11-mavzu: Agrobiznesda innovatsion faoliyatning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlari
Reja:
1. Agrobiznesda innovatsion siyosatni amalga oshirish yoʻnalishlari.
2. Agrobiznesda innovatsion faoliyat yuritish tizimi.
3. Agrobiznesda innovatsin faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish
Agrobiznesda innovatsion siyosatni amalga oshirish yoʻnalishlari.
Innovatsiyalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi funksiyalarni bajaradi. Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida ikkita asosiy funksiya – takror ishlab chiqarish va rag’batlantirish funksiyasini bajaradi. Takror ishlab chiqarish funksiyasi shuni anglatadiki, innovatsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Innovatsiyalarni bozorda sotishdan olingan pul tushumi yaratadigan tadbirkorlik foydasi moliyaviy resurslar manbasi va shu bilan bir paytda innovatsion jarayonning samaradorlik me’yori bo’lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik foydasi ishlab chiqarish-savdo, investitsion, innovatsion va moliyaviy faoliyat hajmini kengaytirishga yo’naltirilishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiyalardan foyda olish va undan moliyaviy resurslar manbasi sifatida foydalanish innovatsiyalarning takror ishlab chiqarish funksiyasi mazmunini tashkil qiladi. Rag’batlantiruvchi funksiya ham innovatsiyalarni sotishdan tadbirkorlik foydasi olish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirkorlarni yangi innovatsiyalar rag’batlantirish uchun stimul bo’lib xizmat qiladi, uni marketing faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish, talabni o’rganish, moliyani boshqarishning zamonaviyroq usullarini qo’llashga doimiy ravishda majbur qiladi. Energiyani minimal qilish umumiy qonuniga bo’ysungan holda inson doimo o’z faoliyatini mehnat sarfini qisqartirish, vaqtni tejash va boshqa samaralarni qo’lga kiritishga yo’naltiradi. Shu sababli innovatsiyalarni ijtimoiy toifa sifatida ham ko’rib chiqish mumkin. 1. Innovatsiyalarning ijtimoiy toifa sifatida birinchi funksiyasi shundan iboratki, amalda barcha ixtirolar jonli mehnat va energiya sarfini qisqartirishga yo’naltiriladi, ishlab chiqarishga yangi ishlab chiqarish kuchlarini jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligini oshiradi. 2. Innovatsiyalarning ikkinchi funksiyasi – chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo’lib, bu ishlab chiqarish va iste’mol darajasining o’sishiga olib keladi hamda turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 3. Innovatsiyalarning uchinchi funksiyasi shundan iboratki, ular mahsulot sifatini oshirib, xarajatlarni kamaytirgan va iste’molni takomillashtirgan holda talab va taklif o’rtasidagi, ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi proporsiyalarni saqlashga xizmat qiladi. 16 4. Va nihoyat, innovatsiyalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish jarayonida insonning rivojlanish jarayoni – uning intellektual qobiliyatlari kamol topishi, ijodiy o’sishning yanada davom etishi uchun sharoitlar yaratilishi ro’y beradi [72]. Innovatsiyalarning hayotiylik davri. Har bir yangilik kiritish ma’lum bir hayotiylik davriga ega bo’ladi. Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega bo’lib, quyidagi bosqichlardan iborat sanaladi: yuzaga kelish, jadal o’sish, barqaror o’sish, barham topish. Vaqt o’tishi bilan yangi mahsulot yoki xizmat o’zining jalb etuvchan xususiyatlarini yo’qotadi, ularni ishlab chiqarish rentabelsizga aylanadi va ishlab chiqaruvchi mahsulot sifatini yaxshilashga yoki uni boshqa, samaraliroq mahsulot bilan almashtirishga majbur bo’ladi. Shu sababli ishlab chiqaruvchi “A” mahsulotni ishlab chiqarish davridayoq mahsulot sotilganidan so’ng “A” mahsulotga nisbatan foydali quvvat birligiga ko’proq samara va kamroq tannarxga ega bo’lgan «B» mahsulot (xizmat) paydo bo’lishini ta’minlaydigan ilmiy-texnik ishlanmalar mavjudligidan manfaatdor bo’ladi. Yangilik kiritishning to’liq hayotiylik davri (dastlabki tadqiqotlardan tortib to ishlab chiqarishdan olib tashlagunga qadar) uchta – ilmiy, ixtirochilik, ishlab chiqarish davrini qamrab oladi va birgalikda ilmiyishlab chiqarish davrini tashkil qiladi. Ushbu davrlar o’rtasida ma’lum bir vaqt farqi mavjud: g’oyaning paydo bo’lishi va ixtiro uchun patent olish o’rtasida, ishlab chiqarish uchun litsenziya olish va ishlab chiqarishni boshlash o’rtasida va h.k. Innovatsion jarayonning alohida bosqichlari, turli davrlar o’rtasidagi vaqt farqini qisqartirish yangilik kiritishni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu sababli yangi texnika va texnologiya ishlab chiqaruvchining innovatsion siyosati jahon va mamlakat fan va texnikasining rivojlanish tendensiyalarini kuzatib borish, yangilik kiritish loyihalarini amalga oshirish uchun sraflanadigan vaqtni qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Innovatsiyalarning hayotiylik davri innovatsiya faol hayotiy kuchga ega bo’ladigan va ishlab chiqaruvchiga (sotuvchiga) foyda yoki boshqa real naf keltiradigan ma’lum bir vaqt davrini ifodalaydi. Agrobiznesning rivojlanishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi va ekstensiv va intensiv yo’llaridan foydalaniladi. Ekstensiv shaklidagi Agrobiznesni rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o’sishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni o’zlashtirish, ekin maydonlarini ko’paytirish, chorva mollarini bosh sonini ko’paytirish va qo’shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslarining ko’lamlarini ortishi yuz bergani holda texnika-texnologiyasifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan o’zgarmaydi.
Ekstensiv omillar o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko’plab ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar o’z tarixining dastlabki davrlaridan boshlab, o’zlari o’zlashtirgan yerlarni tark etib unumdor yerlarni qidirish uchun yer sharining har tomoniga tarqalganlar. Yangi yerlarni o’zlashtirish hozirgi davrda bizning mamlakatimizdagi kabi dunyoning boshqa mamlakatlarida ham davom etmokda. Shu bilan birgalikda dunyo mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi shuni ko’rsatadiki, Agrobiznesni yuksaltirishni nisbatan samaradorlik va ahamiyatliroq shakli bo’lgan intensivlashtirish muhim o’rin tutadi. Agrobiznesni rivojlantirishni intensiv shaklda mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi sifat omillar evaziga, ya’ni nisbatan takomilashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq etish (ulardan to’la va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etuvchi ilg’or texnologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga oshiriladi. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv shakli ba’zi hollarda samarali bo’lishi mumkin, shunga muvofiq har doim ekstensiv shaklni samarasiz deb ta’kidlash fikri o’zini oqlamaydi. Amalda bu ikki yo’l ishlab chiqarishni rivojlanishida bir-birini to’ldirib, piravordida umumiy iqtisodiy samardorlikning oshishiga olib keladi.
Ular yagona xo’jalik faoliyatiga xos usullar bo’lib, bir vaqtning o’zida iqtisodiy o’sishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat(intensiv) jihatlari mavjud bo’ladi, ammo ularning nisbati har xil mutanosiblikda bo’ladi. Iqtisodiyot qo’l mehnati texnologiyasi va malakasiz ish kuchiga asoslangan joyda, ekstensiv o’sish ustun turadi. Aksincha, ishlab chiqarish mashinalashgan, serunum texnologiya va yuksak malakali ish kuchiga tayangan joyda intensiv o’sish birinchi o’rinda turadi, ishlab chiqarish rivojlangan sari qonuniyatli tarzda intensiv o’sishning ahamiyati barqaror oshib boradi.
Agrobiznes ishlab chiqarishining intensivlashtirish nazariyasi avvalom bor yerning xususiyatini hisobga olish, uni Agrobiznesda asosiy ishlab chiqarish vositasi ekaniga asoslanadi. Ma’lumki yerning asosiy vosita sifatida muhim xususiyatlaridan biri uni chegaralanganligidir. Yerning chegaranganligi o’z navbatida Agrobiznesni intensivlvashtirishni taqazo etadi. Agrobiznes mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishni qo’shimcha yer maydonlarini o’zlashtirish orqali amalga oshirish chegaralanganligi ishlab chiqarish oldiga mavjud o’zlashtirilgan yerlarni sifatini yaxshilash, binobarin, ulardan intensiv foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, mamlakatimizda don mustaqilligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. Almashlab ekish tizimlari yangilanib g’o’za, g’alla, beda ekinlari ekiladigan qisqa aylanishli yangi me’yor joriy etildi. Binobarin, respublikada paxta maydonlari qisqartirildi va 2000 yillarda 1,5 million gektar chigit ekildi. Bu ko’rsatkich yildan yilga kamayib, endigi talab paxta yetishtirishni faqat intensiv texnologiya asosida ko’paytirilishidan iboratdir. O’zbekistonda 2014 yilda chigitni yangi texnologiyalar asosida erta muddatlarda ekish joriy etilib, u yaxshi natijalar berdi, ya’ni hosildorlik ochiq maydonlardagidan gektariga 5-8 tsentner yuqori, kultivatsiya va o’g’it solish tadbirlarining takomillashuvi natijasida yoqilg’i moylash materiallari sarfi 20%ga kamaydi. Paxta yig’im-terimini erta tugatishga erishish hisobiga esa kuzgi boshoqlilarni ekish imkoniyati yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |