Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabdagi korreksion talim va
tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakillantirishni amalga
oshirish maqsadlarida o’zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi. Izchillik rivojlnishning turli
bisqich
yoki bo’g’inlari o’rtasidagi o’ziga xos a’loqa sifatida ta’riflanib, uning mohiyati bir butun sistema sifatida namoyon
bo’ladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan yordamchi
maktab ta’lim-tarbiya ishidagi izchillikni, birinchidan, maxsus maktabgacha ta’lim muassasidagi korreksion ta’lim-
tarbiya ishning intelektida kamchiligi bo’lgan bolalarga ular umumiy korreksion rivojanishining zarur darajasiga
erishishlari uchun maxsus maktabda qo’yiladigan talablarga yollanganligi, ikkinchidan, o’qituvchi –defektologning
katta maktabgacha tarbiya yoshidagi intellektida kamchiligi bo’lgan bolalar erishgan rivojlanish darajasi, ularning
bilim, malaka va ko’nikmalarga tayanish hamda bundan korreksion ta’lim-tarbiya jarayonida faol foydalanishga
yo’naltirilganligini nazarda tutuvchi mazmunli, ikki tomonlama a’loqa, deb qarash mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muhim istiqbolli aqliy rivojlantirishni ta’minlaydi va shu bilan
birga bola shaxsining boshlang’ich ta’lim maqsad va vazifalariga muvifiq keluvchi sifat jihatdan yangi xususiyat hamda
hislatlarni shakillantirishga yordam beradi.
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha tarbiya yoshida bolalar egallagan xulq-atvor va katta
yoshlilar hamda tengqurlari bilan o’zaro munosabatlar shakillari, manaviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang’ich
sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning, o’quvchilarda rivojlantiriladigan ma’naviy hatti harakat, ong,
hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-maktabgacha yillarda intellektida kamchiligi bo’lgan bolalarda
shakillantiriladigan jamoatchilik hususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun
zarur sharoitlarni yaratadi
hamda maktab o’quvchisi shaxsining jamoatchilikga yo’naltirilganligini qaror toptirishni ta’minlaydi. Intellektida
kamchiligi bolgan o’quvchilarni maktabga kelgan dastlabki kunlaridan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalarida
boshlangan korreksion ishlarni, ma’naviy tasavvurlari va xulq-atvorlari birligini shakillantirish, o’quvchilarda o’z
faoliyati va hatti-harakatlari uchun shaxsiy masuliyatni oshirish uchun korreksion ish davom ettiriladi.
Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabdagi o’quvchilarda tanqidiy fikrlash, yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, baynalminalchilik, mamlakat oldida o’z burchini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. Bu
murakkab ma’naviy hissiyotlar asosini maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan korreksion ta’lim-tarbiya
jarayonida shakillantiriladigan o’z-o’ziga hizmat qilish, umumiy nutqini rivojlantirish, muomala madaniyati, ota-onaga,
oilaga, vatanga muhabbat, katta yoshlilarga hurmat, tabiatni sevish va shu kabilar tashkil etadi olib boriladigan.
Ixtisoslashtirilgan maxsus yordamchi maktabda intellektida kamchiligi bo’lgan bolalarning aqliy, axloqiy,
jismoniy, mehnat hamda estetik tarbiyasiga doir ishlarni tashkil etadi.
Intellektual kamchiligi bo’lgan bolalarni yordamchi maktabga aqliy tayyorgarligining ahamiyati, o’quvchi
faoliyatining yetakchi turi-o’quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni aqliy qobiliyat va bilish faoliyatlarini talab qiluvchi
o’qitishdan kelib chiqadi.
Bolalarda axloqiy irodaviy tayyorgarlik mazmuni o’quvchi tutgan o’rindan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda
xulqiga qo’yiladigan talablarga ko’ra aniqlanadi. Bu talablar maktabda o’qishning dastlabki kunlaridanoq o’quvchi
oldiga o;quv majburiyatlarini mustaqil va mas’uliyatni
his etgan holda bajarish, tartibli va intizomli bo’lish, o’z xatti-
harakati va faoliyatini boshqarish, o’qituvchi va o’quvchilar bilan o’zaro munosabatlarda madaniy xulq qoidalarga rioya
qilish, maktab anjomlariga tartibli va ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lishni ko’ndalang qoyadi. Bu yuksak
talablarni
bajarishga tayyorlash oldindan maktabgacha ta’lim muassasasida, oilada intellektida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan
olib boriladigan davomli, maqsadga yo’llangan korreksion tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik bolada maktabga yetuklikni shakillantirishning zarur tarkibiy qismi shakillanadi. Bu
birinchi navbatda bola salomatligining yaxshi bo’lishi, organizmning chiniqqanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish
qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko’rsata olishidir. Bu intellektual kamchiligi bo’lgan bolaning jismoniy va nerv
psixologik uyg’un rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishning yosh ko’rsatkichlariga muvofiqligi va
yuqori darajada rivojlanganligidir.
Yordamchi maktabda bolalarda mehnatsevarlik, mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakillantirish, mehnat
malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga doir ish izchilligi yanada rivoj topadi. Mehnat ta’limiga doir maktabgacha
ta’lim muassasasi va maktab o’rtasidagi izchillik mehnatning mazmunini murakkablashtirish va ijtimoiy foydaliligini
yo’nalganligini
oshirish, bolalarning mehnatdagi mustaqillik va o’zlarini uyshtirishlarini orttirish hamda bolalar
tomonidan mehnat faoliyatida tarkib topadigan axloqiy munosabatlarni anglash yo’nalishida boradi.
Intellektida kamchiligi bo’lgan o’quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko’ra bilish
chuqurlashtiriladi. Musiqa va ashula darslarida bolalar musiqa
janrlari bilan tanishadilar, ashula, raqsni farqlashni
o’rganadilar. Tasviriy san’at darslarida o’quvchilar garfika, rassomlik, manzarali amaliy san’at asarlari o’rtasidagi
farqlarni, manzara, natyurmort, partretning o’ziga xos belgilarini o’zlashtiradilar. O’qish darslarida adabiyot janrlari
bilan amaliy tanishiladi. O’quvchilarning badiiy faoliyatlarining har xil turlaridagi amaliy ko’nikmalari ham
takomillashadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlangan o’quvchilarda kishilar o’rtasidagi axloqiy munosabatlar
gozalligini, qahramonona jasorat go’zalligini ko’ra bilish qobiliyatini rivojlantirish davom ettiriladi, xulq atvor etikasi
tarbiyalanadi.
Maktabning ta’lim-tarbiyaviy jarayonida bolaning shakillanayotgan shaxsining barcha tomonlarni
rivojlantirishda izchillik amalga oshiriladi.
236
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ish mazmunini
belgilovchi dasturlar aloqasi izchillik asosini tashkil qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va boshlang’ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslash ular ortasida
ma’lum izchil aloqa borligini ko’rsatadi. Bu eng avvalo, dasturlarga asos qilib olingan boshlang’ich falsafiy va
psixologik nuqtai nazarlar birligi, prinsplar birligi. Ayrim fanlar bo’yicha (ona tili, matematika) birinchi sinf o’quv
dasturlari yoki tayyorlov sinflari dasturlarini “maktabgacha talim muassasidagi ta’lim-tarbiya dasturi”ning tegishli
bo’limlari bilan qiyoslash tegishli mazmunni ko’rib chiqishga yondashuvda asosiy o’rinlarda umumiylikka erishish
moyilligi borligini ko’rsatadi.
Masalan maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda ona tilining boshlang’ich kursini o’qitishga bolalar
nutqini har tomonlama rivojlantirish g’oyasi asos qilib olingan. Maktabgacha ta’lim muassasasida lug’atni
rivojlantirish, tovushni to’g’ri talaffuz qilish va nutqning ifodaliligi, mantiqli nutqni rivojlantirishda amalga oshirilinadi.
Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi:yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakillantiriladi, morfologiya va
sintaksis elementlari o’rganiladi.
Shu bilan bir vaqtda maktabgach ta’lim muassasalarida boshlangan lug’at boyligini yanada oshirish , nutqning
ifodaliligi va mantiqiyligi ustidagi ish davom ettiriladi.
Maktabgacha talim muassasalari va boshlangich sinflari tabiatshunoslik bilimlari
har ikkla holatda ham
organizm va muhit birligiga tayanadi. Jonli va jonsiz tabiat hodisalari, tabiat va kishilar mehnatining bir birini taqoza
etishi shu asosda qaraladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda o’qitish izchilligi asosini tashkil etuvchi yagona
nazariy yondashuvlar, dasturlarmazmunida maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar imkoniyatlari hamda
bolalar bilmining psixologik tuzilishini hisobga olib turlicha hal etiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilimlarining asosiy mazmunini atrof dunyo haqidagi xilma xil
tasavvurlarning keng doirasi va ayrim elementar tushunchalar tashkil qiladi. Voqelikning turli sohalari haqidagi
tasavvurlarning umumiy sistemasi bolaga dunyoda to’gri yo’l topa bilishi va umumiy rivojlanishining zarur darajasini
ta’minlaydi, busiz zamonaviy boshlang’ich ta’lim mazmunini egallab bo’lmaydi.
Yordamchi maktabda o’quvchilar bilimlarining mazmuni yangi darajaga ko’tariladi. Voqelikning turli
sohalariga oid bilimlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish jarayoni faol sodir boladi, ayni shu vaqtda o’quvchilar
oldiga bilimlarni nazariy nuqtai nazardan anglash masalasi ko’ndalang qo’yiladi.
O’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakillantirish maktab ta’limiy ishida markaziy o’rinni egallaydi.
Maktabgacha yilarda boshlangan bolalarning dunyo haqidagi bilimlarini tabaqalashtirish birinchi sinfdan boshlab fanni
o’tishda, fan asoslarini maqsadli o’rganishda yorqin ifodalanib boradi.
Bilimlarni kengaytirish,chuqurlashtirish, sistemalashtirish hamda ilmiy tushunchalarni o’zlashtirish bo’yicha
ish huddi mana shu darajada olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: