Agora
|
Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, markaziy maydon.
|
Akinak
|
O`rta Osiyo xalqlari orasida “xanjar” shunday atalgan.
|
Akropol
|
Mil.avv II mingyillikda Attikaning g`arbiy qismida yunonlar tomonidan
bunyod etilgan qal‘a. “Yuqori shahar” ma‘nosini anglatadi.
|
Akveduk
|
Ustida shaharga suv keladigan anhori bo'lgan baland ko'prik.
|
Altamir
|
Ispaniyadagi so'nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g'or.
|
Amfiteatr
|
Sahna atrofida tomoshabinlar o'tirishiga mo'ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot.Rimda Kolizey eng katta anfiteatr bolib,
unga 50 ming tomoshabin sig‘gan.
|
Animizm
|
Insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga
e‘tiqod. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi.
|
Antik tarix
|
Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi.
(antik lotincha “qadimgi”)
|
Antropologiya
|
yunoncha «antropos» – odam, «logos» – fan so‘zlaridan iborat bo‘lib, «odam haqidagi fan» ma’nosini anglatadi. Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini sinchiklab tekshirib, uning tashqi qiyofasini tiklovchi,
kishilarning tashqi qiyofasida ro`y bergan o`zgarishlarni o`rganuvchi olim.
|
Argonavtlar
|
Oltin mo'ynani (sehrli qo'chqor terisini) izlab “Argo” degan ko’p eshkakli
kemada daryoga chiqqan Ellada qahramonlari.
|
Arxeologiya
|
unoncha «arxayos» – qadimgi, «logos» – fan, degan so‘zlardan tashkil
topgan, ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi.
|
Avesto
|
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. “Qat‘iy belgilangan qonun –
qoidalar” degan ma‘noni anglatadi.
|
Avgurlar
|
Rimdagi biror masala yuzasudan fol ochuvchi kohinlar.
|
Avstralopitek
|
eng qadimgi odam turi. (Janubiy Afrika).
|
Bobil
|
Mil. avv II – mingyillikda Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli
davlat. “Bobil” so`zi “xudolar darvozasi” degan ma‘noni anglatadi.
|
Braxmanlar
|
Hind ruhoniylari. Hindlar e‘tiqodicha ular xudo Braxmaning og‘zidan
chiqqan.
|
Budda
|
Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi;
«ma’rifatlangan» tarzida tarjima qilinadi.
|
Buddaviylik
|
miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan
asos solingan diniy ta‘limot.
|
Dax’yu
|
Avestoga ko`ra o`z hududini himoya qilish uchun birlashgan bir qancha
qabilalar ittifoqi.
|
Delta
|
Nil daryosi O'rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksimon yalpi
manzarani yuzaga keltiruvchi yeri. Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan.
|
Demokratiya
|
unoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fi krini bayon etadigan, shuningdek, davlat
boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum.
|
Demos
|
Afinaning oddiy aholisi.
|
Diktator
|
favqulodda vaziyatlar ro'y bergan taqdirda tayinlanuvchi yakkabosh
hukmdor.(Rimda cheklanmagan hokimyatga ega bo’lgan, uning vakolat muddati 6 oy).
|
Ellada
|
Qadimgi Yunoniston.
|
Ellinlar
|
qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday
atalgan.
|
Epigrafika
|
Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan shug`ullanuvchi maxsus fan.
|
Etnograf
|
qadimgi odamlarni ko`pgina udumlari, xo`jalik va madaniy an‘analarini
saqlab qolgan hozirda mavjud qabila va xalqlarni o`rganuvchi olim.
|
Falanga
|
og'ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf
tortishi.
|
Falsafa (filosofiya)
|
yunoncha “filo”-sevish, “sofiya”-donishmandlik tushunchalarini anglatadi.
|
Fetishizm
|
eng qadimgi odamlarni u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-
|
|
qazoni bartaraf etishiga e‘tiqod qilishi.
|
Fir’avn
|
Misr hukmdori; “ulug' xonadon” ma‘nosini anglatadi.
|
Freska
|
selgimagan suvoqqa chizilgan rasm.
|
Forum
|
yig'ilish joyi va bozor maydoni bo'lib xizmat qilgan shahar markazi
(Rimda).
|
Gilgamish
|
Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs, Uruk shahri
podshosi.
|
Gladiator
|
Qadimgi Rimda –yirtqich hayvonlar, bir-birlari bilan olishish uchun
tayyorlangan harbiy asir, qul.
|
Goplit
|
Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og'ir
qurollangan piyoda jangchisi.
|
Grammatika
|
Rimdagi o`rta maktab. U yerda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va
astronomiya o`qitilgan.
|
Havoriylar
|
Iso Masih shogirdlari. Ular o`n ikki nafar bo`lib Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi va ularni amalda ko`rsatadilar-o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan, tuzalmas
xastalarni davolaydilar.
|
Ibodatxona
|
Muqaddas deb e‘lon qilingan, odamlar xudolarga sig'ingan bino yoki joy.
|
Ibtidoiy jamoa tuzumi
|
insoniyat tarixining boshlang’ich davri bolib, bu paytda barcha mehnat
qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan.
|
Ibtidoiy to’da
|
turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar
jamoasi.
|
“Iliada”
|
Gomerning Troya urushi haqidagi dostoni.
|
Ilotlar
|
Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi, ilotlar ham aslida yunonlar
bo‘lib, ular bilan bir tilda so’zlashgan
|
Italiya
|
(yunoncha «vitulus» so‘zidan) buqa, buzoqcha ma’nosini bildiradi.
|
Imperator
|
lotincha “hukmdor”, Qadimgi Rimda dastlab –faxriy harbiy unvon,
keyinchalik mutloq hukmdorga tegishli unvon.
|
Imperiya
|
hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy etilgan davlat.
|
Italiklar
|
Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar.
|
Iyerogliflar
|
qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan; “muqaddas bitiklar” ma‘nosini anglatadi. (Misrliklar yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun ham uni
“muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb nomlashgan).
|
Kandida
|
Qadimgi Rimda saylov kuni konsullikka o`z nomzodini qo`ygan quldor
kiyib yuradigan oq-harir libos.
|
Kandidat
|
Qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs.
|
Katapulta
|
Shahar devorlarni buzish uchun qo`llaniladigan toshotar qurol.
|
|