2. Yerning resurs sifatidagi oʻziga xosligi.
Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish, yer ijarasi va yer solig’i munosabatlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan.
Agar 1998 yilda qabul qilingan “ Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunga muvofiq, “Fuqarolarga fermer xo’jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari 50 yilgacha bo’lgan, lekin 10 yildan kam bo’lmagan muddatga ijaraga berilishi” ko’zda tutilgan bo’lsa, 2004 yilda yangi tarirda qabul qilingan “ Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunga muvofiq, “Fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo’lgan, lekin 30 yildan kam bo’lmagan muddatga biriktirilishi” belgilib berildi.
O’tkazilgan yer isloxatlari natijasida;
-2004 yildan boshlab barcha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli joriy qilindi;
-Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga yer uchastkalari faqat faqat tuman xokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo’yildi;
-O’z mablag’i xisobidan yer maydonlarini o’zlashtirishni rag’batlantirish tizimi belgilab berildi;
-Er ijarasi xuquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi.
O’zbekiston Respuplikasi Preztdentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Erlarning meliorativ xolatini yaxshilash tizimni tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi Farmoniga binoan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish, melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish asosida qishloq ho’jaligi ishlab chiqarishni barqaror sur’atlar bilan rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilandi.
Mazkur farmonga muvofiq sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashga qaratilgan irrigatsiya, melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirishga dailat byudjetidan mablag’lar ajratilmoqda. Yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirish tizimini shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash jamg’armasining tashkil etilishi muxim axamiyatga ega bo’ldi. Mazkur jamg’armaning mablari xisobidan 2021 yilga mo’ljallangan markazlashgan kapital qo’yilmalar limitida yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadlari uchun jami 92 976 million so’m ajratilishi ko’zda tutilgan.
2021 yilda yirik investitsiya loyixalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va kommunikatsiya ob’ektlari, qishloq xo’jaligi xamda meliorativ qurilishni rivojlantirish bilan bir qatorda ijtimoiy soxani yangi bosqichga ko’tarish masalalari xukumatimizning diqqat markazida buldi.
Sug’oriladigan yerlarning suv ta’minoti va meliorativ xolatini yaxshilash bo’yicha 2020, 2021 yillar davomida jami 801,5 million AQSH dollari qiymatidagi 21 ta loyixa amalga oshrilib, shundan chet el investitsiyalari xisobidan kiritilgan mablag’ 560,4 million AQSH dollarini tashkil qildi. Jumladan, 2020 yilda jami 36,9 million AQSH dollari qiymatidagi 12 ta, 2012 yilda esa jami qiymati 62,25 million AQSH dollari bo’lgan 9 ta investitsion loyixa asosida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ xolatini yaxshilash bo’yicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi.
2021 yilda sug’oriladigan yerlarning suv ta’minoti va meliorativ xolatini yaxshilashga 150 milliard so’m mablag’ sarflandi va ularning qaytarilishi byudjet tomonidan kafolatlandi.
Provard natijada yerlarning unumdorligi, paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlarining xosildorligini sezilarli darajada oshishga olib keldi. Jumladan, paxta xosildorligi 2003 yilga nisbatan 4,9 tsentnerga, g’alla xosildorligi esa 9,5 tsentnerga ko’paydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi “Xosildorligi past yerlardan davlat extiyoji uchun qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirayotgan fermer xo’jaliklarini qo’llab quvatlash chora tadbirlari to’g’risida” gi PQ 725 sonli qarorida fermer xo’jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish, ularga samarali amaliy davlat madadini ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida xosildorligi past bo’lgan yerlarda davlat extiyojlari uchun qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab quvatlash uchun maqsadli mablag’lar ajratish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xar yili Davlat byudjeti loyixasini shakllantirishda mazbur maqsadlarga yer solig’i bo’yicha tushumlar xisobidan mablag’lar ajratish vasifasi belgilab berilgan edi. Mazkur qarorga muvofiq ball boniteti past yerlarda davlat extiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish bilan shug’illanayotgan fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab quvatlash uchun 2020 yilda 180 milliard so’m, 2021 yilda esa 130 milliard so’m mablag’ ajratildi.
Masalan; Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, shuningdek Markaziy Farg’ona xududi va Qoraqalpog’iston Respublikasida irrigatsiya xamda melioratsiya inshoatlarini qayta tiklash uchun 2021 yilda xalkaro moliya institutlarining 62 million dollardan ziyod mablag’lari jalb qilindi va o’zlashtirildi.
Amalga oshirilgan anashunday keng miqyosdagi ishlar natijasida 260 ming gektar sug’oriladigan yerning meliorativ xolati yaxshilandi va bu qishloq xo’jaligi ekinlari xosildorligini fermer xamda dexqon xo’jaliklarining daromadini oshirish uchun mustaxkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda.
Davlatimiz tomonidan suv xo’jaligi tizimlarini ekspluatatsiya qilish, yerlarning xolatini yaxshilash, suv xo’jaligi inshoatlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, yerlarning suv ta’minotini oshirish xamda suv bilan kafolatli ta’minlash ishlariga katta e’tibor qaratish 2004, 2010 yillar davomida ushbu tadbirlarga qariyb 5 trillion so’m mablag’ yo’naltirildi.
Agrar tarmoqda suvdan samarali foydalanish borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Jumladan;
Irrigatsiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy xududiy tamoyilidan xavza tamoiliga o’tildi;
Mamlakatimiz bo’yicha 10 ta irrigatsiya tizimi xavza boshqarmasi va Farg’ona vodiysi bo’yicha birlashtirilgan dispecherlik markaziga ega bo’lgan 1 ta magistral kanallari tizim boshqarmasi tashkil etildi;
Fermer xo’jaliklariga suvdan foydalanishni samarali yo’lga qo’yish va bu borada xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari tashkil etildi.
SHu jihatidan mamlakatda yer, suv, mehnat va boshqa resurslardan foydalanishning eng samarali yo’llarini topish, fan, texnika va texnologiyaning eng ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarish qo’llash orqali qishloq xo’jalik mahsulotlar yetishtirishda ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, assortimentini yaxshilash agrosanoat majmuasining bosh vazifalaridan biridir . Agarda yer yuzi aholisining 2 mlrd.ga yaqini ochlik va ichimlik suv tanqisligi sharoitda yashayotganini xisobga olsak, bu muammo yanada keskinligi ayonlashadi.
Oxirgi yillarda dunyoda sezilayotgan suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan unumli va tejab-tergab foydalanish davr talabiga aylanmoqda. Respublikamizda mavjud suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishga 92 foizi sarflanadi.
Lekin mamlakatimizga 90 foiz atrofida suv resurslarini qo’shni respublikalar Tojikiston va Kirg’iziston hududlaridan kirib keladi. Suv resurslari taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda, ayniqsa O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi asosan sug’orma dehqonchilikka asoslanganligi sababli bu muammo juda sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. SHu sababli, mamlakatimizda yer va suv resurslariga davlat mulkchiligi joriy etilgan va xususiy mulk sifatida taqsimlash huquqi berilmagan hamda yer-suv resurslari davlat tomonidan nazorat qilinadi va himoyalanadi.
Respublikada qishloq xo’jaligi korxonalarini suv resurslari bilan ta’minlash va ularda suv resurslaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish uchun Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi tashkil etilgandi va hozirda Suvdan foydalanuvchilar ittifoqi deb yuritilmoqda. Bu ittifoqning tashkil etilishi natijasida qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori, sarfi va undan oqilona foydalanishni nazorat qilish imkoniyati bir muncha yaratildi.
Ammo bu ham suv resurslari tanqisligi muammosini hal etmaydi, shuning uchun endilikda qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda jahonda mavjud suv tejovchi texnologiyalarni o’rganish va uni mamlakatimizga joriy etishni taqozo etmoqda.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda sug’orishning yer ustidan sug’orish, yomg’irlatib sug’orish, tuproq ichidan sug’orish, tomchilatib sug’orish, sizot suvlari sathini ko’tarib (subirrigatsiya) sug’orish, tuman hosil qilib sug’orish (dispers sug’orish usuli) kabi usullari mavjud.
Bizning respublikada qishloq xo’jaligida ekinlarni sug’orishning asosan yer ustidan sug’orish usullaridan, ya’ni egatlab va egat oralab sug’orish usullaridan foydalaniladi. Rivojlangan hamda suv resurslari tanqis bo’lgan mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda tomchilatib sug’orish hamda yomg’irlatib sug’orish usullaridan foydalanilmoqda. Ekinlarni sug’orishda tomchilatib sug’orish texnologiyasida suv resurslarini eng tejovchi texnologiya sifatida qaralmoqda.
Qishloq xo’jalik ekinlarini, ayniqsa bog’dorchilik va sabzavot ekinlarini yetishtirishning intensiv texnologiyalarida ya’ni hosilning kattaligi va sifati namlik va oziqlanish rejimini aniqligiga bog’liq bo’lgan sharoitlarda tomchilatib sug’orish tizimlarini qo’llash juda yaxshi samara beradi.
Suv tejash samarasi asosan suvdan foydalanish koeffitsientini oshirishda ko’rinadi. Rivojlangan mamlakatlarda oxirgi vaqtda suv tejovchi texnologiyalardan yomg’irlatib va tomchilatib sug’orish usullari keng qo’llanilmoqda. Mazkur mamlakatlar tajribalari ko’rsatishicha sug’orishning yomg’irlatib usuli qo’llanilganda an’anaviy egatlab sug’orish usuliga nisbatan sug’orishning har xil rejimlari va yerni tekis namlanishi ta’minlanadi. Sug’orish vaqti esa kamaygan holda suvni oqovaga chiqib ketishi yo’qotiladi hamda chuqur shimilishi kamayib suvni tejash imkoniyatini yaratadi. An’anaviy usulga nisbatan bu usul suv sarfini ikki barobarga tejash imkoniyatini beradi.
Tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish esa qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi talablariga to’liq mos keladi. CHunki, tomchilatib sug’orish tizimlarini joriy qilish orqali an’anaviy egatlab sug’orish tizimiga nisbatan bog’larda 60 foiz, tokzorlarda 50 foiz, poliz ekinlarida 40 foiz, g’uzada 35-40 foiz sug’orish suvini tejalishi aniqlangan. Bunda yetishtirilgan mahsulot sifatini yaxshilash bilan bir qatorda mahsulot hosildorligi bog’larda 35-40 foiz, tokzorlarda 50 foiz, poliz ekinlarida 25 foiz, paxtada 25-30 foizgacha oshishi kuzatilgan.
Dunyo mamlakatlarida tomchilatib sug’orishdan 1,2 mln. gektardan ortiq maydonlarda foydalaniladi. Xususan AQSHda 888 ming ga, Ispaniyada – 34 ming ga, Isroilda – 100 ming ga dan ortiq, Avstraliyada 50 ming ga yaqin, Italiyada 32 ming ga, Frantsiyada 20 ming ga, Xitoyda 20 ming ga, Janubiy Koreyada 15 ming ga ekin maydonlarida tomchilatib tizimi shakllantirilgan.
SHuningdek, respublikamizda mazkur suvtejovchi texnologiyani joriy etishning asosiy muammosi, bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida asosiy ishlab chiqaruvchi sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklarida xorijiy davlatlarda, asosan, Isroilda ishlab chiqarilgan tomchilatib sug’orish tizimini keng miqyosda joriy etish, ularning qimmat bahosi tufayli cheklanib qolmoqda. SHuning uchun O’zbekiston sharoitiga mos keladigan, bahosi nisbatan arzon bahoga tushadigan trubkali tomchilatgich tizimini ishlab chiqish, ya’ni, tomchilatib sug’orish tizimini ishlab chiqishni mahalliylashtirish talab qilinadi.
Respublikamizda polietilen xom-ashyosi Qashqadaryo viloyatidagi SHo’rtan neftni qayta ishlash korxonasida ishlab chiqarilmoqda. Demak, polietilen shlanglarni, tomizgichlarni, magistral quvurlarni respublikamizda milliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish mumkin.
Tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish uchun zarur bo’lgan qismlarni respublikamizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda tomchilatib sug’orish tizimini ommalashtirish suv resurslaridan samarali foydalanilgan holda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi oshirish imkoniyatini yaratadi.
SHu bilan birgalikda, har bir ekin turi uchun maxsus tomchilatib sug’orish usullaridan foydalanish hamda tomchilatib sug’orish tizimini kompьyuter dasturlari orqali boshqarish masalalarida malakali mutaxassislar tayyorlash ham istiqbolda dolzarb masalalardan biri bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |