478
Yuqoridagi fikrimizning davomi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va
tashkilotlar soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 419,5 mingtani tashkil etib, ulardan
398,1 mingtasi yoki 94,9 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. Davlat statistika qo‘mitasiga
ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 80,5 mingtaga
yoki 23,7 foizga oshgan. 2020 yil 1 yanvar holatiga 337,1 mingta tijorat shaklidagi
korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy
korxonalar - 83,6 mingta, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga oshdi,
oilaviy korxonalar - 27,5 mingta, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77,4 foizga
oshdi, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar -219,4 mingtaga yetib, o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 28,9 foizga oshgan.
2019 yilning yanvar- dekabr oylarida 96,7 mingta korxonalar va tashkilotlar
yangi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga
ko‘pdir. Shundan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 60,8 mingta, xususiy
korxonalar - 18,6 mingta, oilaviy korxonalar - 13,2 mingta, muassasalar - 2,8
mingta va boshqalar - 1,3 mingtani tashkil etdi. 2020 yil 1 yanvar holatiga sanoat
korxonalari va tashkilotlari soni 70,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos
davriga nisbatan 24,1 foizga oshdi.
Jami sanoat korxonalar va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili bo‘lib
(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan), ishlab chiqaradigan (qayta ishlash)
sanoatida - 24,4 foizga (jami sanoatdagi ulushi 94,6 foiz), tog‘-kon sanoati va
ochiq konlarni ishlash - 29,5 foizga (jami sanoatdagi ulushi 3,3 foiz), elektr, gaz,
bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash - 19,8 foizga (jami sanoatdagi
ulushi 0,5 foiz) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni
utilizatsiya qilish - 05,0 foizga (jami sanoatdagi ulushi 1,6 foiz) o‘sishidir.
2020 yil 1 yanvar holatiga qurilish sohasida korxonalar va tashkilotlar soni
36,2 ming tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga oshdi.
Jami qurilish sohasidagi korxonalar va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy
omili bo‘lib, binolar va inshootlar qurishda o‘tgan yilga nisbatan 25,1 foizga (jami
qurilishdagi ulushi 60,8 foiz), fuqarolik obektlarini qurish - 12,1 foizga (jami
qurilishdagi ulushi 8,6 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 26,6 foizga (jami
qurilishdagi ulushi 30,6 foiz) o‘sishidir.
Yuqoridagi korxonalarimiz tashkil etilishi va ularda boshqaruvni to’gri tashkil
etilganligi uchun ham yurtimizda xo’jalik yurituvchi korxonalar soni va salmog’i
o’sayotganini kop’rishimiz mumkin. Bu yutuqlarimiz davomida esa har bir rahbar
kamida bir marta sezgi sezgirligiga tayanib, muhim boshqaruv qarorini "koʼr-
koʼrona" qabul qilishga majbur boʼlgan vaziyatga duch keldi. Har bir xo’jalik
yurituvchi korxonalar qachondir bo’lsa ham mavjud muammolarga duch kelib
turishadi. Korxona rahbarlari vaqti-vaqti bilan kompaniyaning rentabelligi
muammosiga duch keladi va oʼzi uchun savol tugʼdiradi: bu foyda bormi va uni
davom yettirish kerakmi? Ularga javob topish uchun u tovarlarning tannarxi va
sotish narxini shakllantirish, byudjetni rejalashtirish, javobgarlik markazlarini
aniqlash, tashqi muhitni tahlil qilish va tashkilotni toʼliq va oshkora nazorat
qilishni taʼminlashga moʼljallangan koʼplab boshqa vazifalar bilan shugʼullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |