Agrokimyo va agrotuproqshunoslik fanlarining umumiy va maxsus tadqiqot usullarini o`rganish reja


AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR VA ULARNING TURLARI



Download 51,69 Kb.
bet2/10
Sana05.07.2022
Hajmi51,69 Kb.
#740659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrokimyo 3talik

AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR VA ULARNING TURLARI
Agrokimyo kompleks fandir. U tuproq unumdorligi, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning nazariy asoslarini va agrokimyoviy tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bu muammoni yechish uchun bilimimizni doimiy ravishda kengaytirishimiz, o’simlik o’sishini kerakli tomonga o’zgartiradigan radikal va samarali usullarni topishimiz, qishloq xo’jalik ekinlarining muhit sharoitiga yaxshi moslashgan yangi navlarni yaratishimiz va o’simliklarni talabiga qarab ular o’sayotgan sharoitini o’zgartirishimiz kerak. Agronomik kimyoning asoschilaridan Bussengo, K.A.Timiryazev va D.N.Priyanishnikov o’zlarining pedagogik va ilmiy ishlarida agrokimyoviy tekshirish usullariga, ularni to’g’ri tanlay bilishga va ushbu usullardan agrokimyoning nazariy va amaliy muammolarini yechishda oqilona foydalanishga katta ahamiyat berganlar
Agrokimyoviy tadqiqotlarda izatoplar qo’llaniladigan asosiy yo’nalishlar qo’yidagilar:

  • har xil ekinlar tomonidan o’g’it va tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirilish koeffisiyenti;

  • tuproq – o’simlik tizimida organik va mineral o’g’itlardagi oziq moddalar balansi;

- tuproq va o’g’it oziq moddalarining migrasiyasi va aylanishini tadqiqot qilish;
- o’simliklar oziqlanish fiziologiyasini tadqiqot qilish;

  • azotning biolagik fiksasiya qilinish miqdori va mexanizmini o’rganishda;

  • o’g’it va tuproqdagi azotning gaz holida yo’qolish kattaligi va ular yo’qolishini kamaytirish yo’llarini ishlab chiqish;

  • - N-15 dan foydalanib yangi tadqiqot uslublarini yaratish va mavjud bo’lgan uslublarni mukammallashtirish;

  • - Ammiakli va nitratli oziqlanishni o’rganish;

http://hozir.org



AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK YO`NALISHIDAGI FANLAR ULARNING BO`LIMLARI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FANLAR ORASIDAGI O`ZARO BOG`LANISH
Reja:
1. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishining mohiyati
2. Yo`nalishdagi fanlarning o`zaro bo`gliqligi
3.Agro kimyo fanining o`ziga xos xususiyatlari

1. Tuproqlarning kimyoviy va agrokimyoviy tarkiblarini mukammal o‘rganish dastavval u yoki bu tuproqlarning ishlab chiqarish qobiliyatlarini to‘g‘ri baholashga, qolaversa, ularning unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni to‘g‘ri tanlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning pionerlari R.R.Shreder, M.M.Bushuyev, M.K.Negodnovlar hisoblangan. Uzoq yillar davomida tuproqlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish yagona dastur asosida olib borilmagan. Faqatniga 1929 yilda o‘sha paytdagi tajriba stansiyalarini birlashtirish zamirida Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining (sobiq butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti) hamda 1944 yilda Tuproqshunoslik institutida “Tuproq kimyosi” laboratoriyasining tashkil qilinishi tuproqshunoslik fanining ushbu yo‘nalishining rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Tashkil qilingan tadqiqot instituti va laboratoriya xodimlarining asosiy e’tibori dehqonchilik bilan band bo‘lgan yerlarning ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish, tuproq unumdorlik sifatini ochib berish, ularning tarkibidagi gumus va oziqa elementlari miqdorini aniqlash yo‘li bilan mineral va mahalliy o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini qondirish, qolaversa har bir ekin turi uchun oziqlanish tartibotini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunday tadqiqotlar turli davrlarda S.P.Kostichev, YE.A.Jorikov, S.A.Kudrin, P.V.Protosov, I.I.Madraimov, M.A.Belouchov, M.M.Kononova, N.N.Balshiyev, N.K.Balyabo, N.P.Malinkin, I.N.Chumachenko, M.M.Bratcheva, G.I.Yarovenko va boshqa ko‘pchilik olimlar tomonidan amalsha oshirilgan.


1960-1970 yillardan boshlab S.N.Rijov rahbarligida har xil muddatlarda sug‘oriladigan tuproqlarning mexanik zarrachalarining kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarini N.N.Aslanov. M.M.Toshqo‘ziyev, I.A.Ziyamuhamedovlar turli tuproq-iqlim mintaqalarida gumus hosil bo‘lish qonuniyatlari D.M.Mahmudova, V.Valiyev, L.N.Tolstova, N.L.Zglinskaya, N.R.Sharafutdinova, U.Xaydarov, S.Sidiqov va boshqalar tomonidan chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi. Keyingi 30-40 yillar davomida D.S.Sattarov va uning shogirdlari A.Ergashev, A.Qoriyev va boshqalar tomonidan g‘o‘za navlari agrokimyosini, oziqa elementlarning tuproqdagi balansi har tomonlama tadqiq qilindi.
Tuproqlardan samarali foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, oshirish, qo‘llaniladigan mineral va organik o‘g‘itlar samaradorligini oshirish, almashlab ekishning tuproq agrokimyoviy xossalariga ta’siri, tuproq unumdorligida mikroelementlarning roli YE.K.Kruglova, B.Isayev, T.S.Zokirov, Z.Tursunxo‘jayev, B.J.Azimov, I.Raxmatov, B.Xoliqov va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida o‘z ifodasini topadi.
Tuproqlar unumdorligini to‘liq baholashda uning mineralogik tarkibini bilish juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bundan tashqari u yoki bu tuproq tiplarini mineralogik o‘rganish orqali ularning genezisi hamda evolyutsiyasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Chunki turli tuproq-iqlim sharoitida, shu bilan birgalikda xilma-xil petrografik, granulometrik tarkibga ega bo‘lgan tog‘ jinslari tarkibidagi minerallarning ichki va tashqi omillar ta’sirida vujudga kelgan hamda o‘zining fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan o‘z ona jinsidan tubdan farqlanuvchi yangi tipdagi murakkab kristallik panjaraga, hattoki amorf holatdagi ikkilamchi loyli minerallarning paydo bo‘lishi o‘z navbatida bu tuproqlarda kechayotgan barcha jarayonlarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.Kuchli ichki nuralishlar tufayli vujudga kelgan turli tipdagi va tarkibdagi loyli ikkilamchi minerallar miqdori esa o‘z navbatida tuproq unumdorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
O‘zbekiston tuproqlarining mineralogik tarkiblari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni I.P.Gerasimov, K.K.Markov vaM.M. Shukevich (1939), .N.Rozanov (1943,1951) larning ilmiy asarlaridan topamiz. Bu tadqiqotchilar bo‘z tuproqlar uchun asosiy ona jins hisoblangan lyoss va lyossimon yotqiziqlarning mineralogik tarkiblarini, jumladan tuproq mineral qismining dag‘al (yirik) va mayda zarrachalari tarkibiga kiruvchi kvars, karbonatlar, kaliy, natriy, allyuminiy, temir oksidlarini saqlovchi minerallarni ajratadi va ularni tahlil qiladi. Keyinchalik V.P.Kostyuchenko, V.A.Molodsov, N.G.Minashina, M.P.Aranbayev, A.G.Gaipova, Y.A.Skvorsov va boshqalar ham o‘z tadqiqotlarida lyoss va lyossimon hamda agroirrigatsion yotqiziqlarning mineralogik o‘rganib tuproq tarkibida dag‘al tarkibga ega bo‘lgan mineralarning ustunlik qilishi bu tuproqlarning kuchsiz nuralganligidan dalolat berishini ko‘rsatdilar. Bunday xulosa, bizning fikrimizcha, O‘zbekiston tuproqlarining nisbiy jihatdan ancha yoshligidan dalolat beradi.
2. Ma’lumki, tuproq mineral, organik va organik-mineral moddalardan iborat. Tuproqning kimyoviy tarkibi ona jinslarga bog‘liq bo‘lsa-da, undan keskin farq qiladi va asosan turli birikmalar holidagi elementlardan tashkil topgan.
Tuproq kimyoviy tarkibining o‘ziga xos xususiyati, undagi organik moddalar (jumladan gumus) ning mavjudligi, ayrim element birikmalarining turlicha shakldaligi va vaqt o‘tishi bilan tarkibining doimiy bo‘lmasligidir.
Tuproqdagi mineral birikmalarning asosiy manbai yer po‘sti qattiq qobig‘i (litosferada) gi har xil tog‘ jinslari hisoblanadi. Organik moddalar esa turli o‘simlik va jonivorlarning hayot-faoliyati natijasida tuproqda to‘planadi. Mineral va organik moddalarning o‘zaro ta’siri tufayli tuproqdagi organik-mineral kompleksining murakkab birikmalari hosil bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlarning barchasi tuproq tarkibida mavjudligi aniqlangan. Litosfera va tuproqning kimyoviy tarkibini o‘rganish, uning miqdorini hisoblab chiqish sohasida V.I.Vernadskiy, A.YE.Fersman, A.P.Vinogradov va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra ba’zi kimyoviy elementlarning miqdori litosfera va tuproqda keskin farq qiladi (7-jadval), ko‘rinib turibdiki, litosferaning deyarli yarmi kislorod (47,2 %), to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i (27,6 %) kremniydan, so‘ngra alyuminiy (8,8 %), temir (5,1), kalsiy, natriy, kaliy, magniy (har qaysisi 2-3 foiz atrofida) singarilardan tashkil topgan. Bu 8 element litosfera umumiy massasining 99 foizini tashkil etadi.
Tuproq mineral qismining kimyoviy tarkibi litosfera tog‘ jinslariga bog‘liq bo‘lganidan, ayrim elementlarning miqdori jihatidan tuproq va litosfera tarkibi bir-biriga o‘xshashdir. Masalan, litosfera va tuproqda kislorod birinchi, kremniy-ikkinchi o‘rinda turadi. So‘ngra alyuminiy, temir singarilar miqdori ham yaqindir.
7-jadval
Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning o‘rtacha nisbiy miqdori, foiz hisobida A.P.Vinogradov, 1950)

Elementlar

Litosfera

Tuproq

Elementlar

Litosfera

Tuproq

O

47,20

49,00

C

0,10

2,00

Si

27,60

33,00

S

0,09

0,085

Al

8,80

7,14

Mn

0,09

0,085

Fe

5,10

3,80

P

0,08

0,08

Ca

3,60

1,37

N

0,01

0,10

Na

2,64

0,63

Cu

0,01

0,002

K

2,60

1,36

Zn

0,005

0,005

Mg

2,10

0,60

Co

0,003

0,0008

Ti

0,60

0,46

B

0,0003

0,001

H

0,15

5,40

Mo

0,0003

0,0003

Ammo tuproqdagi ba’zi elementlar miqdori litosferadan keskin farq qiladi. Jumladan, tuproqda litosferadagiga nisbatan uglerod 20 marta va azot miqdori 10 barobar ko‘pdir. Tuproqda bu elementlarning to‘planishi turli organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, organizmlar tarkibida uglerod 18, azot 0,3 foizni tashkil etadi (A.N.Vinogradov). Nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida ayrim elementlar miqdori o‘zgaradi. Tuproqda litosferaga nisbatan kislorod, vodorod va kremniy ko‘payib alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliy va boshqa elementlar kamayadi. Nurash natijasida hosil bo‘ladigan g‘ovak jinslarda magmatik jinslarga nisbatan kremnezyom (SiO2) ko‘proq to‘planadi. Qumli jinslarda kremnezyom 90 foizdan ko‘p bo‘lib, qumoq va soz tarkibli jinslarda uning miqdori 50-70 foizgacha kamayadi, ammo Al2O3, Fе2О3 singari oksidlar ko‘payadi. S.V. Zonn (1969) SiO22О (Р2О3 - loyqa zarrachalaridagi alyuminiy va temir oksidining yalpi miqdori) ning molekulyar nisbatiga ko‘ra nurash po‘stining quyidagi turlarini ajratadi:


1. Allitli nurash po‘sti (SiO2:R2О3 < 2.5); o‘z navbatida allitli (Al2O3 miqdori Fе2 О3 ga nisbatan juda ko‘p), ferralitli (Al2O3 miqdori Fе2О3 dan ko‘p) va ferritli (Fе2О3 miqdori SiO2 va Al2O3 ga nisbatan nafaqat loyqa zarrachalarida, balki umuman yer po‘stida ko‘p), kabi gruppalarga bo‘linadi.
2. Siallitli nurash po‘sti (SiO2:R2О3 > 2.5) siallitli va ferrisiallitli gruppaga ajratiladi. Ferrisiallitli gruppa SiO2:R2О3 nisbatining ancha qisqa bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Nurash mahsulotlaridagi oddiy tuzlarning harakatchanligi ancha yuqori. Ion valentligi qanchalik past bo‘lsa, tuzlar eruvchanligi shuncha yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun g‘ovak jinslar va tuproqlarda litosferaga nisbatan asoslar kam bo‘ladi. Nam iqlim sharoitida g‘ovak jinslarda asosli tuzlar kam bo‘lib, quruq iqlimli rayonlarda aksincha ko‘p to‘planadi. Ona jinslarning kimyoviy tarkibi ma’lum darajada uning mexanik va mineralogik tarkibini aks ettiradi. Jumladan, kvarsga boy qumli tuproq asosan kremnizyomdan tashkil topgan.
Mexanik tarkibi qanchalik og‘ir bo‘lsa, ikkilamchi-yuqori dispers minerallar shuncha ko‘payadi. Unda kremnezem kamayib, alyuminiy va temir oksidlari, shuningdek kimyoviy birikkan suv miqdori ko‘payadi. Demak, tuproqning kimyoviy tarkibi tuproq paydo qiluvchi jinslarning geokimyoviy xususiyatlariga bevosita bog‘liq. Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida turli tuproq tiplaridagi kimyoviy elementlarning profil bo‘ylab o‘ziga xos tarqalishi (differensiatsiyasi) ro‘y beradi. Barcha tuproqlar tarkibi ona jinslardan farq qilib, yuqori gorizontlarida organik moddalarning to‘planishi natijasida biologik muhim elementlar - uglerod, azot, fosfor, oltingugurt, kalsiy singarilarning ko‘payishi xarakterlidir. Bu ma’lumotlar tuproqning o‘ziga xos kimyoviy tarkibga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ammo tuproqning kimyoviy tarkibi nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida o‘zgarib boradi.
2. Ayrim granulometrik fraksiyalar mineralogik tarkibining turlicha bo‘lishligi sababli ulardagi kimyoviy elementlarning tarqalishi ham bir xil emas. Kremniyning miqdori kvarsga boy bo‘lgan 0,25 mm dan katta fraksiyalarda yuqori, nozik fraksiyalarda esa dala shpatlari va ayniqsa temir saqlaydigan boshqa birlamchi minerallarning miqdori ko‘payadi va shu sababli alyuminiy, temir va boshqa elementlarni miqdori oshadi.
Alyuminiy va temirga boyga bo‘lgan gilli minerallarni ko‘p saqlaydigan loyqa va qisman nozik changli fraksiyalar minerologik tarkibining keskin o‘zgarishi ushbu fraksiyalar yalpi kimyoviy tarkibida ham o‘z aksini topadi (8-jadval).
8-jadval
Chimli- podzol tuproqlar granulometrik fraksiyalarining yalpi tarkibi, kuydirilgan tuproqqa nisbatan foiz hisobida(V.D.Tonkonogov, 1975)



Fraksiyalarning katta-ligi , mm

Chuqurli-gi, sm

SiO2

Al2O3

Fe2O3

Mg O

K2O

1-0,25

2-10

96,87

1,66

0,25

0,00

0,48

20-30

93,79

3,54

0,49

0,00

0,83

170-180

94,63

3,12

0,39

0,20

0,71

0,25-0,1

2-10

92,95

4,68

0,39

0,00

1,25

20-30

88,88

6,57

0,68

0,00

1,55

170-180

89,58

6,99

0,59

0,00

1,83

0,1-0,01

2-10

87,66

7,90

1,18

0,00

1,54

20-30

88,86

6,43

0,88

0,40

1,95

170-180

83,48

10,62

1,58

0,10

2,10

0,01-0,001

2-10

74,13

17,58

1,43

0,10

3,41

20-30

58,46

26,80

9,13

1,59

1,69

170-180

63,77

22,45

7,33

2,20

1,92

<0,001

2-10

61,33

27,42

3,46

0,52

3,56

20-30

47,57

33,40

13,11

1,72

1,61

170-180

50,79

28,95

12,54

2,52

2,57

Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, fraksiyalar o‘lchamining kichrayishi bilan SiO2 ning miqdori qonuniy ravishda kamayadi, Al2O3 ва Fе2О3 larning miqdori esa ko‘payib boradi. Chamasi, tuproq va tuproq paydo qiluvchi jinslar granulometrik tarkibiga ko‘ra ularning yalpi kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi.


3. Bir xildagi tuproq paydo qiluvchi jinsdan hosil bo‘lgan tuproq profilidagi ayrim gorizontlar yalpi kimyoviy tarkibidagi farq tuproq paydo bo‘lish jarayonida jinslar kimyoviy tarkibining qayta o‘zgarishi va profilining tabaqalanishi haqida fikr yuritishga imkon yaratadi. Gorizontlar tarkibidagi sezilarli farq, ayniqsa elyuvial-illyuvialli tabaqalashgan profilga ega bo‘lgan tuproqlarda kuzatiladi: elyuvial qismi Al2O3va Fе2О3 miqdoriga nisbatan kambag‘allashgan va SiО2 ga boyigan; profilining illyuvial qismida esa buning aksi kuzatiladi (8-jadval).
4. Tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar turli birikmalar holida bo‘lib, ulardagi mineral va organik moddalar tarkibi bilan bevosita bog‘liq. Quyida tuproqdagi ayrim element birikmalari va ularning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati haqida qisqa to‘xtalib o‘tamiz.

Download 51,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish