Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


MAXSUS MAKTABDA ESHITISH IDROKINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

 
 MAXSUS MAKTABDA ESHITISH IDROKINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI 
PО`LATOVA S., Nizomiy nomидаги TDPU. 

Og‘zaki nutqni shakllantirish shartlaridan biri eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini eshitib idrok 


qilish qobiliyatini hamda nutqiy eshituvni rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi. Bu qobiliyat ta’lim – tarbiya jarayonida 
markaziy nerv sistemasining yuqori eshituvchanligi, qabul qiluvchanligidan rivojlantiriladi. Ko‘pgina eshitishda 
nuqsoni bo‘lgan bolalarda eshituv idroki saqlangan bo‘lib, bu ovoz kuchaytiruvchi apparatlar yordamida maxsus 
mashg‘ulotlarda yanada shakllantiriladi. Nutqiy eshituvni shakllantirish ishining vazifasi eshitishda nuqsoni 
bo‘lganlarda eshituv qoldiini intensiv rivojlintirishdir, buning zamirida eshituv – ko‘ruv yoki og‘zaki nutqiy idrok qilish 
asosi vujudga keladi, nutqiy muloqot malakasi shakllanadi. Shu bilan birga eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga atrof 
muhitda yo‘nalish olishga o‘rgatish uchun nutqiy bo‘lmagan tovushlar haqida ham ma’lumotlar berish lozim. 
Nutqiy eshituvni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri nutqiy eshituv muhitini hosil qilish bo‘lib, bu ovoz 
kuchaytiruvchi apparat yordamida eshitishda nuqsoni bo‘lganlar tomonidan turli tipdagi nutqlarni doimiy idrok qilib 
borishni ta’minlaydi (stasionar ovoz kuchaytiruvchi apparatlar, individual eshituv apparatlari ). 
Eshitishda nuqsoni bo‘lganlarda nutqiy eshituvni shakllantirish uzoq davom etuvchi eshituv mashqlari 
jarayonida rivojlanib boradi. U ikki bosqichga bo‘linadi. 
1 – bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lganlar pedagog yordamida turli hil frazalarni, so‘zlarni, solishtirishlari 
uchun ovoz kuchatirish apparati bilan nutqiy signalni ajratib qabul qilishga o‘rganadilar, maxsus mashqlar o‘tiladi. 
O‘quvchilarda eshituv qoldiqlari qanchalik yaxshi saqlanib qolgan bo‘lsa, o‘zlashrib olish natijalari shuncha 
yuqori bo‘ladi (250Gs – 500Gs ). 
2 – bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lganlar ovoz kuchaytiruvchi apparat yordamida nutqning fonetik 
tuzilishini eshitib ajratib qabul qilishga o‘rganadilar. Bu bosqichda so‘zlarni eshitib qabul qilish ta’limi ta’sirida eshituv 
va ko‘ruv orasidagi o‘ziga xos bog‘lanishlar o‘sadi. 
Eshitishda nuqsoni bo‘lganlarda nutqiy eshituvni rivojlantirish ishi jarayonini metodlari va tarkibiga ko‘ra uch 
davrga: boshlang‘ich davr ( tayyorlov- 1- sinf ); asosiy davr ( 2-5- sinflar) va individual apparatlardan aktiv foydalanish 
davri (6-7- sinflar) bo‘linadi. 
Boshlang‘ich davrda eshitishda nuqsoni bo‘lganlar nutqiy eshituvni rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi, 
eshituv zaxirasi aniqlanadiAsosiy davr eshituvni intensiv rivojlantirish bilan xarakterlanib eshitishda nuqsoni bo‘lganlar 
tomonidan nutqni qabul qilish og‘zaki nutqning shakllanishida rivojlanayotgan eshituv idrokidan aktiv foydalanishida 
malakalari taraqqiy etadi. Bu davrda eshituv idrokini uzoq mashq qildirish, ovoz kuchaytirish apparatlaridan foyda-
lanish ma’lum miqdorda eshitish idrokini kompensatsiya qilishga katta ijobiy yordam beradiBu davrda eshitishda 
nuqsoni bo‘lganlarda nutqiy eshituvni rivojlantirshning muvaffaqiyati og‘zaki nutqni shakllantirish, bolalarning aqliy va 
nutqiy rivojlanganligi darajasi, so‘zlarni o‘zlashtirish va talaffuz malakasi, tilning grammatik tizimi, eshitishda nuqsoni 
bo‘lganlarning bilish faoliyati rivojlanishi maktabdagi barcha ishlarning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq 
bo‘ladi.Eshitishda nuqsoni bo‘lganlarning eshituv idroki asosiy mustaqil bo‘lib qolishi uchun u ham suhbatining unga 
qaratilgan nutqini tushunibgina qolmay, o‘rtacha ravonlikda gapira olishi, urg‘ularni ajratish, so‘zni tovush 
birikmalarini iloji boricha aniq yoki aniqroq shakllantrish kerak. 
Maktabda nutqiy eshituv rejimini tashkil qilish o‘qituvchining o‘quvchi nutqini daktil formasidan to‘g‘ri 
foydalanishi muhim ahamiyatga ega. 
1- sinf o‘quvchilari 1- yarim yillik davomida daktilda gapirish texnikasini, qo‘llar harakatini, harf tarkibini 
aniq ko‘rsatishi, tezlik, og‘zaki va daktil gapirish tuzilishi va xususiyatlarini o‘zlashtiradilar. 
Musiqa ritmik mashg‘ulotlarida, individual mashg‘ulotlar, eshituvni rivoj-lantirish xonalaridagi darslarda 
material asosan og‘zaki – daktilda gapirishadi. 
2- sinfdan 12- sinfgacha o‘quvchilar kattalari bilan faqat og‘zaki gaplashadilar, ayrim so‘zlarni gapirishda 
qiynalsalargina nutqni og‘zaki daktil formasidan foydalanadilar.
Nutqning og‘zaki daktil formasi o‘quvchilar o‘qituvchini bergan savolllariga javob berishda ishlatiladi. 
Musiqiy – ritmika mashg‘ulotlarida nutqning daktil formasidan faqatgina so‘zning harf tovush talaffuzida 
qiynalishganda foydalanishadi. So‘z ham og‘zaki, ham daktilda gapirilib keyin albatta daktilsiz gapirishada. Nutqiy 
231 


tovushni rivojlantirishda to‘g‘ri tashkil etilgan nutqni eshitib idrok qilish mashqlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu 
mashqlar ta’limning barcha yil-larida umumta’lim darslarida, musiqiy – ritmika darslarida, asosiy sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlar o‘tiladi. Frontal mashg‘ulotlar (darslar, sinfdan tashqari ishlar). Eshituv, ko‘ruv o‘quvchilar tomonidan 
qabul qilishning asosiy usuli bo‘lib hisoblanadi. Nutqiy materialni eshituvni qabul qilish bo‘yicha mashqlar 1 – sinfdan 
boshlanadi, bunda so‘zlar ekran orqasidan ikki martadan ko‘p qaytarilmaydi. Agar materialni eshitib idrok qila 
olmasalar, unda ko‘ruv, eshituv orqali qabul qilinadi, o‘qituvchi tomonidan doskaga yoziladi ( yoki tablichka orqali 
ko‘rsatiladi ), o‘quvchilar uni o‘qishadi va yana faqat eshituv orqali idrok qildiriladi. 3 – sinfdan boshlab o‘quvchilar 
faqatgina o‘quvchi nutqini idrok qilibgina qolmay, bir – birlarini nutqini ham eshitib idrok qiladilar. Darsning borishida 
o‘quvchilarni eshitganda yangi va notanish bo‘dgan tovushli materialni idrok qili olish ta’limi bo‘yicha doimiy ish olib 
boriladi. Bu dars mavzusini e’lon qilish, alohida so‘zlarni, so‘z birikmalarining va frazalarni aytishdir. Idrok qilishga 
yordam berishda turli xil didaktik qo‘llanmalar (suratlar, tablichkalar, kesma matnlar) dan doskaga yozishdan 
foydalaniladi, bu materialni eshitib idrok qilishga va farqlashga darsning asosiy tarkibini o‘zlashtirib olishga yordam 
beradi. O‘quvchilarni eshituv idrokini rivojlanish darajasiga qarab o‘qituvchi ularni so‘z va so‘z birikmalari frazalarni 
eshitib idrok qilish ta’limiga o‘rgatibgina qolmay bo‘g‘inlar va alohida tovushlarni o‘rgatishga ham alohida diqqat 
qaratadi. Bu ish talaffuz malakalarini korreksiya va avtomatizatsiya qilishda vazifani eshitib idrok qilayotganda 
xatolarni to‘g‘irlashda olib boriladi.
Shunday yo‘l bilan eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni eshituv idrokini aktiv mashq qilishga sharoit 
yaratib beradi, frontal mashg‘ulotlarda ta’lim samaradorligini butunlay oshirish mumkin. Individual mashg‘ulotlarda ( 
tayyorlov 5 – sinflar ). nutqiy materialni idrok qilishning asosiy usuli eshituv orqalidir. Dars davomida nutqiy materialni 
5 marta takrorlaganda ham eshitib idrok qila olmasalar unda o‘quvchilarga eshituv, ko‘ruv taklif qilinadi, keyin esa 
faqat eshitib idrok qilishga beriladi, shuning uchun eshituv, ko‘ruv idrok yordamchi qo‘llanma sifatida foydalaniladi. 
Individual mashg‘ulotlarda nutqning daktil formasi faqatgina o‘quvchi so‘z tarkibini ayta ol-may qolgandagina 
ishlatiladi.Eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish jarayonida zarur malaka va ko‘nikmalar bilan 
birgalikda maxsus lug‘atni o‘zlashtirish talab etiladi. Eshitish qobiliyatini o‘stirish va talaffuzni shakllantirish ishlari 
muayyan izchillik va tizimda tashkil etiladi. Eshitish qobiliyatini o‘stirish va talaffuzni shakllantirish jarayonida 
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda «eshitib-gapiraman» qabilidagi shartli refleks aloqasini shakllantirish zarur. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish