229
Madaniy tuproqlarning rivojlanishi
insoniyat tarraqqiyoti tarixi, sug‘orish
dehqonchiligi, gidrotexnik, meliorativ, agrotexnik tadbirlar bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Insoniyat tarixida, dehqonchilik
madaniyatining rivojlanishida, madaniy
tuproqlar hosil bo‘lish jarayoni ibtidoiy, feodalizm, kapitalizm sharoitida, o‘rmon va
o‘simlik qoplamini yoqib, yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish, madaniy o‘simliklar
ta’siri, ishlov berish, o‘g‘itlash bilan bevosita bog‘liqdir.
Dehqonchilik lalmikor va sug‘orish dehqonchiligiga bo‘linadi. Birinchisida
agrotexnik tadbirlar, ikkinchisida esa sug‘orish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
agromeliorativ va irrigasion tadbirlar amalga oshiriladi.
Madaniy o‘simliklar
tuproqda rivojlanib, ildizlari bilan g‘ovak joylarda
zarrachalarni jipslashtirib, donadorlikni hosil qiladi. O‘simlik poyasi, bargi, ildizlari
chirib, tuproqdagi biologik jarayonlarning rivojlanishi va gumus miqdorini
ko‘payishiga olib keladi.
Tuproqdan oziqa maddalarining ma’lum bir qismi madaniy o‘simliklar
hosili
bilan olib ketiladi. Dehqonchilikda o‘t dalali almashlab ekishni ishlab chiqqan
akademik V.R. Vilyams qishloq xo‘jalikda ekinlarni ikki toifaga, ya’ni bir va ko‘p
yillikka bo‘lib, bir yillik o‘simliklar
tuproq donadorligi, suv-fizik xususiyatlarini
yomonlashtirib, unumdorlikni pasaytirib yuboradi, deb ta’kidlaydi. Ko‘p yillik
o‘simliklar, aksincha tuproq donadorligi,
unumdorligini oshiradi, suv- fizika,
mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi. Donli ekinlar ildizlari hajmiga nisbatan 5-10 %
moddalar chiqarib, quruq massasi olinadigan
hosil
bilan barobar miqdorda mahsulot
yetishtirib, tuproqning modda almashuvini rivojlantiradi. O‘simliklar
tomiri tuproq
donadorligi, ya’ni zarrachalar (0-0,25 mm) miqdorini oshirib yuboradi. Kartoshka,
lavlagi kabi o‘simliklar tuproqda ko‘p miqdorda tomirlar hosil qilib, uning 18-25 %
tuproqda, qolgan 85 % biomassa tarzida o‘simlik bilan ketadi. Masalan, makkajo‘xori
hosili 40 s/ga va yashil mahsulot 600 s/ga bo‘lganda, quruq biomassa 180-240 s/ga ni
tashkil qiladi. Makkajo‘xorining tomirlari juda rivojlangan bo‘lib, 50-80 s/ga organik
modda tuproqda qoldiradi va hosil bilan esa 55-65 % biomassa olib chiqiladi.
Kungaboqar biomassasi jihatdan jo‘xoriga yaqinlashadi. Boshoqli don o‘simliklar
ikkinchi o‘rinni egallab, ko’zgi bug‘doy 120-160 s/ga, bahoriysi esa 80-120 s/ga hosil
bilan, birinchisi 65 %, bahorgisida esa 60 %, qolgan 30-55 s/ga tuproqda chirindi
sifatida qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda bir yilliklarga nisbatan kamroq miqdorda
xashak olib chiqiladi. Bu miqdor tuproqda qoladigan ildizlar chirindisidan kamroq.
Ularning zahirasi 60-70 %, 50-120 s/ga, hosil bilan tuproqdan 30-40 % yoki 35-65
s/ga olib ketiladi.
Biomahsulotning
kimyoviy tarkibi, asosan, azot va kaliydan iborat bo‘lib,
dukakli o‘simliklar kalsiy (2,5 %), o‘t-o‘simliklar kremniyga (1,0-1,5) boy bo‘ladi,
230
qolgan qismini alyuminiy, temir, marganes tashkil qiladi. Madaniy o‘simliklar
tarkibida 5 % kul elementlari bo‘ladi, 1,3 % azot biologik doiraga jalb etiladi, 360
dan 1700 kg/ga kg kul elementlardan 60- 310 kg/ga azot o‘simliklar tomonidan
foydalaniladi.
5.Cho‘l va sahro mintaqalarda biomassaning miqdori kamayib ketib, 100- 225
s/ga tashkil qiladi. Sahro mintaqasining so‘r tusli qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan
Ustyurtda biomassa 43 s/ga, yiliga 14 s/ga oshadi. Shuning uchun sahro mintaqasida
sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanib, almashlab ekish (paxta-g‘alla va don ekinlari)
natijasida tuproq unumdorligini oshirishadi.
Madaniy o‘simliklar 450 kg/ga kimyoviy elementlarni iste’mol qilib, bu
tuproqlarda agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘shimcha
ravishda yerga solishga to‘g‘ri keladi.
Madaniy dehqonchilik rivojlanishi natijasida, bir necha o‘n ming yillar o‘tgach,
haydalgan va sug‘oriladigan
tuproqlar ustida loyqalar, organik o‘g‘itlar to‘planib,
yangi agroirrigasion genetik - akkumulyativ qatlam hosil bo‘ladi. Sug‘oriladigan
dehqonchilikning yillar davomida rivojlanish natijasida tuproq unumdorligi va fizik-
mexanik xususiyatlari yaxshilanishi yoki yomonlashishi mumkin. Tuproqning
cho‘kish, bo‘kish, eroziya va sho‘rlanishning rivojlanishi, pestitsidlar va og‘ir
metallar
bilan
ifloslanish
jarayonlari,
shular
jumlasidandir.
Tuproqning
madaniylanish darajasi stasionar - tajriba, dehqonchilik tarixi,
xossa va tarkibining
o‘zgarishi, profil qatlamlarini o‘zaro taqqoslash usullari orqali aniqlanadi.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan morfologik to’zilish, fizik xossalari, kimyoviy
tarkibining o‘zgarishi taqqoslanib, madaniy tuproqlarning tasnifi ishlab chiqilgan.
Shu xildagi ishlarni N.L. Blagovidova (1964), YE.M. Ivanova (1956), I.F. Garkusha
(1956), G.I. Grigoreva va V.M. Fridland (1964), M.A. Orlov kabi olimlar amalga
oshirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: