Nazorat uchun savollar. AMXning turli xildagi tashqi aloqalarini o‘rganish va tahlil qilish.
AMXni bozor individlari va institutlari bilan aloqasi.
AMX noqishloq xo‘jalik korxonalari bilan munosabatlari tashkil etish yo‘llari?
Boshqa tovar ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatlarni tashkil qilish.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarida noqishloq xo‘jaligi tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha konsultativ xizmatlardan foydalanish.
Konsultativ xizmat turlari?
Tashkiliy ishlar bo‘yicha konsultantlar vazifalari?
Axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi konsultant vazifalar nimalardan iborat?
18-MAVZU. MIKROFIRMALARNI TAShKIL QILISh VA BOShQARISh BO‘YIChA MASLAHATLAR Darsning maqsadi: Talabalarga mikrofirmalarni tashkil qilish va boshqarish yo‘llari, mikrofirmalar uchun qulay muhit yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarni berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi: Mikrofirmalar haqida tushuncha va ularni rivojlanishida konsultatsiyalarning o‘rni.
Mikrofirmalar uchun qulay muhit yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Kichik biznes konsaltingida innovatsiyalar.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, plakatlar. kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Kichik korxonalar uchun qulay muhit yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari. Kichik korxonalarni qo‘llab quvvatlashning eng samarali yo‘llaridan biri- bu huquqiy va me’yoriy muhitni yaratib beruvchi ijobiy siyosatni yaratishdir. Ushbu siyosat va tartibga solish normalari ikki keng vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Ular hukumatga makroiqtisodiyotni izchil va oldindan ko‘ra bila olib boshqarish orqali, barqaror ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarga erishish imkoniyatini beradi.
Ular mikroiqtisodiyotning asosiy elementlaridan biri bo‘lmish kichik korxonalar faoliyat maydonini bir tekisda olib borishadi. Kichik korxonalar tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun biznes muhitni yaxshilashni ta’minlab beruvchi qonuniy normalarni talab etadi (misol uchun, adolatsiz raqobatga qarshi himoya) va biznesning boshqa startaplari va kengayishlarini rag‘batlar bilan ta’minlaydi.
Ba’zi hollarda, kichik biznes maslahatchilaridan biznesni yaratish va uni rivojlantirish muhitini takomillashtirish va tahlil qilishda yordam berishlari so‘raladi. Yuqoridagi siyosat, qonun va tartibga solish muhitini takomillashtirish bo‘yicha taklif va talablarni beruvchilar moliya vazirligi,mahalliy boshqaruv yoki kichik biznes birlashmarlari bo‘lishlari mumkin.
Maslahatchilar ushbu muhitni yaratuvchi muassasalar, siyosatlar va normalar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari talab etiladi. Odatda ushbu muhit umumiy iqtisodiy va rivojlanish siyosatlari, muhokamalari, baholashlari va murosalarini o‘zida aks ettiradi hamda u faqatgina ko‘zda tutilgan kichik biznes haqida aniq faktlarga asoslangan tahlillar va takliflar olingandagina o‘zgarishi mumkin. Kichik biznes maslahatchilari o‘zlarining mijozlari va mijozlarining birlashmalariga faoliyatlarini takomillashtirish uchun shu kabi takliflarni shakllantirish hamda targ‘ib qilish uchun yordam berish maqsadida alohida taqsimlanadi.