivojlantirishga yordam berishda eng asosiy va muhim rolni o‘ynashadi.