457
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1.
Судакова А.Е. Финансовая грамотность: теоретическое осмысление и
практическое исследование // Финансы и кредит, 2017, т. 23, вып. 26, стр.
1563-1582.
2.
Улуғмуродов Д. Молиявий саводхонлик нима? - http://old.xs.uz/
index.php/homepage/zhamiyat/item/10461-moliyavij-savodkhonlik-nima
3.
Капитал бозорини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида
ПФ-6207. 13.04.2021
BUXGALTERIYA HISOBI FUNKSIYALARI AUTSORSINGI:
AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
I.R. Davletov,
TDAU, dotsent, i.f.f.d. (PhD)
D.I. Jamoliddinova,
TDAU, talaba
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror
faoliyat yuritishida moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini to‘g‘ri
tashkil qilinishi, yuritilishi hamda moliyaviy hisobot ma’lumotlarning to‘g‘ri va
aniq aks ettirilishi muhim ahamiyatga ega.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi va hisobot tizimining
tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va
hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining 11-
moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobi subyekti rahbari “buxgalteriya hisobini
yuritishni
ixtisoslashtirilgan
tashkilotga
(auditorlik
tashkilotlari,
soliq
maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha
xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash”
huquqiga ega
1
.
Oddiy qilib aytganda, autsorsing – kompaniyangiz funktsiyalarining bir
qismini tashqi ijrochi – buxgalteriya hisobini yuritishga ixtisoslashgan chet
tashkilotga topshirish. Bunday kompaniyalar shtatida soliqlar va buxgalteriya
hisobi bo‘yicha mutaxassislar bo‘lib, ular korxonangiz uchun hisob siyosatini
o‘zlari ishlab chiqadilar.
Mohiyatan olganda, autsorsing – uzoq muddatli tusga ega bo‘lgan xizmatlarni
ko‘rsatish shartnomasi. Ijrochi xizmat ko‘rsatilayotgan kompaniyaning
buxgalteriya hisobi uchun uning rahbariyati bilan tengma-teng javobgar bo‘lib,
soliq organida uning manfaatlarini himoya qilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi xizmatlari autsorsingi – bu korxonada sodir bo‘luvchi
ayrim jarayonlarni shu sohaga ixtisoslashgan tashqi korxonaga taqdim etishdir.
1
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни. Қонунчилик Палатаси
томонидан 2016 йил 3 мартда қабул қилинган, Сенат томонидан 2016 йил 31 мартда маъқулланган.
https://lex.uz/acts/2931253
Do'stlaringiz bilan baham: |