Bakteriyalarni laboratoriyada ko'paytirish - Bakteriyalarni sun’iy ko'paytirish uchun maxsus oziq muhitlardan foydalaniladi. Oziq muhitlar tarkibida: 1) uglerod. azot, kislorod, vodorod manbayi; 2) anorganik birikmalar (tuz); 3) o'sish omillari bo'lishi shart. Mikroorganizmlarni o'sishi va rivojlanishiga oziq muhitning tarkibidan tashqari, uning fizik-kimyoviy holati (pH , osmotik xossalari, yopishqoqligi) ham katta ahamiyatga ega. Ko'paytirilayotgan bakteriyaning biologik xossasiga javob beradigan oziq muhit optimal deyiladi. O'stirilayotgan mikroorganizmlar xususiyatidan kelib chiqqan holatda xilma-xil oziq muhitlardan foydalaniladi. Optimal oziq muhitda azot manbayi sifatida mineral yoki organik birikmalardan yoki peptonlardan foydalaniladi (pepton — oqsillarni chala parchalanish natijasida hosil bo'lgan mahsulot). Peptonlar polipeptid, dipeptid va aminokislotalar aralashmasidir.
Oziq muhitlar tarkibi. xossasi va maqsadiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'linadi: - Konsistensiyasi (qattiq suyuqligi) boʻyicha: a) suyuq. b) qattiq, v) yarim suyuq.
- Tarkibi bo'yicha; a) oddiy (minimal) — tarkibida shakar yoki glitserin, ammoniy tuzlari va sulfatlar bo'lib, aminokislotalar, vitaminlar, purin va pirimidinlar bo'lmaydi, chunki ularni bakteriyalar o'zi sintez qila oladi. b) murakkab (maksimal) — mutatsiyaga uchragan mikroorganizmlar ayrim fermentlarni sintez qilish xususiyatini yo'qotganligi sababli oziq muhitiga hamma kerakli purin, pirimidin aminokislotalar, vitaminlar qo'shiladi.
- Maqsadi bo'yicha, a) selektiv muhit — bu m uhitda asosan faqat ma’lum bir mikroorganizm o'sadi. Masalan, vismut-sulfit ta’sirida salmonella bakteriya avlodi rivojlanadi va ko'payadi, dizenteriya kasalligini qo'zg'atuvchi bakteriyalarning esa o'sishi va rivojlanishi susayadi; b) boyitilgan muhit — ma’lum bir bakteriyaning o'sishini kuchaytiradi, boshqasiga to'sqinlik qiladi.
- Sintetik oziq muhit — ma’lum bir kimyoviy birikmalardan tayyorlangan oziq muhit.
- Transformatsiya jarayoni 1928-yilda Griffit tomonidan kashf etilgan. Griffit transformatsiya jarayonini 2 xil pnevmokokk (S va R) bakteriya shtam mlarida kuzatgan. Pnevmokokk bakteriyasining S shtam mi polisaxarid poʻstli bo'lib, hujayra sirti silliq, R shtam m da esa polisaxarid po'sti bo'lm aydi va hujayra sirti g'adir-budur (S inglizcha smooth — silliq, R — inglizcha rough — g'adir-budur). S shtam m bakteriyaning polisaxarid po'sti sichqon organizmi im m un sistemasi ta ’sirini o'tkazmaganligi sababli, u kasallik qo'zg'atuvchi bo'lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o'ladi. R shtam m esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtam m lar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud boʻlmaydi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi S shtammni qizdirilganda ular o ʻladi va o'ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga vuborilganda sichqonlarda kasallik paydo boim aydi. Sichqoniarga qizdirish natijasi o ʻlgan bakteriyalar S turi bilan kasallik qoʻzgʻatmaydigan R turga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qoʻshib yuqtirilganda sichqonlarning o'lishi kuzatilgan. 0ʻlgan sichqonlarda S bakteriyalar shtam mi topilgan. Bu hodisani m ohivati quyidagi 4-rasmda ifodalangan. K o'rinib turibdiki, pnevmokokkning S-shtam m idan qandaydir modda R shtam mning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya boigan. Tajribada olingan natijalarni Griffitning o ʻzi tushuntirib bera olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |