Agrokonsalting


Naslchilik ishlarini tashkil etishdagi asosiy tadbirlar



Download 2,27 Mb.
bet137/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Naslchilik ishlarini tashkil etishdagi asosiy tadbirlar bo‘yicha maslahatlar. Podani qayta to‘ldirishda, ya’ni tiklash uchun chorvadorlar asosan quyidagilarni bilishi kerak:
1. Tanlash va juftlash ishlarini maqsadli amalga oshirish;
2. Podada bir nechta belgini takomillashtirish bo‘yicha seleksiya ishlarini olib borish;
3. Sut mahsuldorligini oshirish tadbirlari;
4. Sutning tarkibidagi yog‘ miqdorini oshirish;
5. Eksterer ko‘rsatkichlarini takomillashtirish;
6. Kasalliklarga chidamliligini oshirish tadbirlari;
7. Buzoqlarning yashovchanligini yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlar.
Bu tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli qilib bajarilsa yuqori samaradorlikka erishiladi. Buning uchun albatta, har bir xodim va rahbar sohni yaxshi bilishi kerak.
Shubhasiz, mahsuldorlikni yaxshilashda naslchilik ishlari katta o‘rin tutadi. Binobarin, yurtimizda tabiiy iqlim sharoitiga mos, yangi foydali genetik belgilarga ega nasllarni yetishtirish, mavjudlari sifatini oshirish, zotlarni takomillashtirish, zarur resurslarni yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish, seleksiya ishida jahon genofondidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu esa chorvachilikning iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini kuchaytirishning asosiy shartlaridan biridir.
Respublikada chorva naslchilik bazasini kengaytirish nasldor mollar podalarini yaratish, ularni naslchilik kitoblarida ro‘yxatga olish, nasldor mollar va zotlar hisob-kitobini olib borish, xo‘jalik va zot bo‘yicha naslchilik rejalarini tuzish ilg‘orlar tajribasini keng targ‘ib qilish naslchilik ishidagi muhim tadbirlardir.
Fermer xo‘jaliklarida yuqori mahsuldor mollar va podalar yaratish ko‘p omillarga bog‘liq. Ulardan eng muhimi naslchilik ishlari bo‘lib hisoblanadi. Naslchilik ishlarini barcha chorva mollari va ularning respublikada tumanlashtirilgan zotlari bo‘yicha olib borish fermer xo‘jaliklari zimmasiga yuklatiladi. Respublikada sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi qor-ola, qizil cho‘l, bushuyev, shvits, go‘sht yo‘nalishidagi santa-gertruda, qozoqi oq boshi va angus zotlari urchitilmoqda. Qo‘ychilikda - qorako‘l zotining turli xillari (qora, ko‘k, sur va hokazo), xisori, jaydari va go‘sht-jundor, echkichilikda - serjun va tivitli, cho‘chqachilikda - yirik oq cho‘chqa, landras, shimoliy kavkaz, yilqichilikda - qorabayir va hakazo chorva turlari va zotlari ustida seleksiya ishlari olib borilmoqda.
Qora-ola zotli mollarni takomillashtirishda AQShning golshtin zoti, qizil cho‘l zotida Angler zoti, shvits zotida AQSh va Avstriya shvits zotlari foydalanilmoqda. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ushbu keltirilgan zotlarni takomillashtirish bo‘yicha seleksiya ishlarini tashkil qilish muhim hisoblanadi. Eng avvalo podadagi sigir va tanalarni sinalgan buqa urug‘lari bilan urug‘lantirish talab etiladi. Bu borada respublikada "Nasl-xizmat" uyushmasi va uning viloyatlardagi korxonalari hamda respublika davlat naslchilik inspeksiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fermer ushbu korxonalar bilan avlodining sifati bo‘yicha baholangan, yuqori seleksiya samaradorligiga ega bo‘lgan "yaxshilovchi" buqalar urug‘ini olib ishlatish bo‘yicha shartnomalar tuzishlari lozim. Bu mahsuldor va nasldor avlod olish kafolatini beradi. Natijada mahsuldor va nasldor sigir podalarini yaratishga erishiladi.
Naslchilik ishini tashkil etishning ikkinchi muhim sharti naslchilik hisob-kitoblarini olib borish hisoblanadi. Har bir fermer xo‘jaligi mollarning kelib chiqishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Hech bo‘lmaganda, o‘z mollarining ota-onalari to‘g‘risidagi zoti, zotdorligi, tusi, tirik vazni va mahsuldorligi bo‘yicha xabardor bo‘lishi muhim. Fermer o‘z moliga tamg‘a nomer qo‘yishi veterinariya ishlari hamda naslchilik xizmatini yengillashtiradi. Har bir fermer naslchilik hisoboti bo‘yicha tegishli shakldagi hujjatlarni to‘lg‘izib borishi lozim. Xo‘jalikda sigirlarni urug‘lantirish, tug‘dirish, sut sog‘imi va uning yog‘dorligi to‘g‘risidagi hisobotlarni olib borish muhim hisoblanadi. Keltirilgan naslchilik ishlarini o‘tkazishda va tegishli maslahatlar olishda chorvachilik uyushmalari va viloyat korxonalari mutaxassislariga murojaat qilish kerak. Naslchilik xizmati mutaxassislari o‘z navbatida yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishadi.Naslchilik ishlariga mollarni juftlashtirishdagi saralash ishlari va naslchilik hisob-kitobini olib borish bilan bir qatorda mollarni bonitirovka o‘tkazish bilan baholash, ulardan eng yaxshilarini naslga tanlash, yosh mollarni maqsadga muvofiq parvarishlash, sog‘lom va mahsuldor qilib shakllantirish kabi kompleks tadbirlar amalga oshiriladi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish