Marten fosfatshlak. Uning tarkibida: kalsiy tetrofosfatning ikkilamchi tuzi, kalsiy, temir, marganes, magniy va boshqa moddalar bo’ladi. P2O5 ning miqdori 8 dan 12% gacha bo’ladi. Uning deyarli hammasi limon kislota eritmasida eriydi. O’g’itning reaksiyasi kuchli ishqoriy. Uni nordon va kuchsiz nordon tuproqlarda qo’llash qulay. Fosfatshlakni faqat asosiy o’g’it sifatida ishlatiladi. Uni qand lavlagisi uchun ishlatish yaxshi samara beradi.
Fosforit uni. O’g’it ishlab chiqish sanoati fosforit uni tarkibidagi fosforning umumiy miqdori quyidagicha bo’lgan to’rtta navini ishlab chiqaradi: oliy nav—30%, 1 nav—25%, 2 nav— 22%, 3 nav—19%. Shu narsani e’tiborga olish lozimki, amaliyotda P2O5 ning fosforitdagi miqdori 90—135 kg dan ziyod bo’lganida qo’llanilmaydi. Go’ng, fosforitli kompostlar ham yuqori darajadagi ta’sir etish xususiyatiga ega. D.N. Pryanishnikov tajribalari har xil o’simliklarni fosforit uni o’g’itiga nisbatan har xil munosabatda bo’lishini isbotlaydi. Ko’p o’simliklar uni faqat m a’lum nordonlikka ega bo’lgandagina o’zlashtiradi. Bunday ekinlar jumlasiga g’allasimonlar, zig’ir, lavlagi, kartoshka, no’xat, yo’ng’ichqalar kiradi. Shulardan kuzgi javdar, yo’ng’ichqa, no’xat boshqa ekinlarga nisbatan biroz fosforit unini yaxshiroq o’zlashtiradi. Boshqa ekin guruhi fosforit unini kuchsiz nordon muhitdava hatto neytral muhitda yaxshi o’zlashtiradi. Bular jumlasiga lyupin, grechixa, esparset, gorchisalar kiradi. Bu ekinlar tuproq fosforini ham yuqori darajada o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi. Hosilga ijobiy ta’sir etish davomiyligi nuqtayi nazaridan fosforit uni fosforli o’g’itlar orasida birinchi o’rinda turadi. Demak, uzoq almashlab ekishning butun rotatsiyasi bo’yicha nordon va kuchsiz tuproqlarda fosforitlashni takrorlashga xojat bo’lmaydi. Superfosfatni esa hamma ekinlar uchun ekishdan oldin solinishi lozim. Xuddi shunday emvchi va erimaydigan o’g’itlarni o’zaro moslab ishlatilishi iqtisodiy jihatdan ham, o’simliklar talabini qondirish jihatidan ham foydali bo’ladi. Bunda faqatgina boshqa elementlar bilan oziqlanish darajasi (azot, kaliy) ga e’tibor berilishi lozim. Ularning tanqisligini birgina fosforning o’zi bilangina to’ldirib bo’lmaydi. Ba’zida mikroelementlarning tanqisligi bo’lgan hollar ham uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |