Agrokonsalting


–савол Individual, jamoaviy aloqalar va ikkilamchi manbalardan axborotlar to‘plash



Download 2,27 Mb.
bet29/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3–савол


Individual, jamoaviy aloqalar va ikkilamchi manbalardan axborotlar to‘plash.
O‘zaro teskari aloqalarni foydalanuvchilar bilan amalga oshirishning bir qancha usullari mavjud. Ularning xar bir afzallik va kamchiliklarga ega (vaziyatni hisobga olganda) va samarali natijalarga erishish maqsadida bir vaqtning o‘zida bir necha usullardan foydalanish mumkin. O‘zaro teskari aloqalar usullari qo‘yidagicha guruhlanadi:18

  • Individual (yakka xolda) usul

  • Jamoaviy usul

  • Ikkilamchi manbalardan ma’lumotlarni yig‘ish usuli

Individual (yakka xolda) usul- yakka hola so‘rovlarni o‘tkazish yo‘li bilan ma’lumotlarni to‘plash usulidir. Bu usulning asosiy shartlaridan biri shundaki, o‘zaro teskari aloqalar vaqtida axborot va ma’lumotlar beradigan insonlar, ma’lumotlar yig‘ish jarayonida bir birlari bilan aloqada, ya’ni yaqin munosabatda bo‘lmasligidir. Bunda qo‘yidagilardan foydalaniladi:

  • Yakka xoldagi suhbatlar;

  • Boshqa tashkilot xodimlaridan so‘rovlar o‘tkazish;

  • Anketa surovnomasini o‘tkazish;

  • Norasmiy individual ko‘zatuvlar;

  • Rasmiy individual ko‘zatuvlar.

Yakka xoldagi suhbatlar asosida o‘zaro teskari aloqalardan foydalangan holda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi malakali xodimlardan murakkab muammolar yechimini topishda kerakli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Shu bilan bir paytda bu usuldan, odatiy savollarga (masalan, A ismli maslahatchining ish samaradorligini, berayotgan tavsiyalar darajasini, o‘zaro munosabatlarini qanday baholaysiz kabi savollarga) javob olishda va noodatiy savollarga (masalan, o‘tgan davr mobaynida maxalliy axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi faoliyatini qanday baholaysiz, bu borada qanday muammolarga duch keldingiz, qaysi maslahatchi sizga sifatsiz xizmat ko‘rsatdi qabilidagi savollarga) javob olishda foydalanish mumkin. Bunday olingan ma’lumotlar axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishda va vazifani bajarilishi uchun zaruriy ma’lumotlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Boshqa tashkilot xodimlaridan so‘rovlar o‘tkazish - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sohasiga taalluqli bo‘lgan va bu sohada yetuk mutaxasislar bilan o‘zaro munosabat bo‘lib, qiziqtirgan savollariga javob olishda foydalaniladi. Bularga yuqori malakali va tajribaga ega bo‘lgan xodimlar, shu sohaning ustozlari, shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlar hamda ilhor korxonalar rahbarlari misol bo‘la oladi. Bunday insonlardan olingan ma’lumotlar amalda kelib chiqqan muammolarni yechimini topishda juda xam asqotadi. Bu usuldan foydalanish, ayniqsa kam xarajatli vazifalarni bajarishda juda samarali hisoblanadi.
Anketa so‘rovnomasini o‘tkazish- suhbat o‘tkazish usullari ichidan eng ko‘p tarqalgan qulayroq hisoblanadi va bu usul telefon, pochta aloqalari yordamida yoki aholiga, majlis ishtirokchilariga, malaka oshirish o‘quv kurslarida anketa tarqatish orqali amalga oshirish mumkin. Anketa surovnomasini o‘tkazishda yuqori natijalarga erishish uchun, to‘ldiruvchilar ko‘p vaqt sarflamasliklari uchun anketada qisqa, lunda va kerakli savollar tartibi keltirilgan bo‘lishi zarur. Ishonchli natijalarga erishish uchun esa, anketa surovnomasini o‘tkazish ananim holda amalga oshirilishi kerak, shunda javob beruvchilarning samimiy javoblarini olish imkoniyati bo‘ladi. Bu usulni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali, vaqt va mablag‘ni tejash imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi o‘zaro teskari aloqalardan biri norasmiy individual ko‘zatuvlar orqali qimmatli ma’lumotlar olishi mumkin. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan doimiy munosabatda bo‘lgan va bu borada ko‘p vazifalarni bajargan xizmat ko‘rsatuvchi maslahatchi va mutaxasis xodimlar o‘z tajribalariga egadir. Ular ish jarayoni davomida o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qoladilar. Bu usul orqali o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirishda o‘ziga kerakli ma’lumotlarni yozib boradigan va kundalik yoki ish daftarini yuritib bradigan xodimlar juda qadrlanadi.
Rasmiy individual ko‘zatuvlar usulida o‘zaro teskari aloqalarni olib borishda ko‘zatuvlar natijalari grafik, tablitsa va ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan shakllardan foydalaniladi. Rasmiy individual ko‘zatuvlar norasmiy individual ko‘zatuvlardan farqi shundaki, ko‘zatuv ob’yekti oldindan aniqlab olinadi. Bu usul miqdor jihatdan ham sifat jihatdan ham kerakli ma’lumotlarni jamlashda yaxshi samara beradi(Misol uchun axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi xodim qishloq xo‘jaligi korxonasiga borib, maslahatchi tomonnidan tavsiya etilgan texnologiyani qo‘llayotganligi haqidagi ma’lumotni yig‘ib boradi).
Axborot maslahat xizmat ko‘rsatishda o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish jarayonida jamoaviy usulni qo‘llash qatnashchilarning o‘zaro munosabatda bo‘lishlari uchun juda qo‘l keladi. Jamoaviy so‘rovnomalar o‘tkazilganda ma’lumotlar yozma yoki og‘zaki taqdim etilishi mumkin. Bu usulning samarali bo‘lishi, axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xodimlarining salohiyati, jamoa orasida o‘zining faolligini ko‘rsatishga bo‘lgan xoxishi va bajargan ishlar natijasida namoyon bo‘ladi.
O‘zaro teskari aloqalardagi jamoaviy usulga asosan qo‘yidagi uslublar mansub:

  • Delfiy uslubi;

  • Tematik suhbatlar uslubi;

  • Nominal jamoaviy uslub;

  • Norasmiy jamoaviy uslub

Delfiy uslubi asosida shu sohada yetarli darajada bilimga ega bo‘lgan insonlar orasida mustaqil ravishda bir necha bor anketa surovlari o‘tkaziladi. Eng avvalo, qanday savollarni o‘rganish kerakligi, kimlar bu jarayonda ishtirok etishi va qanday qilib olingan ma’lumotlardan foydalanish yllarini aniqlab olish zarur. Agar fikrlar turlicha bo‘lmasa bu usulda 10-15 kishi qatnashishi mumkin, lekin fikrlar tarqoq bo‘lsa ishtirokchilarni ko‘paytirish mumkin.
Bu uslub orqali ma’lumotlarni jamlashda uch to‘rt marotaba anketa surovlari o‘tkaziladi. Birinchi anketa kengaytirilgan savollar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Anketa to‘ldirilgandan so‘ng bunga ma’sul xodimlarga taqdim etiladi va to‘ldirilgan anketalar ko‘rib chiqiladi. Birinchi anketa natijalari asosida ikkinchi anketa tuziladi. Bu anketada oldingi anketada keltirilgan fiklar bayon etiladi va ishtirokchilar bu fikrlarga nisbatan qanchalik hamfikr bo‘lishlari aniqlab olinadi. Javoblar tahlil qilinadi va ko‘pchilik maqullagan fikrlar soni jamlanadi. Shu tariqa natijalar asosida uchinchi anketa tuziladi. Anketa to‘ldirishda ishtirok etayotganlardan yana bir bor qo‘yida keltirilgan javoblarni qayta ko‘rib chiqish va bu borada qo‘shimcha fikr va mulohazalar berishlari so‘raladi. Shu bilan birga javoblarni mazmun jixatidan punklarga ajratib ko‘rsatishlari so‘raladi. Qoidaga asosan, uchinchi anketa oxirgisi hisoblanadi, lekin fiklar bir yerdan chiqmasa va turli xil javoblar bo‘lsa yana bir marotaba anketa so‘rovi o‘tkaziladi. Bu uslub shaxsiy yondashuv va turli xil nuqtai nazar bilan erkin fikrlar asosida savollarga javob olishda yordam beradi va ishtirokchilarni ko‘pchilikning fikriga qo‘shilishni majburlamaydi. Bundan tashqari, delfiy uslubi xarajatlarni oshib ketmasligiga sabab bo‘ladi, chunki xizmat ko‘rsatuvchilar savollarga javob olish maqsadida boshqa joylarga borib qo‘shimcha xarajat qilishlari oldini oladi.
Lekin bu uslubning o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Bu uslubdan foydalanishda bir muncha ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi(xududda komunikatsiya yaxshi bo‘lmasligi, vaqtni ortiqcha sarflanishiga olib kelishi mumkin). Bu uslubda ma’lumotlar yozma ko‘rinishida olinganligi sababli, anketa to‘ldiruvchilar qog‘ozda o‘z fikrlarini tushunarli va to‘laqonlicha bayon qilishlariga to‘g‘ri keladi. Ishtirokchilarning anketa to‘ldirishlaridan o‘zlari uchun hech qanday manfaat bo‘lmaydi, shu sababli ularning bu ishga nisbatan ishtiyoqlari baland bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tematik suhbat uslubi yordamida, bir guruh insonlarning biron bir masala ustida olib borgan bahs munozaralari natijasida sifatli va kerakli ma’lumotlar olinadi. Bunday muzokaralarni olib borish uchun odatda, 6-8 kishi jalb qilinadi va ular kordinator yoki kordinator assistenti rahbarligida 1-2 soat yechimini topish uchun qo‘yilgan masala borasida so‘xbatlashadilar. Munozara audio kasetaga yozib olinadi va sifatli informatsiya sifatida olinadi hamda rasmiylashtiriladi. Qoidaga ko‘ra, bunday munozaralar bir necha marotaba tashkil etiladi. Bu munozaralar davomida kordinator konsultativ xizmat kursatuvchi tashkilotning qaytarma aloqalari nuqtai nazaridagi asosiy qo‘yilgan muammoga ta’sir etuvchi turli omillar e’tiborni qaratadi va sxemaga asosan ommaviy so‘rovlar ketma ketligini amalga oshirib boradi. Sxemaga asosan bu ketma ketlik qo‘yidagi bosqichlardan iborat:

  • So‘rov marshrutini ishlab chiqish;

  • Ishtirokchilar kim bo‘lishini aniqlab olish va ularni taklif etish;

  • Resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish;

  • Muzokaralarni boshqaruvi;

  • Muzokaralar natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida hisobot tayyorlash.

Nominal jamoaviy uslubdan konsultativ xizmat ko‘rsatuvchining o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish jarayonida muayyan muaammoni yechimini topishda foydalanish mumkin. Axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimi, qishloq xo‘jalik korxonalari rahbari va boshqa tashkilot vakili o‘z xamkasblaridan bir nechtasini qo‘yilgan muammoni yechimini topish uchun muzokaralarga taklif etishi mumkin. Bunday muhokama jarayoni olti bosqichdan iborat bo‘ladi:

  • Muammo yoki muammolarni qo‘yilishi;

  • G‘oya yoki takliflarni ilgari surilishi;

  • G‘oya yoki takliflarni namoyish qilinishi;

  • G‘oya yoki takliflarga yanada aniqlik kiritish;

  • Ustvor yo‘nalishlar (Prioritetlar)ni aniqlash;

  • Muhokama qilish va ovoz berish.

Norasmiy jamoaviy uslub- jamoaviy uchrashuvlar va majlislar jarayonida ma’lumotlarni olish usulidir. Odatda, bunday tadbirlarda ishtirokchilar turli muammolarni xam muhokama qiladilar (kun tartibidan boshqa masalalarni xam). Natijada ishtirokchilardan o‘zaro teskari aloqalar sifatida olingan ba’zi bir tanbeh va maqtovlari asosida konsultativ xizmat kursatuvchi tashkilot o‘zi ko‘rsatayotgan xizmat sifati haqida bilib olishlari mumkin. Bunday jamoaviy yig‘ilish va tadbirlar oralig‘idagi tanaffus vaqtida xodimlar o‘zaro suhbatlashadilar va muammolarni muhokama qilishda davom etadilar. Bu xam xizmat ko‘rsatuvchilarning qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Ikkilamchi yani boshqa manbalardan ma’lumotlarni to‘plashusuli. Ikkilamchi manba ma’lumotlari bo‘lib, ma’muriyat hisobotlari, ma’lumotnomalar va boshqa turli xil ish xujjatlari bo‘lishi mumkin. Bu xujjatlarda ko‘rsatilayotgan xizmatdan qay darajada foydalanilayotganligi va xizmat ko‘rsatishning sifat darajasiga taaluqli ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lishi mumkin(Faoliyat qoniqarli baxolanganligi yoki norozichilik mavjudligi).
Maslahat xizmatlar ko‘rsatish jarayonining oxiridagina o‘zaro teskari aloqalar uchun maslahatchi, mutaxasislar va boshqa xodimlar qancha mablag‘ va vaqt sarflaganligini bilib olish mumkin. Mijozda xizmat ko‘rsatuvchi xodimni ko‘ngliga og‘ir olishini o‘ylab, xafa qilmaslik va uni ortiqcha tanqid qilmaslik xoxishi bo‘lganida, o‘zaro teskari aloqalarda xizmat ko‘rsatuvchi haqidagi ma’lumotlar haqiqatdan uzoq xam bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘z fikrini aniq bayon qilmagan bo‘lishi mumkin. Lekin buni bartaraf etish uchun, xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng qishloq xo‘jalik mahsulot ishlab chiqaruvchiga ko‘rsatilgan xizmatni baholash varaqasini mustaqil va xolisona to‘ldirib, maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot rahbariga taqdim etishi so‘raladi. Bir muncha vaqtdan so‘ng rahbar va xizmat ko‘rsatgan xodim ish sifati va mijoz tomonidan berilgan baho haqida o‘zaro suhbatlashib oladilar.
Axborot maslahat xizmat ko‘rsatish tashkilotiga qabul qilingan yosh mutaxassis xodimga uslubiy va amaliy yordam berish natijasida ham o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish mumkin. Tajribali mutaxasis yosh xodim bilan birgalikda ishlab chiqarish ob’yektiga tashrif buyuradilar. Tajribali mutaxassis ish o‘rgatuvchi yosh xodim bilan birgalikda ish olib borganda qo‘yidagi tavsiyalarni yodida tutishi kerak:

  • Tanqid qilmagan holda yordam bering;

  • Maslaxatchi bilan birgalikda mijozning fikrini ham inobatga oling;

  • Ma’lumotlarni yozib boring va xo‘jalikka qilingan tashrifdan so‘ng bu borada hisobot tayyorlang;

  • Faqat o‘z fikringizni ilgari sshravermang;

  • Xar doim qayta takrorlashdan tayyor bo‘ling;

  • Muqobil (Alternativ) variantlarni taklif eting;

  • Loyiq bo‘lgan taqdirda maqtab qo‘yishni unitmang.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish