Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti agrobiznes 1-66 talabasi Ibrohimov Murodjonning



Download 0,64 Mb.
Sana27.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#710183
Bog'liq
chor.iqti

Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti agrobiznes 1-66 talabasi

Ibrohimov Murodjonning

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

MUSTAQIL ISHI

CHORVACHILIK TARMOQLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI


Chorva hayvonlari barcha turdagi ozuqa resurslarini insonlar iste‟moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Natijada asosan o‟simlik va boshqa ozuqa resurslari nobud bo‟lmasligiga bevosita sharoit yaratadi, xalq xo‟jaligi tarmoqlari shu jumladan, qishloq xo‟jaligining sosial iqtisodiy samaradorligini oshiradi.
Chorvachilikdan aholi iste‟moli uchun sut, go‟sht, yog‟, tuxum va boshqa mahsulotlar olinadi. Ilmiy asoslangan me‟yor bo‟yicha jon boshiga iste‟mol qilinadigan barcha mahsulotlar oqsilning 60 %, ularning kaloriyaga aylantirilgani esa 30 % ni tashkil etishi zarur.
Chorva mahsulotlari qayta ishlashda hosil bo‟ladigan qo‟shimcha va qoldiqlar ham ozuqa sifatida ishlatiladi. Ko‟rsatish lozimki, chorva mahsulotlari oqsili o‟simlik mahsulotlari oqsiliga nisbatan juda qimmat turadi. Chunki, 1 kg sut oqsiliga 3-5 kg ozuqa birligi, mos ravishda tuxum oqsiliga 4-6, mol go‟shti oqsiliga esa 15-20 kg ozuqa birligi sarflanadi.
Chorva oqsillarining qimmatligi va uni ishlab chiqarish hajmining kamligi tufayli jahon xalqlarining taxminan 50 %i ilmiy asoslangan me‟yorga nisbatan kam
chorva oqsili iste‟mol qiladilar
2019-yilda “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 trillion 603 milliard soʻm, parrandachilikka 332 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada mayda shoxli chorva soni 550 ming boshga, parranda soni 6 million 130 mingtaga koʻpaydi.
Chorvachilik tarmogʻining dolzarb muammosi hisoblangan uzluksiz ozuqa-yem taʼminotini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama etildi. Bugungi kunda chorvachilikda ozuqaga boʻlgan ehtiyoj faqatgina 30-35 foizga qondiriladi. Xususan, parrandachilikda ozuqaning 85 foizi import hisobiga taʼminlanadi.
Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir, Qoʻngʻirot, Kegeyli va Moʻynoq tumanlarida 1 million gektar pichanzor va yaylov yerlarida 182 ming bosh chorva mollari boqishga moʻljallangan 486 ta loyiha ishlab chiqildi.
qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi: respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklaridan sotib olish uchun 10 milliard soʻm miqdorida; xorijiy davlatlardan import qilish uchun 40 milliard soʻm miqdorida; 1990 yilda 1913 yilga nisbatan barcha turdagi yalpi go‟shtlar (so‟yilgan vaznda)- 5,2 marta, sut-33,2 marta, tuxum-26,9 marta, jun-4,4 marta, pilla-8,2 marta ko‟paygan.
Ko‟pchilik mahsulotlar aholi soniga nisbatan tezroq oshgan. Natijada aholi jon boshiga mahsulotlar miqdori ham har xil darajada ko‟paygan. Masalan, go‟sht-12% ga, sut- 174% ga, tuxum-5,7 marta ko‟paygan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan aholi jon boshiga go‟sht ishlab chiqarish qariyb 14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2 marta, qorako‟l teri- 2,3 marta, pilla-55% ga kamaygan.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, yerlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ko’p bor ta’kidlanadi. Bunda tabiiy va moddiy resurslarni tejovchi, ish unumdorligi yuqori zamonaviy texnika va texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb etish, zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiya tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishni yanada jadallashtirish muhim o‘rin tutadi

Foydalanilgan adabiyotlar: https://hozir.org https://fayllar.uz


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish