Nazorat uchun test savollari:
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan qaysi infratuzilma ob'ektlarini rivojlantirishga e'tibor berilmoqda?
Agrofirma, mashina-traktor parklari, muqobil mashina-traktor parklari, biolaboratoriyalar, o‘simliklarni himoya qilish otryadlari va boshqalar.
Birlashmalar, ijara tashkilotlari.
Kolxozlar
Ijara, dehqon xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalar
|
Ijtimoiy infratuzilma ob'ektlariga qaysi sohalar kiradi?
Savdo, transport, konsalting, huquqiy xizmat ko‘rsatish uylari.
Minibank, auditor, lombard va boshqalar.
muqobil mashina-traktor parki, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, biolaboratoriya va boshqalar.
Uy-joy, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport, maorif, madaniyat, savdo xizmatni ko‘rsatish ob'ektlari.
|
grosanoat firmalari (agrofirma) nima?
Agrofirma, fermer xo‘jaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi
Agrofirma, qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotini yetishtirish, qayta ishlash va realizatsiya kilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs hisoblanadi
Agrofirma, qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, tashish va realizatsiya kilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs hisoblanadi
Agrofirma, fermer xo‘jaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
|
Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga qaysi sohalar kiradi?
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga bevosita xizmat ko‘rsatish, ta'minot, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash tarmoqlari.
Minibank, auditor, soliq, lombard va boshqalar
Madaniy-maishiy xizmat uylari, umumiy ovqatlanish ob'ektlari.
Barcha javoblar to‘g‘ri
|
Infratuzilma ob'ektlarini rivojlantirish uchun qaysi tadbirlar amalga oshirilishi zarur?
Infratuzilma ob'ektlari xizmatiga bo‘lgan talabni aniqlash.
Zarur mutaxassislarni tayyorlash.
Talab qilinadigan sharoitlarni yaratish.
Barcha javoblar to‘g‘ri
|
Infratuzilma ob'ektlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni davlat ruyxatiga olish tartibi?
Tuzilgan shartnomalar tuman qishloq va suv xo‘jaligida ruyxatdan o‘tkaziladi.
Tuzilgan shartnomalar tomonlarda ruyxatdan o‘tkaziladi.
Tuzilgan shartnomalar tuman hokimligida ruyxatdan o‘tkaziladi.
Tuzilgan shartnomalar tomonlarda, undan so‘ng tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limida ruyxatdan o‘tkaziladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |