Mezolit davri.
Mezolit yunon so’zidan olingan bo’lib, «mezos» o’rta, «litos» tosh ya`ni o’rta tosh davri demakdir. Bu davr aslida yuqori paleolitni davomi bo’lib, o’zining ov va mehnat qurollarini yasashdagi texnikasi hamda o’ziga xos xususiyatlari bilan yuqori paleolitdan keskin ajralib tu radi. Ammo shunga qaramay mezolitni yuqori paleolitdan ajratib turuvchi chegarasi xaqida olimlar o’rtasida hozir gacha bir xil fikr mavjud emas. Ayrimlari mezolit uchun alohida davr umuman bo’lmagan, u paleolitni keyingi poғo nasi xolos desalar, boshqalari uni tabiiy geografik sharo itni o’zgarishiga boғlaydilar, yana boshqalai esa, tosh qu rollarini yashashda yuzaga kelgan yangi texnika uslubiga boғlaydilar.
Yuqoridagi fikrlardan qat`iy nazar. so’nggi yillardagi nafaqat bizning Markaziy Osiyo xududlaridagi olimlari miz tomonidan olib borilgan arxeologik ishlar balki jahon bo’ylab arxeologiya soxasida olib borilayotgan izla nishlar mezolitni ajdodlarimiz tarixini yoritishda alohi da o’z o’rniga ega bo’lgan davr ekanligini isbotlamoqda. YUqori poleolitda vujudga kelgan prizma shaklidagi nukleus lardan yupqa va uzun plastinkalarni to’qmok hamda buғu sho xini butoqlari yordamida uchirib olish texnikasini mezo litga kelib takomillashadi. Nukleuslarni xajmi nisbatan kichrayib, shakllari ham o’zgarib uchi chiqarilgan qalamga o’xshashlari paydo bo’ladi. Arxeologiya fanida bu xildagi nukleuslarni qalamsifat (karandashavidniy) deyiladi. Uchirindi plastinkalarni xajmi ham kichrayib noziklasha di« Janubiy xududlarda, jumladan Markaziy Osiyo xududinig mezolit yodgorliklarida mikrolitlardan keng foydala niladi. Mikrolit deganda mezolit davridagi qalamsifat o’zalardan uchirib olingan plastinkalarni bo’lakchlarga segment, trapetsiya va uchburchaksimon shakllarga aylantiril gan kichik xajmdagi geometrik shakldagi mehnat qurollari ni tushuniladi. Bu xildagi topilmalar tayoq yoki hayvonlar ni qobiralarida rezets yordamida uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga o’rnashtirilib, ulardan pichoq yoki qirғich sifatida foydalanganlar. Mikrolitlarni xajmlari 1 2 sm dan oshmagan. Bulardan yoғochdan yasalgan kamon o’qlarini va uzoqqa otib sanchish uchun mo’ljallangan nayzalarni tayyorlashda foydalanganlar. Arxeologlar tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki chakmok toshdan yasalgan nayzalarni sanchilishi va teshib o’tish xususiyati xatto temir nayzasidan ham samarali bo’lgan. Mikrolitlardanyasalgan pichoqlar, butun plastinkalardan qilingan pichoqlarga nisbatan qulay va samarali bo’lgan. Chunki butun pla stinka ishlatish jarayonida sinsa, uni o’rniga faqat butunplastinka topish shart bo’lgan, bunday imkoniyat xadeb bo’la vermagan. Mikrolitlardan yasalganlarini esa osonlik bilan birini o’rniga ikkinchisini o’rnatilavergan. Mikrolitlar dan yasalgan xanjarsifat qurollar yoki hayvonlarga ma`lum masofadan turib zarb bilan irғitib sanchishga mo’ljallan gan yoғoch nayzalarni ibtidoiy odamlar o’zlari xoxlaganuzunlikda qilish imkoniga ega bo’lganlar. Chunki zarb bilan irғitib sanchiladigan yoғoch nayzalarni uch tomonidan uzuna siga har ikki yon tomonida mikrolitlarni qatorasiga terib joylashtirish uchun ana shu mikrolitlarni xajmlariga mos lab yoriqlar qilingan. Bunday usul ajdodlarimizga qulay bo’lganidan bo’lsa kerak, yuqori paleolitda paydo bo’lgan bunday ov qurollari mezolitda takomillashib, neolit xatto bronza asrida ham foydalanishda davom etgan. Shuni ham ay tish kerakki bu mikrolitlar asosan janubiy rayonlarda qo’llanilgan. Shimoliy rayonlarda esa butun plastinkalar dan foydalanilgan. Mikrolitlar u yoki bu yodgorlkni xrono logiyasini aniqlashda ham arxeologlar uchun qo’l keladi. Sa babi mikrolitlar asbsan mezolit davrida vujdga kelgan juda ko’plab mikrolitlarni paydo bo’lishi va ulardan janu biy rayonlarda keng miqyosda foydalanishga o’tish, shimoliy regionlarda esa asosan plastinkalardan takomillashgan ov qurollarini yasashga o’tish va bu usullarni bir vaqtni o’zida taraqqiy etishi ko’pchilik olimlarimizni fikrlariga ko’ra mezolitni yuqori paleolitdan ajralish chegarasini ko’rsata di. Ma`lumki mezolit yuqori paleolit bilan neolit (yangi tosh asri) o’rtasidagi ajdodlarimizni yashab o’tgan davrini aks ettiradi. Agar mezolit davrini tosh industriyasini (Industriyasi deganda mezolitga oid barcha tosh qurollarini va ularni chiqindilarini tushuniladi). yuqori paleolit va neolit davri nndustriyalari bilan solishtirsak, uni keyin gi davr bilan ancha boғliq ekanligini, ya`ni ko’proq o’xshashligini ko’ramiz. YUqori paleolit davri qurollari ning ba`zilari mezolitda qo’llansa da, ularni mezolitni o’rtalariga kelib butunlay yo’qolib ketadilar. Shuni aytish kerakki dunyo bo’yicha birinchi bo’lib mezolit yodgorligi XIX asr oxiri aniqroғi 1887- yilda frantsuz e. P’et tomonidan Mazd-Azil’ ғoridan topilgan bu yodgorlik mezolitni ilk .davrini yorituvchi boshqa yodgorliklarni ham Azil’ davri yod-gorligi deyiladi. Azil’ga nisbatan ancha keyingi davrga oid mezolit yodgorliklari Frantsiya`ni Tardenuaz makoni-dan topilib, mezolitni o’rta va so’nggi davrlarini aks et-tiruvchi yodgorliklarni ana shu makonning nomi bilan tar-denaz davri yodgorliklari deyila boshladi.
Shuni alohida ta`kidalash joizki mezolitni boshlani-shi geologik jixatdan golotsenni boshlanishi davriga mos keladi. Aynan shu davrga kelib, iqlim sharoitida ham kes-kin o’zgarishlar yuz beradi. Baxaybat muzliklarni shimol tomon chekinishi tezlashadi. Bu muzliklar o’rnida o’simlik-lar o’sishi mumkin bo’lgan erlar, ko’plab ko’llar va botqoq-liklar vujudga keladi. Muzliklarni erishi eramizdan av-valgi 14-8,5 ming yillarga to’ғri keladi. Bu davr ichida iq-lim muz davridan kam farq qilib, xavo ancha sovuq bo’lgan. Keyinroq esa ya`ni eramizdan avvalgi 8,5 va 5 ming yillar oraliғida ancha kunlar ilib, ob-xavo quruq va issiq bo’lib, hozirgi kundagi iqlimga yaqinlashgan. Evropaning keng er-lari qaraғay va keng yaproqli daraxtlar bilan oplangan. Evropaning janubiy rayonlarida va Kavkaz hamda bizning O’rta Osiyo sharoitida esa bunday xolatlar bo’lmagan. Chunki bu joylarda muzlikni o’zi bo’lmagan. YUqori paleolitga xos mamontlar esa bu iliq xavoga chiday olmay shimol tomon siljib, ularni oxirgilari yo’qolib ketganlar. Karkidon (nasorog) va xo’kizqo’y (oviebalk) kabi yuqori paleolitga xos hayvonlar ham mezolitga kelib, qirilib bitganlar. en-di bu hayvonlar o’rnida nisbatan tez yuruvchi va yuguruvchi hamda nisbatan extiyotkor mezolit iqlimiga moslashgan hay-vonlar vujudga kelgan. Garchi bizning O’rta Osiyoda muzlik davri bo’lmagan bo’lsa-da bizdan uzoqroqda sodir bo’lgan ul-kan muzliklarni chekinishi bizning xududimizdagi iqlim o’zgarishiga o’z ta`sirini ko’rsatdi. Shuning uchun ham O’rta Osiyoni hayvonot olamida va o’simliklar dunyosida ham o’zga-rishlar bo’ldi. Yirik hayvonlar o’rniga arharlar, muflon-lar, tov echkilari, buzular, jayronlar, kuyonlar va ars-lon, yo’lbarslar, qoplonlar, gepartlar kabi hayvonlar vujudga keldiki bo’larni yuqori paleolit usuli bilan ov qilib bo’lmas edi. Chunki bu hayvonlar mamontlar yoki na-soroglar kabi poda-poda bo’lib, lapanglab yurmas edilar. Arslon yoki koplon kabi hayvonlar ibtidoiy odamni yolgiz uchratsa odam yo’lbarsni emas balki, ylbars odamni o’zini ov qilib qo’yishi mumkin edi. Shuning uchun ham mezolit oda-malri ovni yangi usulini va yangi ov qurollarini kashf etishi kerak edi. Uzoq yillar davomida ortirilgan ajdod-larmizni tajribalarini yakuni sifatida yangi rv quroli paydo bo’ldi. Bu qurolni nomi o’q va yoy bo’ldi. O’q va yoyni paydo bo’lishi natijasida insoniyat xayotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Million yillar davomida ajdod-larimizning xujaligini asosini o’zlashtiruvchi xo’jalik tashkil qilgan bo’lsa, endi ular bu qoloq xo’jalikdan nis-batan progressiv bo’lgan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish imkoniga ega bo’ldilar. o’zlashtiuvchi xo’jalik deganda faqat tabiat in`omlari hisobiga yashashni tushuniladi. Tabiat in`omi deganda esa tabiatdagi yovvoyi o’simliklarni va ana shu tabiat qo’ynidagi hayvonlarni hamda iste`mol uchun yaroqli bo’lgan barcha jonztlarni tushuniladi. YUqoridagi-larni iste`mol qilish hisobiga yashagan ajdodlarimizni xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik deyiladi. Bunday o’zlashtiruvchi xo’jalik ya`ni, faqat tabiat in`omi hisobiga yashash butun paleolit davrida mezolit yodgorliklarini ko’pchiligida xatto neolitni ayrim qarorgoxlarida davom etib keldi. Avvalo shuni aytish kerakki o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish er sharining hamma joyida ham bir vaqtni o’zida sodir bo’lmadi. Ishlab chiqaruvchi xo’jdalik deyilganda odamlarni tabiat in`omlariga qaram bo’lib qolmay, balki iste`mol uchun max-sulotlarni o’zlari etishtirishlarini ya`ni, yovvoyi hayvon-larni xonakilashtirishni, yovvoyi o’simliklarni madaniy-lashtirib, o’zlari ekishlarini tushunmoqkerak. Agar ona aj-dodlarimiz million yillar davomida termachilik bilan shuғullanib ularni barcha xususiyatlarini o’rganib dehqon-chilikka asos solgan bo’lsalar, o’q va yoyni paydo bo’lishi bi-lan ota ajdodlarimiz yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish-ga asos soldilar. O’q va yoy tufayli bitta ovchini o’zi ovga chiqish imkoniga ega bo’ldi. U tez yurar tulki, arhar, kiyik kabi hayvonlarni ov qila olish imkoniga ega bo’ldi. Ba`zida ov baroridan kelib, bitta emas ikkita xatto uchta hayvonni ov qilish mumkin bo’lgan. Shular orasida yaralan-gan xolda tirik qo’lga tushgan o’ljalarni xonakilashtirib, boqish imkoniga ham ega bo’lgan. Natijada chorvachilik vu-judga kelgan. Shunday qilib, iste`mol uchun zaxiralar vu-judga keldi. Demak ajdodlarimiz o’zlashtiruvchi xo’jalik-dan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’ta boshlaganlar. Arxeolo gik izlanishlar Old Osiyo xududidagi mezolit yodgorliklari birinchilar qatorida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiq-aruvchi xo’jaliklarga o’tganliklarini ko’rsatadi. Ammo ularni hammasida bir vaqtda sodir bo’lmagan bir xillarida avval dehqonchilikka o’tilgan bo’lsa, boshqalarida avval chorvachilik paydo bo’lgan.
Shuni alohida aytish joizki nafaqat bizni Markaziy Osiyoda balki, sobiq Ittifoqni biron joyida dehqonchilik belgilarini ko’rsatuvchi mezolitga oid yodgorlik topilma-gan. Ammo Kabardin-Bolqor xududidagi mezolit yodgorlik-laridan birida o’ruvchi pichoq topilgan. Xuddi shuningdek o’rishga mo’ljallangan o’roq-pichoq bizning Uzbekistonimiz-dagi Surxondaryo viloyatini Machay ғoridan topilgan. Bu mehnat quroli hayvon qobirғasidan yasalgan bo’lib, qobirғa-ni bir yon tomonida uzunasiga mikrolitlarni qadash uchun rezets yordamida ariqcha shaklida yoriq xosil qilingan. Bu mehnat quroli bilan u yoki bu o’simlikni o’rishda foydala-nilgani aniq. Chunki bu qurolni ishlatish jarayonida erga ishqalangan tomoni silliqlashib, unda urish ishlarini ba-jarganligini tasdiqlovchi izlar qolgan. Ammo bu mehnat quroli bilan nima o’rgani hozircha noma`lum.
Machay ғoridan chiqqan topilmalarni o’rganish shuni ko’rsatdiki bu erda dexkochilik bo’lmagan, chorvachilik esa mavjud bo’lgan. Shuni ham aytish kerakki nisbatan janubiy rayonlar hisoblangan Қrim, Kavkaz, sharqiy va qisman shi-moliy Kaspiy bo’ylari, janubiy Ural xududlarda garchi plastinkalardan mehnat qurollari qilinsada, miklolitlar-dan ham keng foydalanilgan. Ural xududidagi qarorgoxlar-ni aksariyati UP-1U ming yillik bilan belgilanadi. Қuyi Tagilda mehnat kurollarini yasash bilan shuғullanuvchi us-taxona ochilgan. Ural mezolitining o’ziga xos xususiyatlari-dan biri mezolit yodgorliklaridan ovchilarni vaqtli yashash joylarini oz miqdordagi mehnat qurollari bilan birga to-pilishidir. Қrimda mezolitga oid bir necha unlab yodgorlik-lar topilgan. Ularning aksariyat ғorlarda joylashagn bo’lib, ular orasida ko’p qatlamlilari ham bor. Қrimdagi mezolit yodgorliklari ichida Shayton-Koba qarorgoxi o’ziga xosligi bilan boshqalaridan ajralkb turadi. Harakterlisi shundaki bu ғorni kiraverishida shamol va yoғingarchiliklar-dan saqlanish uchun yoғoch va toshlardan sun`iy to’siq xosil qilingan. Ғorning markazida toshdan qurilgan o’choq bo’lgan. Ovchilik ularni xujaligini asosini tashkil qilgan. Ov asosan yovvoyi cho’chqa va buғularga qilingan. Termachilikdan keng ravishda foydalanilgan. Baliqchilik juda sust bo’lgan. Sababi suv xavzalari qarorgoxdan ancha uzoq masofada joy-lashgan. Moldaviya xududidagi yodgorliklar asosan mezolitni oxirlariga to’ғri kelib, ulardan biri Soroki qarorgoxini yoshi radiokarbon yordamida 5,5 ming yil bilan belgilangan. Bu yodgorlikni xususiyati shundan iboratki bu erda hayvon-lar xonakilashtirilgan. Bular orasida yirik shoxli hay-vonlar ham bor.
Volga-Oks daryolarini oraliғida Belorusiya, Litva va bularga yaqin zonalarda janubga xos bo’lgan geometrik shak-larga ega bo’lgan mikrolitlar umuman yo’q. Bu joylardagi mehnat qurollarining barchasi butun plastinkalardan yasal-gan. estoniyadagi Kund madaniyatiga oid mezolit yodgorlik-larini xronologiyasi ham UN-1U ming yillik bilan belgi-lanadi. Kunda yodgorligini o’zi ko’l yoqasiga joylashagan bo’lib, bu erda vaqti-vaqti bilan yashaganlar. Bu erdagi to-pilgan ov qurollarining aksariyati baliqchilik bilan boғliq bo’lgan. Latviya xududidan ham mezolit davriga oid 150 dan ortiq qabrlar topilgan va o’rganilgan. Bu kabi qabrlar va yodgorliklar nisbatan shimolda joylashgan hamd-o’ustlik mamlakatlarni xududlarida ham ko’plab topilgan. Ammo ularni xronologiyasi UP-1U mingdan oshmaydi. Agar bu shimoliy rayonlardagi yodgorliklar bilan bizni Marka-ziy Osiyodagi yodgorliklarni qiyoslab o’rgansak, bizdagi me-zolit yodgorliklari ularga nisbatan 1,5 barobar qadimiy bo’lganliklarini guvoxi bo’lamiz.
Bizning Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri yod-gorliklarini ko’p jixatlari ayniqsa tosh industriyasi yaqin sharq mezolitga o’xshab ketadi. Shuning uchun ham O’rta Osiyo arxeologiyasi uchun tosh asri buyicha juda ulkan ishlarni qilgan zabardast olim, akademik A. P. Okladnikov daliliy ashyolariga suyangan xolda o’zini fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: »Xali yuqori paleslit davrida Evropada Solyut-reylar va Orin’yaklar yashagan bir paytda O’rta Osiyoda tosh asri madaniyatining taraqqiyoti Falastin va shimoliy Af-rika madaniyatiga juda yaqin bo’lgan yunalishda rivojlan-gan. Bu rivojlanish tez orada yuqori paleolitdan mezolit madaniyatiga o’sib etishga imkon bergan. Bu madaniyat janub-ga xos bo’lgan xususiyatlarni ifodalovchi segment trapetsiya shakliga ega bo’lgan mezolit qurollarini borligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xos madaniyat Kozoғistonning shimo-liy cho’llarida yashovchi Volgadan to Uralgacha bo’lgan xududlarga o’z ta`sirini ko’rsatgan». Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo yodgorliklaridan biri Djebel bo’lib, shu yodgorlik tufayli nafaqat mezolit balki neolit davriga mansub bo’lgan ko’p yodgorliklarni xronologiyasiga aniqlik kiritilgan. Bu yodgorlik 1947 yili A. P. Okladnikov tomonidan topilib, 1949 va 1950 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Djebel yodgorligida jami 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlanib, shundan 8 tasi asosiy, 2 tasi esa o’tish davrini aks ettiruvchi qatlamlar deb topilgan. Madaniy qatlamlardan jami 5345 ta tosh buyumlar topi'lib, ular orasida 31 xili mehnat qurollari sifatida ajratib olingan. Yodgorlikdagi 8,7 madaniy qatlamlar mezolitni oxiriga, 5 a, 5, 6lar esa mezolitdan neolitga o’tish davrini, 4 va 5ilk neolit davrini, 3si so’nggi neolitni, 2 va 1 ilk bronza asrini aski ettirishlarini aniqlagan. Bu yodgorlik har tomonlama mukammal o’rganilgan yodgorliklar qatoriga kiradi. eng muximi bu yodgorlikni mutloq yoshi radiokarbon usulida aniqlangan Djebel yodgorligini mukammal ravishda kelib chiqqan xulosa shuki, shu yodgorlik tufayli O’rta Osiyodagi mezolit va neolit yodgorliklarining xronologiyasi ularni davrlashtirish masalalari, madaniy jixatdan qaysi madaniyatga alokadorligi kabilarni aniqlashda Djebel muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham arxeologlar bu yodgorlikni boshqa yodgorliklarni aniqlash qiyin bo’lgan jixatlarini aniqlashda kalit rolini bajaruvchi katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlik deb atashadi.
Xuddi Djebel kabi mezolit davri ajdodlarimiz tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklardan yana biri Damdam chashmaP yodgorligidir. Bu yodgorlik katta Bolqon toғining Kaspiy dengiziga qaragan yonbaғridagi dara ғorlaridan birida joylashgan bo’lib, uni 196364 yillari arxeolog olim G. E. Markov tomonidan mukammal o’rganilgan. Ғordagi madaniy qatlamni qalinligi 3 m 20 sm dan 5 m gacha boradi. Jami madaniy qatlam maydonini 250 m2 to’la qazilib materikkacha etilgan. Hammasi bo’lib 9 ta xronologik jixatdan birbirlaridan farq qiluvchi madaniy qatlamlarni borligi aniqlangan. Bu qatlamlardan 609 ta loydan yasalgan idishlarni siniqlari va 11 mikgdan ortiq chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollari hamda ularni chiqindilari topilgan. eng muximi yodgorlikni 7qatlamidan geometrik shaklga ega bo’lgan tosh qurollar topilib, ularni yaqin sharqdagi yodgorliklarni va Djebeldagi tosh qurollar bilan solishtirilib, ular o’rtasidagi o’xshashlik alomatlarini borligi aniqlandi.
Ana shu qiyosiy o’rganishlarni natijalariga ko’ra DamdamchashmaI ni 9qatlami ilk mezolit davri bilan yoki yuqori paleolitni so’nggi bosqichi bilan, aniqroғi eramizdan avvalgi X ming yillikgacha bo’lgan davr bilan belgilandi. 9 qatlamdan keyingi 8, 7, 6, 5 qatlamlar esa ilk mezolitdan to so’nggi mezolitgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4qatlamni pastki qismini esa so’ngggi mezolit bilan aniroғi UPU1 ming yillik bilan belgilanadi. Demak, 8, 7, 6, 5 va 4 qatlamni pastki qismi XII ming yillikdan eramizgacha bo’lgan VI ming yillikni o’z ichiga oladi. 4madaniy qatlamni ustki qismi esa ilk va rivojlangan keramikali neolit davriga yoki eramizgacha bo’lgan U1U ming yillikka tegishli. 3 madaniy qatlamni qalinligi va undagi arxeologik materiallarni analizini yakuniga ko’ra, uni xronologik ramkasi IV ming yillikni oxiri va III ming yillikni ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. Bu davr arxeologik jixatdan eneolit va so’nggi neolitni o’z ichiga oladi. 2madaniy qatlami esa eramizgacha bilgan II ming yillikni ikkinchi yarmini o’rtalari bilan belgilanadi. Shunday qilib Djebeldan so’nggi ikkinchi kalit yodgorligi hisoblangan DamdamchashmaP yodgorligi o’z tarixida taraqqiyotning bir necha bosqichlarini ya`ni yuqori paleolitni oxiridan to bronzani oxirigacha bo’lgan davrlarni o’z boshidan kechirganini ko’rsatadi. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni birinchi bo’lib, mezolitni oxirlariga kelib Kaspiy bo’ylaridan avval echkilarni, so’ng qo’ylarni xonakilashtirilganlarini isbotlovchi arxeologik ma`lumotlarni berishidir. Bu demak million yillar davomida Markaziy Osiyoda ajdodlarimiz o’z xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik asosi. da yuritib kelgan bo’lsalar, endi mezolitni oxirlariga kelib, Markaziy Osiyoni hamma xududida bo’lmasada ayrim joylarida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tganlar deyishimizga asos beradi.
O’ziga xos xususiyatlari bilan Markaziy Osiyoni mezolit va neolit davri xaqida bizni tasavvurimizda chuqur iz qoldiruvchi yodgorliklardan yana biri bu Damdamchashma1 yodgorligi bo’lib, u Damdamchashma11 bilan deyarli yonma yon joylashgan. Ғorni kengligi qoyatosh ayvoni oldida 48 m, ichkari tomoni 14 m, balandligi esa 10 m, ammo uni ichki satxi DamdamchashmaP kabi yashash uchun uncha qulay bo’lmagan. Shuning uchun bo’lsa kerak uni madaniy qatlamlarini qalinliklari ham har xil. Lekin shunga qaramay bu yodgorlikda olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, undan topilgan arxeologik topilmalar juda katta tarixiy ahamiyatga ega ekan. eng muximi bu erdagi arxeologik materiallar shu ғorda yashagan ajdodlarimizni chetdan kelmaganini, balki shu erli yuqori paleolit odamlarining davomchilari ekanli-gani isboilab berdi. Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larning madaniyati shimoliy Iroqning mezolit davri madaniyatiga va janubiy Kaspiy bo’ylaridagi hamda janubiy-sharqiy erondagi mezo-lit, neolit davri madaniyatiga juda yaqinligini ko’rsatib, yuqoridagi akademik A. P. Okladnikovni fikrlarini to’ғri ekanlagini yana bir bor isbotladi. Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larda qazish ishlarini olib borgak arxeo-log G. E. Markovni taxminiga ko’ra, Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larni madaniyati sharqiy- janubiy Kaspiy bo’ylari, eronning maarkaziy viloyatlari va Iroqni shimo-li, tosh asrida bitta umumiy bir-biriga juda o’xshash mada-niyatga ega bo’lgan xududni tashkil etganlar. Shunday qilib, Dam-dam-chashma-1 yodgorligida olib borilgan arxeologik iz-lanishlar Dam-dam-chashma-P kabi bu erda ham mezolitni ik-kinchi yarmidan bronzani ilk davrigacha bo’lgan tosh indust-riyasini rivojlanish dinamikasini ko’rsatuvchi yodgorlik ekani aniqlandi. A. P. Okladnikov tomonidan topilgan va o’rganilgan navbatdagi mezolit yodgorligi o’zini ob- xavoni o’zgarishi tarixi bilan boғliq bo’lganligi va Kaspiy dengi-zini ta`sirini aks ettirgani bilan ko’pchilikni ehtiborini o’ziga jalb qilgan Kaylyu qarorgoxidir. Bu Kaylyu ғori ho-zirgi kunda ham Kaspiy dengiziga juda yaqin bo’lib, uni ma-daniy qatlamlari 4 m lik qalinlikka ega. Bu mezolitga oid madaniy qatlamlarni tagi Kaspiy dengizini harsangtoshla-ridan iboratdir.
A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra dengiz suvini to’lini o’z qirғoғidagi toғ jinsini vaqt o’tishi bilan emi-rib, ғorni vujudga keltirgan va oradan ko’p yillar o’tishi bilan dengizni o’zi qirғoqdan ancha chekingan. Shundan so’ng mezolit odamlari kelib bu ғorga joylashganlar. Hozirgi kunda dengiz bu qarorgoxdan 20 m pastga tomon siljigan. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni madaniy qatlamlarini juda yaxshi saqlanganligidir. Uchirindi va plastinkalar va ularni o’zaklar juda ko’plab topilgan. eng noyob topilmasi bu suyakdan maxsus yasalgan nina bo’lib, uni bir uchi o’tkirlangan, ikkinchisida esa ip o’tqazish uchun maxsus parmalanib, teshik xosil qilingan. Bunday usulda tayyorlangan ignani topilishi Markaziy Osiyo xududida yagona voqea bo’lgan edi. A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra Markaziy Osiyo xududida mezolit davrida kishni sovuq kunlarida ajdodlarimiz maxsus bichib tikilgan kiyimlarda yurishgan. Bu borada tulki, bo’ri, quyon kabilarni terilaridan keng foydalanganlar. Aks xolda yuqoridagi kabi maxsus tayyorlangan ignalar bizgacha etib kelmagan bo’lar edi. Kaylyu ғor yaqinidan ikkita go’rni topilishi va ularni o’rganilishi ularni mezolit va neolit davriga mansub ekanliklaridan dalolat beradi. Bu qabrlardan topilgan arxeologik materiallarni ahamiyatli tomonlari shundaki bular ajdodlarimizni diniy e`tikodalri, ko’mish marosimlari xaqida bizga ancha mukammal ma`lumotlar berdi. Murdalar ustiga kizil rang (oxra) lar sepilganligi uchun ularni suyaklari
bo’yalgan xolatda topilgan. Harakterli tomoni shundaki, qabrlardan bu ranglardan tashqari dengiz chiғanoqlaridan yasalgan juda ko’plab taqinchoqlar ham topildi. Bularning hammasi mezolitni oxiriga kelib, bizni Markaziy Osiyo xududimizda uruғlarni qabristoni vujudga kelganidan va bunday xolat ajdodlarimizda narigi dunyoga ishonish e`tiqodi ancha taraqqiy etishidan dalolat beradi. Ajdodlarimiz bu kizil ranglar qon urnini bosishiga va «hayotiy kuvvatga« ega bo’lishiga ishongan bo’lsalar ajab emas. Bu yodgorlikni o’rganilishi yana shuni ko’rsatdiki, bu qadimgi qabilalar biz uchun meros. qilib qoldirgan madaniyatlarni har biri, bir-birini ichidan o’sib chiqqan, chetdan keltirilmaganligini ko’rsatdi. Ammo bular eron va Iroqni shimolidagi qabililar bilan mustaxkam aloqada bo’lganlar. YUqoridagi yodgorliklarni barchasida uchirilgan plastinkalarni sifatlari yuqori darajada bo’lgan. Buning sababi A. P. Okladnikovni fikricha shu yodgorliklar joylashgan xududda chaqmoqtosh zaxiralarini ko’pligi va ularni sifatini yuqori darajada ekanligidir. Bunday fikrni to’ғriligini, bu borada juda ko’plab tajribalar o’tkazgan arxeologlarni iz-lanish natijalari ham to’la tasdiqlaydi. Faqat sifatli xom ashyolardangina sifatli mehnat qurollarini yasash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |