Ko‘chatlar o‘lchami va urug’ ekilgan vaqtdan qayta ko‘chirib ekishga tayyor bo‘lish muddati
t/r
|
Ekin nomi
|
Ko‘chat o‘lchamlari va ko‘chirish mumkin bo‘lgan holat
|
Urug‘ ekilgan vaqtdan katta ko‘chirib ekishga tayyor bo‘lgan vaqt oralig‘i.
|
1
|
Pomidor
|
15-16sm
|
5-6 hafta
|
2
|
Bodring
|
3 ta chin barg
|
3-4 hafta
|
3
|
Qalampir
|
15-16 sm
|
8-9 hafta
|
4
|
Salat
|
5 sm, 3 ta chin barg
|
2-3 hafta
|
Uchinchi oziqlantirish 12 kundan keyin 10 litr suvga 1 osh qoshiq superfosfat aralashtirib 1 m2 yerga 6-8 litr hisobida quyib chiqilishi tavsiya etiladi.
Urug’ ekish, ko‘chatni ko‘chirib ekish va hosilni yig’ishtirish muddatlarining o‘rtacha hisobi
Ekin nomi
|
Urug‘ ekish vaqti
|
Ko‘chirib o‘tkazish vaqti
|
Hosil
yig‘ishtirish
vaqti
|
Pomidor
|
15 dekabr
|
1 fevral
|
15 mart
|
Bodring
|
15 dekabr
|
15 yanvar
|
15 fevral
|
Qalampir
|
15 dekabr
|
15 fevral
|
15 aprel
|
Issiqxonada bodring parvarishlashga oid tavsiyalar. Bodring (Cucumus sativus L) qovoqdoshlar (Cucurbitaceace) oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib vatani Hindistonning sernam tropik tumanlari hisoblanadi. Bodring poyalari 4-5 ta barg paydo qilgach yerga yotib, yoyilib palak otadigan yoki atrofdagi narsalarga (jingalaklari bilan) chirmashib yuqoriga o‘sadigan liandadir. Uning pishmagan barra mevalari yangiligicha, tuzlangan, konservalangan holda iste’mol qilinib, oziq-ovqatga lazzat kirituvchi, uning hazm bo‘lishiga yordamlashuvchi masalliq hisoblanadi.
Shunday xususiyatga ega bo‘lishi birga, uning issiqxonada o‘stirishga moslashtirilgan navlari ko‘p bo‘lib, O‘zbekiston seleksioner olimlari tomonidan ham juda ko‘p navlari yaratilgan. Agarda bodringga talab darajasida sharoit yaratilsa, bir tup bodringdan 40 tagacha bodring yetishtirish mumkin, barg ostida paydo bo‘lgan birinchi bodring mevasini olib tashlash keyingi hosilga zamin yaratadi.
Bodring - vitaminga boy, ammo kalloriyasi kam, suvli lahm go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar bilan iste’mol qilinganda juda foydali bo‘lib posangi vazifasini bajaradi.
Bodringni mamlakatimizda yaratilgan yoki O‘zbekiston iqlim sharoitida sinovdan o‘tgan eng yaxshi navini ekish maqsadga muvofiq.
Bodring navi ekish muddati va har xil kasalliklarga bardosh bera olishiga qarab tanlanadi.
Yevropada asosan Gollandiya issiqxona o‘simliklari urug‘i yetishtirishga ixtisoslashgan mamlakat. O‘zbekistonda va ko‘pgina mamlakatlarda ham shu mamlakatda yetishtirilgan urug‘lardan foydalaniladi.
Kaliforniyada yetishtirilayotgan bodring navlari asosan urug‘siz bo‘lib changlantirish talab qilinmaydi. Urug‘siz bodringlar xushbo’y muattar hidli va teri qismi juda yupqa bo‘lib, iste’mol qilishda tozalash, ya’ni archish talab qilinmaydi. Bunday bodringni o‘rtacha uzunligi 30-35 sm bo‘lib og‘irligi 450 grammni tashkil qiladi[18].
Urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish muddatlari issiqxonalar xiliga qarab aniqlanadi. Qishki issiqxonalarga urug‘ ekish uchun dekabr oxiri, ko‘chat o‘tqazish uchun esa yanvar oxiri, fevral boshlari eng qulay muddat hisoblanadi. Bahorgi issiqxonalarga ko‘chatni faqat mart boshlarida o‘tqazish mumkin. Shunga ko‘ra urug‘lar issiqxonalarga yanvar oyining ikkinchi yarmida ekiladi.
Urug‘ ekish oldidak termik ishlanadi, 12 soat davomida toza suvda yoki o‘stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ivitilib, undiriladi. Fungitsidlar bilan dorilanadi. Urug‘lar issiqxonalardagi ekin ko‘paytiriladigan yashiklarga yoki go‘ng tuproqli tuvaklarga ekiladi.
Bodring urug‘ini amerikalik mutaxassislar yaxshi namlangan unumdor tuproq aralashmasiga 1,25 sm chuqurlikda ekishini tavsiya etadi. Bunday aralashma namlikni va oziq moddalarni uzoq saqlash xususiyatiga egadir[18].
Urug‘ ekilgandan so‘ng gazeta bilan yopib qo‘yish va gazeta doimo nam bo‘lib turishi uchun tagiga suv sepib turish yaxshi agrotexnik tadbirdir.
Bu usulni polietilen plyonka yordamida ham amalga oshirsa bo‘ladi, bunday holda quyoshli kunlarda plyonka ostidagi harorat haddan tashqari ko‘tarilib ketmasligini nazorat qilib turish lozim.
Xuddi shunday usul bilan pomidor urug‘ini ham ekish tavsiya etiladi. Pomidor urug‘i unuvchanligi o‘rtacha 80% ni tashkil etadi. Pomidor urug‘ini 0,65 sm chuqurlikda ekish tavsiya etiladi.
Bodring unib chiqishi uchun kechayu-kunduz issiqxona harorati o‘rtacha 29,4°C da bo‘lishi zarur. Bodring unib chiqqandan so‘ng yaxshi rivojlanishi uchun issiqxona harorati kechasi 18,3°C, kunduz kunlari 23,9°C da bo‘lishi eng qulay harorat hisoblanadi. Agarda o‘simlik unib chiqqandan sung qo‘shimcha sun’iy yoritish ya’ni lyuminessent lampalar yordamida issiqxonada yoritilganlik davrini 16 soatga yetkazilsa, qisqa vaqt ichida ko‘chirib ekish mumkin bo‘ladi.
Ko‘chatlar parvarishi uchun yetarli harorat (20-25°C) va tuproqda talab darajasidagi namlikni saqlash zarur. 3-4 chinbargli yaxshi rivojlangan sog‘lom ko‘chatlar 30-40 kunda o‘tqazishga tayyor bo‘ladi. Ko‘chatni o‘tqazishda poyaning pastki qismidagi birinchi chinbarggacha ko‘miladi. Tuproqli issiqxonalarda o‘simliklar qator oralari 90 sm, o‘simlik orasi 50 sm bo‘lishi yoki 90x50 sm sxemada ekish tavsiya etiladi. Hozirgi issiqxonalarda ekinlar isitish sistemasi quvurlariga parallel olingan jo‘yaklarga ekiladi. mamlakatlarda ham shu mamlakatda yetishtirilgan urug‘lardan foydalaniladi.
Kaliforniyada yetishtirilayotgan bodring navlari asosan urug‘siz bo‘lib changlantirish talab qilinmaydi. Urug‘siz bodringlar xushbuy muattar hidli va teri qismi juda yupqa bo‘lib, iste’mol qilishda tozalash, ya’ni archish talab qilinmaydi. Bunday bodringni o‘rtacha uzunligi 30-35 sm bo‘lib og‘irligi 450 grammni tashkil qiladi[18].
Urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish muddatlari issiqxonalar xiliga qarab aniqlanadi. Qishki issiqxonalarga urug‘ ekish uchun dekabr oxiri, ko‘chat o‘tqazish uchun esa yanvar oxiri, fevral boshlari eng qulay muddat hisoblanadi. Bahorgi issiqxonalarga ko‘chatni faqat mart boshlarida o‘tqazish mumkin. Shunga ko‘ra urug‘lar issiqxonalarga yanvar oyining ikkinchi yarmida ekiladi.
Issiqxonalarda havoning namligi 85-95%, harorat esa quyoshli kunlarda 25-28°C, bulutli kunlarda 20-22°C, kechasi 15-20°C saqklansa maqsadga muvofiqdir. Bodring tez-tez 2-3 kunda bir marta, sovuq kunlari esa iliq suv bilan sug‘orib turiladi. O‘simliklar har 7-10 kun oralab organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Buning uchun o‘suv davri boshlarida o‘g‘itlarning kuchsiz eritmasi (10 litr suvga 15 gramm ammoniy selitrasi, 20-30 gramm super fosfat va kaliy xlorid) ishlatilsa hosil yoppasiga teriladigan davrda eritma konsentratsiyasi ikki hissa oshiriladi.
Bodring ildizlari tuproqning yuqori qismida rivojlangan- ligi sababli, yerni chopiq qilayotgan vaqtda asosiy oziqlantiruvchi qatlam chuqur tushib ketmasligi uchun 20 sm chuqurlikkacha chopiq qilish tavsiya etiladi [18].
Bodring parvishlashda uning asosiy poyasi vertikal tortilgan ipga plastmassali xomutlar yordamida yoki siljimaydigan va erkin xolda ushlab turadigan bog‘lagichlar bilan mahkamlab kuyiladi. O‘simlik o‘sish jarayonida issiqxona xizmatchisi uning asosiy poyasini vertikal ipga soat strelkasi yo‘nalishida o‘rab boradi. Bodring siljib tushib ketmasligi uchun qo‘shimcha xomutlar yordamida mahkamlanadi.
Zontik tizimida parvarishlanayotgan bodring eng yuqori (maxsus ip yoki sim) moslamaga o‘sib yetgunga qadar uning yon shoxlari va mo‘ylabchalari kesib turiladi. Eng yuqori nuqtada oxirgi kurtagi uzib tashlanadi, ikkita yon kurtagi moslamadan oshirib tashlanadi, ular pastga qarab o‘sa boshlaydi.
Yaxshi rivojlangan bodring tanasining pastga qarab o‘sayotgan ikki yon kurtagi hosil berishni davom ettiradi, ammo bodring tugish jarayoni tezligi sustlashadi. Agarda bodring mevasining shakli o‘zgara boshlasa uzib tashlagan ma’qul. Bodring poyasining pastki qismida hosil ko‘p bo‘lishi yuqori qismida hosil kamayishiga olib keladi, shuning uchun ham bu jarayonni boshqarib borish kerak bo‘ladi.
Bodring o‘rgimchakkana va bitlardan kuchli zararlanadi. Bularga qarshi oltingugurt (10-12 kg/ga), karate (0,6 l/ga), fyuri (0,3 l/ga), detsis (0,75 l/ga) yaxshi samara beradi.
Issiqxonalarda dastlabki bodring hosili har 3-4 kunda bir marta, yoppasiga hosilga kirganda har kuni teriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |