Nazorat uchun savollar.
Boshqaruvda intellektual tadbirkorlik?
Taklif etilayotgan xizmatlar ko‘lami?
Xizmatlarning ixtisoslashuvi?
Konsultativ tashkilotlarining asosiy turlari?
Ichki va tashqi konsultantlar farqlari nmada aks etadi?
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini tashkil etishda agrokonsalting xizmatining roli va ahamiyati?
Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatiga ilmiy dasturlarni tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish?
Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilg‘or texnologiyalari va usullari?
6-MAVZU. AGROKONSALTING XIZMATINI TAShKIL ETIShNING USULLARI
Darsning maqsadi: Talabalar agrokonsalting xizmatini tashkil etishning usullari bo‘yicha yangi ma’lumotlar oladilar.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Katta va ko‘p funksiyali konsalting firmalari.
2.Axborot texnologiyalari va elektron tijorat konsaltingi.
3.Ishchi-xodimlar manfaatini ximoyalashi bo‘yicha maslahatlar.
4.O‘rta umumiy va tor ixtisoslikdagi firmalar.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara.
Noa’nanaviy amaliy mashg‘ulot: “Savol-javob” bilan boshlanadi.Chunki talablarda yetarli bilim va ko‘nikmalar mavjud.O‘qituvchi buni ”Savol-javob” orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng talabalarni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarini bajarishga ruxsat beradi.
Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara
Quyida hozirgi kunda shakllangan konsalting bozorini ishtirokchilari bo‘lgan asosiy guruh turlarini ko‘rib chiqamiz.
Katta va ko‘p funksiyali konsalting firmalari. Keyingi 20 yil davomida bozor rivojlandi va uning konsentratsiyasi natijasida, katta ko‘p funksiyali va multiservis konsalting firmalari hukmron bo‘ldi.
Gigant kompaniyalar 20 yoki undan ko‘proq mamlakatlardagi ofislarda yoki u bilan bog‘liq kompaniyalar bilan funksional va transmilliy firma sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga firmaning kattaligi, mijozlarga ta’siri va murakkab boshqaruv muammolari bo‘yicha keng doirada shug‘ullanishidan qat’iy nazar, imkoni bo‘yicha "umumiy xizmat paketlari" berilgan va ular "to‘liq xizmatli konsalting firmalari" deb ataladi. Ularning katta va xalqaro darajadagi haridorlarga xizmati ma’qul bo‘lib, bu mijozlar ko‘pincha ularning xizmatlaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Muayyan mutaxassislar mahoratiga qarab ularning xizmatlari bir-biridan farq qiladi. Ular tarmoqlararo ekspertiza va xizmatlar uchun boshqaruv va axborot texnologiyalari tizimlari, moliya, inson resurslari, ishni hozirgi zamon talab darajasida tashkil etish xizmatlari va YE-tijorat konsaltingi xizmatlari sohasini yanada rivojlantririshga o‘z xissalarini qo‘shishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |