Agrokimyo kirish


MIKROELEMENT BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN DALA TAJRIBALARI



Download 408,66 Kb.
bet94/123
Sana05.04.2022
Hajmi408,66 Kb.
#530004
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

11.9. MIKROELEMENT BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN DALA TAJRIBALARI



  1. Tajribalarda bo’r H3BO3 (17,5% B) shaklda, rux ZnSO4∙7H2O (22,0% Zn), mis CuSO4∙5H2O (25,5% Cu), marganes MnSO4 ∙5H2O (22,8% Mn), kobalt CoSO4∙7H2O (21,0% Co) va molibden (NH4)2MoO4 (49,0% Mo) shakllarida ishlatiladi. Umglarni rnikroelement eritmasida ivitish uchun bo’rning 0,02— 0,05; marganesning 0,05; ruxning 0,03—0,04; molibdenning 0,01 — 0,05 va kobaltning 0,01—0,10% li eritmalari ishlatiladi. Uruglarni namlash muddati — 12 soat, urug’ va eritma o rtasidagi nisbat — 2:1. Mikroelementlarni ekishgacha yoki qo’shimcha oziqlantirish paytida tuproqqa solish uchun quyidagi dozalar tavsiya etiladi: bo’r — 1,0—1,5; rux — 2—4; mis — 1—3; marganes — 4—10; molibden — 0,5—1,0 va kobalt — 0,3—0,5 kg/ga.

BOSHQA QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR

  1. O’G’ITLAR TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR

Fosforli o’g’itlar - tarkibida fosfor bo’lgan mineral va organik moddalar; o’simliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. O’simliklar o’zlashtirgan fosforning tuprokdagi jamg’armasini to’ldirishning birdanbir manbaidir. F.o’. tarkibida fosfor bo’lgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli o’g’itlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan F.o’. tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida bo’ladi. Ayrim F.o’. esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab o’g’itlardir. F.o’. sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral o’g’itlardan hisoblanadi (1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab F.o’. ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qo’shaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.o’. Bu o’g’itlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida bo’ladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) F.o’.; bu o’g’itlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida bo’ladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu o’g’itlar shudgorlashda asosiy o’g’it sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qo’llaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.o’. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida bo’ladi. Bunday o’g’itlar qiyin eriydigan fosfatlarni o’simliklar o’zlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita o’g’it sifatida yuqori dozalarda solinadi. F.o’.ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bog’liq.
Suvda eriydigan F.o’. kukuni va donador holda limon kislota va ammoniy sitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qo’llaniladi. Sug’orma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan F.o’. qo’llaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Survoha tuproklarda F.o’. tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 1:0,7:0,3; o’tloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qo’llanganda yaxshi samara beradi. Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida to’planadi. Tuproqqa solingan F.o’. tarkibidagi fosforning 20—25% solingan yili, 40— 60% 2—3 yil o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. F.o’.o’simlik rivojlanishi uchun zarur o’g’itdir. F.o’. ta’sirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida qand ko’payadi (fosfor yetishmaganda o’simlik barglarining cheti qorayib quriydi, o’simlik nimjon bo’lib o’sadi).

Download 408,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish