Fanni o‘qitishdan maqsad- innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanib, agrobiznesda iqtisodiy faoliyatni o‘rganishda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish darajasi, mamlakat investitsion va innovatsion siyosatining rivojlanishi hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bosqichlari, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilib to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rgatishdir.
Fanning vazifalari – agrobiznes xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun yangi bilimlarni egallash va ularni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq faoliyat turlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishni, yuqori samara beradigan yangi mashinalar va asbob - uskunalarni, agrotexnika va zootexnika usullarini, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni yangi metodlarini joriy etish yo‘llarini yoritish.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quydagi talablar qo`yiladi. Talaba: - innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish;
- innovatsion faoliyat davlat tomonidan boshqarish;
- innovatsion siyosat va agrobiznesda innovatsion jarayonlar;
-agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorij tajribalari;
- agrobiznesda innovatsion faoliyatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; - agrosanoat majmuida innovatsiyalarning transferti;
-agrobiznesda innovatsin faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari;
-agrobiznesda inovatsion faoliyatni tatbiq etishga undovchi stimullarni bilishi va ulardan foydalana olishi; -qishloq xo‘jalik dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion faoliyat;
-qishloq xo‘jalik chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion faoliyat haqida ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion faoliyat;
-ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish innovatsion faoliyat haqida ma'lumotlar to‘plash va ulardan foydalana olish bo`yicha bilimga va malakalariga ega bo‘lishi kerak.