O`zbekiston Respublikasi qishloq joylarida mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari
Qishloq xo`jaligi yaqin va kelajakda oziq – ovqat mahsulotlart yetishtirishning asosiy manbasi bo`lganligi uchungina emas, balki quyidagi holatlar uchun ham agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadi:
Birinchidan, qishloq xo`jaligi sanoatining ishlab chiqarish vositalri ishlab chiqaruvchi tarmoqlari mahsulotlariga talabning asosini belgilaydi. Sanoatning bu tarmoqlarini rivojlantirish yo`nalishlarni, shuningdek, sanoat mahsulotlarining sifati, hossalari qanday bo`lishini belgilab beradi, ba`zan esa sanoat korxonalarning joylashuviga ham katta ta`sir o`tkazadi:
Ikkinchidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari tarkibi va joylashuvi ularni tayyorlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning rivojlanishni belgilaydi. Qio`loq xo`jaligi mahsulotlarining turlarga qarab, ularni tayyorlovchi va qayta ishlovchi korxonalar o`zlarining quvvatini tashkil etadi. Qishloq xo`jaligi sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlari joylashuviga ham ta`sir ko`rsatadi.
Uchinchidan, sanoatda yaratilayotgan ishlab chiqarish vositalarining samardorligi qishloq xo`jaligida yuzaga chiqadi.
Jaxon davlatlari o`rtasida yuz beradigan keskin raqobat sharoitida mamlakat iqtisodiyotining bardoshli bo`lishi va yanada rivojlanishi ma`lum darajada ushbu tarmoqqa bog`liq bo`ladi. Qishloq xo`jaligi o`ziga aloqador barcha sanoat tarmoqlariga rivojlanish uchun qaysidir ma`noda kompas rolini o`ynaydi:
To`rtinchidan, qishloq xo`jaligidagi mehnat unimdorligi butun agrosanoat majmuasi tarmoqlarining samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Agarda qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligi yuqori bo`lsa, agrosanoat majmuasi oxirgi mahsulotining arzon bo`lishi ta`minlanadi. Bu mamlakat iqtisodiyotini kuchaytiradi, aholining turmush darajasini oshiradi. Chunki aholida daromadining katta bir qismini o`z komilligini oshirish yo`lida sarflash imkoniyati ko`payadi;
Beshinchidan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxi agrosanoat majmuasining oxirgi mahsulotlari tannarxi past bo`lishiga olib keladi. Bu, o`z navbatida, narxning past bo`lishini ta`minlaydi. Binobarin, kuchli raqobat sharoitida arzon maxsulot ishlab chiqarish hal qiluvchi ahamiyatga ega;
Oltinchidan, agrosanoat majmuasi oxirgi tayyor mahsulotining sifati qanday bo`lishi qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulot sifati bilan belgilanadi, desak xato bo`lmaydi. Albatta, tayyorlash va qayta ishlash jarayonida sifatli mahsulotning sifatini buzush mumkin, lekin o`zi sifatsiz bo`lgan qishloq xo`jaligi mahsulotidan sifatli sanoat mahsuloti ishlab chiqarish amrimahol. To`g`ri, tayyorlash va qayta ishlash jarayonida ayrim biologik ishlovlar berish, turli vitamin va mineral tuzlar qo`shish evaziga qishloq xo`jaligi mahsulotlarining dastlabki sifatini yaxshilash mumkin. Lekin bu yaxshilanish hal qiluvchi kuchga ega emas. Axir, faqatgina sifatli materialdan sifatli mahsulot olish mumkin.
Yettinchidan, aynan qishloq xo`jaligini sanoatlashtirish (industrlash) jarayoni agrosanoat integratsiyasini kuchaytiradi. Bunda qishloq xo`jaligi va sanoat yanada yaqinlashadi. Bu esa fan, texnika taraqqiyotini tezlashtiruvchi asosiy omillardan biridir.
O`zbekiston qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish shirkatlar, fermer va dehqon xo`jaliklari shakllarida tashkil etilmoqda.
|
Shirkat xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
|
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi doimiy ravishda rivojlanib, chuqur islohotlar sharoitida yashab kelayotgan tarmoqlardan biridir. Islohotlarning biri yo`nalishi tarmoqni boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan eng maqbullarini joriy etishdir. Respublika qishloq xo`jaligini 1997 yilga qadar O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi boshqaradi. Bu davrga kelib qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining natijalari ko`p jihatidan suv resurslari va ulardan foydalanishga bog`liq bo`lganligi, suv resurslardan foydalanish esa boshqa vazirlik ixtiyorida ekanligi ma`lum muammolarini vujudga keltirdi. Natijada 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi vujudga keldi. 2001 yilning 1 yanvariga kelib uning tarkibida 2018 ta qishloq xo`jaligi korxonasi faoliyat ko`rsatadi. Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi qoshida 125 ta qorako`lchilik xo`jaliklarini birlashtirgan “O`zbekqorako`l” kompaniyasi, 51 ta parrandachilik fabrikasi bor “O`Zparrandasanoat” uyushmasi, 18 ta xo`jaligi bor “O`zsabzavoturug`i” birlashmasi, 46 ta xo`jalikdan iborat “Asal” asalarichilik uyuishmasi,84 ta xo`jaligi bor. Qishloq xo`jaligi ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi va 3 ta xo`jaligi bor Irrigatsiya O`rtaosiyo ilmiy – tekshirish institut faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirda yirik qishloq xo`jaligi korxonalari, ya`ni shirkatlar jami qishloq xo`jaligi mahsulotining 32 foizga yaqinini yetishtirmoqdalar.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash bilan “O`zmevasabzavotuzumsanoat xolding” kompaniyasi ham shug`ullanadi. Uning tarkibiga meva, uzum, sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslangan 89 ta qishloq xo`jaligi korxonasi va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi ko`plab sanoat korxonalari kiritilgan.
“O`zgo`shtsutsanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga chorva mollarini boqishga ixtisoslashgan 110 ta korxonalar kiradi.
O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi mahsulotlari davlat va asosan nodavlat sektorida yetishtiriladi. Mustaqillik yillarida yetishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlar miqdorida davlat ulushi kamayi, nodavlat sektor hissasga oshdi. Hozirda davlat sektorida faqatgina urug`chilik bilan shug`ullanadigan 47 ta korxona qolgan. Ularning ishlab chiqarishdagi ulushi 2002 yilda 0,9 foizni tashkil etdi. Qolgan 99,1 foiz mahsulot nodavlat sektorda ishlab chiqariladi.
1998 yildan boshlab eski kolxoz va davlat xo`jaliklari shirkat xo`jaliklari shaklda tashkil etila boshlandi. Shirkatlar yirik qishloq xo`jaligi korxonalari bo`lib, 2001 yilda ularning o`rtacha ekin maydoni 1233 gektarni tashkil etdi. Ular o`rtacha 94 gektardan bog` va 64 gektardan uzumzorlarga ega, mamlakatda yetishtirilgan paxtaning 60, tamakining 66, qand lavlagining 88, boshqli donning 49, mevaning 26, va uzumning 43 foizini berdi. Shirkatlar aksiyadorlik jamiyatlarining o`ziga xos bir ko`rinishi sifatida vujudga keltirildi. Ularda xo`jalikning mol – mulklari unga a`zo bo`lganlarga mulkiy pay ulushi ko`rinishida taqsimlanib berilgan. Bu ulushning egasi xo`jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan daromaddan (foydadan) bir qismini oladi. Shirkat xo`jaliklarining faoliyati “Qishloq xo`jalik kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan hamda shirkat Nizomi asosida yuritiladi. Shirkat xo`jaliklarida mehnatni tashkil etish oila pudrati shaklida, amalga oshiriladi. Uning asosida shirkat bilan oila o`rtasida tuziladigan oila pudrati shartnomasi yotadi. Shirkatlar ustav jamg`armalariga ega bo`ladilar. Ularning ustav jamg`armasi pay jamg`armasi va bo`linmas jamg`armadan iborat bo`ladi. Shirkatga a`zolik ixtiyoriydir. 16 yoshga kirgan fuqaro ixtiyoriy ravishda unga a`zolikka kirishi mumkin Shirkat xo`jaligining yuqori boshqaruv organi umumiy qaruvini va taftish komissiyasini saylaydi va shirkatni joriy boshqarish bo`yicha o`z vakolatini ularga beradi.
Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalari orasida fermer xo`jaliklari ham salmoqli o`rinni egallaydi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq fermer xo`jaliklariga istiqbolli yo`nalish sivatida e`tibor berildi. Rahbarlar, mutaxassislar va olimlar bu xo`jaliklarning rivojlanishga tabiiy sharoit yaratib berdilar. Natijada fermer xo`jaliklari tarixan qisqa davrda qishloq xo`jaligida o`z faoliyatini olib boishga haqli ishlab chiqarish shakllaridan biri ekanligini isbot qildi. 2001 yilning 1 yanvariga 52228 ta fermer xo`jaligi mavjud bo`lib, ularga 1038,1 ming gektar yer biriktirilgandi. Fermer xo`jaliklarida 366,7 ming kishi mehnat qildi. 2003 yilning 1 yanvariga kelib ularning soni 72406 tani tashkil etdi. Shundan 63497 tasi dehqonchilik, 6150 tasi chorvachilik, 2759 tasi bog`dorchilik va boshqa sohalarda tashkil etilgan. Ularning umumiy yer maydoni 1591,7 ming gektar, o`rtacha bir fermer xo`jaligining yer maydoni 22 gektar. Fermer xo`jaliklarida 1477,2 ming tonna don, 937 ming tonna paxta, 28,4 ming tonna kartoshka, 213,1 ming tonna sabzavot, 76,3 ming tonna poliz, 56,1 ming tonna meva, 31,5 ming tonna uzum, 81,7 ming tonna sut, 272,4 ming tonna go`sht (tirik vaznda), 265,6 ming dona tuxum va 9,0 tonna jun mahsulotlari yetishtirildi. 2002 yilda fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 9,9 foizni tashkil etdi.
Fermer xo`jaliklari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Fermer xo`jaliklari to`g`risida”gi qonuni va o`z nizomi asosida yuritadi. Fermer xo`jaliklari ustun darajada ularni tashkil etish imkoni katta zonalarda ko`proq rivojlantiriladi. YA`ni yer maydonlari yetarli, mehnat resurslari juda ko`p bo`lmagan yerlarda, zahira yerlarda ko`proq tashkil etiladi. Ular davlat yerlarida faoliyat ko`rsatadilar. Fermer xo`jaliklariga yer 50 yilgacha, ammo 30 yildan kam bo`lmagan muddatga beriladi.
Dehqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalarining yana bir shakli dehqon xo`jaliklaridir. Dehqon xo`jaliklari aholining mustaqillikka qadar mavjud bo`lgan shaxsiy tomarqa xo`jaliklari rivojlanishi natijasida ularning o`rniga vujudga keldi. Ular 1990 – 2000 yillar davomida 2,3 mln.tadan 3,3 mln.taga yetdi. Yangi vujudga kelgan dehqonxo`jaliklari ixtiyoridagi sug`oriladigan yer 0,35 gektarni tashkil etdi. Oldin aholining shaxsiy tomorqa uchastkalari aksariyat holda 0,08 gektardan oshmas edi. 2001 yilning 1 yanvariga bo`lgan ma`lumotga qaraganda, mamlakatda 3322606 ta dehqon xo`jaligi bo`lib, ular 522592 gektar yerga ega. Shulardan, 1798401 tasi dehqon xo`jaligi sifatida qayta ro`yxatdan o`tdi, 800 mingdan ziyodi yuridik shaxs sifatida shakllandi.
Dehqon xo`jaliklari 2002 yilda 1973,4 ming tonna sabzovot (respublikada yetishtirilgan jami sabzavotning 74,8 foizi), 583,9 ming tonna kartoshka (80%), 292,7 ming tonna poliz (64%), 498,8 ming tonna mnva (62,6%), 219 ming tonna uzum (35%), 766,4 ming tonna go`sht (91,1%), 3402,7 ming tonna sut (90,2%) va 751,8 mln. dona tuxum (60%) yetishtirdi. Shu yili dehqon xo`jaliklari mamlakatda yaratilgan qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 66 foizini, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarining 43,4 chorvachilik mahsulotlarining 89 foizini ishlab chiqardi.
Dehqon xo`jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda. Dehqon xo`jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi mumkin. Yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo`jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy ravishda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasiga badallar to`lab borishlari mumkin. Shunday hollarda Pensiya jamg`armasining tuman bo`limlarida ularga mehnat daftarchasi belgilangan tartibda yuritiladi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lumki, joriy yil 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida 5 iyuldan 5 sentyabrga qadar “Hosilga-hosil qo‘shish dolzarb ikki oyligi” e’lon qilingan edi. Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘tgan vaqt mobaynida g‘o‘za rivojining kechikishi bartaraf etilmagani,g‘o‘za rivoji hali ham 8-10, ba’zi joylarda 12-15 kunga orqada qolayotgani ta’kidlandi. O‘tgan yilning shu davrida bir tup g‘o‘zada o‘rtacha 5-7 ko‘sak shakllangan bo‘lsa, bugun 3-5 tadan oshmaydi.
Bunday holat yuzaga kelishining asosiy sababi iyun-iyul oylarida joylardagi hokimlar, sektorlar rahbarlari, ayniqsa, fermerlar g‘alla o‘rim-yig‘imi va takroriy ekin ekishni bahona qilib, g‘o‘za parvarishini o‘z holiga tashlab qo‘yganida, dedi davlatimiz rahbari. G‘o‘zani chanqatmay, qator oralariga ishlov berish va suvdan samarali foydalanish ishlari ham ko‘ngildagidek tashkil etilmagan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aksariyat dalalarda na kultivator, na suvchi va na biror ishchi ko‘rinmaydi. Hatto ayrim tumanlarda paxta o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Ko‘plab maydonlarda g‘o‘za chanqab yotibdi, bu esa hosil yo‘qotilishiga olib kelmoqda.
Respublika ishchi guruhlari ma’lumotiga ko‘ra, g‘o‘za qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari mutlaqo talabga javob bermaydi. Qator tumanlarda traktorlar boshqa ishlarga jalb qilingani oqibatida kultivatsiya kechikib, g‘o‘za qator oralari yorilish darajasiga kelgan. “Mexanizatorlar uylari”da sharoit yo‘qligi, “otryad” va “naryad” tizimi ishlamagani oqibatida kultivatorlarning 45-50 foizidan yetarlicha foydalanilmayapti.
Qishloq xo‘jaligidagi vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Zarbdor, G‘uzor, Bag‘dod va Uychi tumanlari to‘rtala sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, g‘o‘zani chanqatmay, qator oralariga ishlov berish, kultivatorlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Bu yil noqulay ob-havo tufayli g‘o‘za zararkunandasi va hasharotlar ko‘paydi. Olimlarning aniqlashicha, ko‘sak qurti kapalagining qishlovdan sog‘lom chiqish darajasi 76 foizni tashkil etayapti. Bu oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Aslida, bu raqamning 50 foizga yetishi favqulodda holat sifatida baholanadi. Bu yil esa hasharot 1,5 barobar ko‘p. Bu muammo har bir mas’ul rahbardan tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, fermerlardan shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirishni talab etadi.
Soha olimlari bu yil 460 ming gektarda o‘rgimchak-kana, 390 ming gektarda ko‘sak qurti va 42 ming gektarda beda qandalasi tarqalishi to‘g‘risida prognoz bermoqda. Shu sababli Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti rahbarlari boshchiligida 127 nafar olim viloyatlarga yuborildi. G‘o‘zani zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishga byudjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratildi. Lekin ayrim sektor rahbarlari hali ham beparvo yuribdi. Minglab gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazildi, deb hisobot berilgan bo‘lsa-da, amalda kutilgan natijaga erishilmagan. Ya’ni, ishlov sifatsiz va nomiga o‘tkazilgan. Oqibatda ayrim viloyatlarda ko‘sak qurti 4-5 ming gektardagi g‘o‘zaga zarar yetkazgan. Yana 8-10 ming gektar maydon xavf ostida turibdi.
G‘o‘za rivojiga sug‘orish ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmagani ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sektor rahbarlari va suv xo‘jaligi xodimlari suvni adolatli taqsimlash bilan yetarlicha shug‘ullanmayapti. Masalan, muayyan tumanga yetkazib berilgan suvning 50-60 foizi takroriy va tomorqa ekinlarini sug‘orishga yo‘naltirilyapti. Suvdan maqsadli foydalanilmagani, yetarlicha suvchi jalb qilinmagani, tungi sug‘orish ishlari tashkil etilmagani oqibatida ayrim tumanlarning 10-15 foiz maydonida g‘o‘za chanqatib qo‘yilgan. G‘o‘zani sharbat usulida sug‘orish bo‘yicha aniq topshiriq berilgan bo‘lishiga qaramay, ayrim tumanlarda 60-65 foiz maydonga suvning o‘zi haydalmoqda. Shu munosabat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi va Davlat veterinariya qo‘mitasiga o‘z tizimidagi xodimlarni dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarish va g‘o‘zani sharbat bilan sug‘orish ishlariga jalb qilib, fermer xo‘jaliklariga biriktirish vazifasi topshirildi. Suvdan samarasiz foydalangan sektor rahbarlari va fermerlarga nisbatan chora ko‘riladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Qayumov F. Q. Effektivnost APK v usloviyax perexoda k rinku: Obshiye i regionalniye problemi. – M.: IPO «Poligran»,2012.
Serova YE. V. Agrarnaya ekonomika: Uchebnik dlya studentov ekonomicheskix vuzov, fakultetov i spetsialnostey. – M.: GU VSHE,2015.
Uzbekistan: desyat let po puti formirovaniya rinochnoy ekonomiki Koll. Avt.: R. A. Alimov, A. K. Bedrinsev, A. F. Rasulov i dr.// Pod red. A.X. Xikmatova. – T.: O`zbekiston, 2011.- 352 b.
Xakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M.S. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. – (O`quv qo`llanma) T., TDIU, 2014.-160 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Berkinov B.B., Xakimov R., Yusupov M.S., Oripov M.A., O`roqov N.I. - Dehqon va fermer xo`jaliklari iqtisodi – (O`quv qo`llanma) –T.: TDIU, 2015. – 176 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Tursunxo`jayev T.L., To`raxo`jayev T.I., Hakimov R.X., O`roqov N.I, Aripov I.M. -Jahon qishloq xo`jaligi. – (O`quv qo`llanma) – T.: TDIU, 2014. – 128 b.
Abdug`aniyev A., Abdug`aniyev A.A. – Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti – (darslik). – T.: TDIU, 2014. – 304 b.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |