Shudgorlash oldidan yerga go’ngni yuqori me’yorda solish evaziga tuproqning nam o’tkazuvchanlik qobilyati kuchayadi va sug’orish ta’sirida tuzlarning yuvilishi tezlashadi.
Har gektar maydonga 20t miqdorida go’ng solingandan keyin tuproq sho’ri yuvilsa, 6-7sentiner atrofida qo’shimcha paxta hosili yetishtirish mumkin.
Sholichilikda N ning P ga nisbati 1:0.65 ya’ni 1kg N va 0.65kg P
Ammiakli selitra, sulfat ammoniyga (tuzga) qaraganda o’simlikka tez ta’sir etadi, suvda yaxshi eriydi.
Sulfat ammoniy, Ammiakli selitraga qaraganda suvda kam eriydi, tuproqqa aralashgandan keyin yuvilib ketishga kam uchraydiganligi sababli sholichilikda asosiy o’rin tutadi.
Go’ng mineral oziqalarning o’simlik o’zlashtira olmaydigan holiga tushishdan saqlaydi.
Ammiakli selitra 50% i azotni o’simlikka sekin va ko’p muddatda ta’sir etib, qolgani esa o’simliklar tomonidan tez o’zlashtiriladi.
Sulfat ammoniyni hamma vaqtda berishga bo’ladi.
Suvda yaxshi eriydigan, o’simlik oson o’zlashtira oladigan Pli o’g’itlarga ikki xissali ammoniylashgan superfosfot, monofosfot va metofosfot, ammofos, diammofoslar kiradi.
1t ipak qurti go’ngida 10kg P va 50kg N bo’ladi. Qushlarnikida esa 34kg N va 16kg P va 2kg K bo’ladi.
10-20 iyuldan keyin berilgan mineral o’g’itlar (asosan N) foydasiga qaraganda ziyoni ko’proq bo’ladi. Sababi shuki shu sanadan kechikib berilgan o’simlikning bo’yiga o’sib ketishiga, hosil elementlarining kech paydo bo’lishiga olib keladi.
Go’nga qo’shilgan superfosfot, uning tarkibidagi umumiy N ning kamayishiga yo’l qo’ymaydi.
Sholiga P yetishmasa yaproq plastinkalari burushib (jiyrila , qovjirab) boshlaydi, ildiz tizimi rivojlanishi buziladi bachkalashi kechikadi(pashalovi keshigedi).
Sholiga K yetishmasa yotib qoladi, kasalliklarga uchrovchi bo’ladi, hamda hosil kamayadi.
Me’yoridan ortiq berilgan N sholi somonining o’sib ketishiga, pirikulyaroz kasali bilan kasallanishiga va yotib qolishiga sababchi bo’ladi, ya’ni sholining hosili kamayadi.
Qoraqolpog’iston R. holatida N o’g’itlarning yillik me’yorining 60-70% ni, P ning 100% ni, K ning 50% ni ekishdan oldin bersa yaxshi natija beradi. Qolgan qismini (N 30-40%i va K 50%i) sholi 4-5 yaproq chiqarganidan so’ng berish kerak.
Sholiga ekishdan oldin sulfat ammoniy, mochevina(karbomid) berilsa, qolganiga ammikli selitra berilsa yaxshi bo’ladi.
Agar o’simlik gullash va mevalash davrida N bilan ko’p oziqlantirilsa, unda mevalash davri kechikadi, mevasiz organlar rivojlanib ketadi , shu sababli hosil kamayadi. Masalan karam ko’plab yorilishi, kortoshkaning ichi kovaklashadi, poliz ekinlarining qanti kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |