2.125. m = 0,1 kg massali rezinka koptok gorizontal yo‘nalishda biror tezlik bilan uchib borib, qo‘zg‘almas vertikal devorga uriladi. Urnlishda koptok t=0,01 s vaqt ichida =1,37 sm ga siqiladi, xuddi shu t vaqt ichida koptok oldingi shakliga kelib tiklandi. Urilish vaqtida devorga ta’sir qilgan o‘rtacha F kuch topilsin.
2.126. l0 uzunlikdagi rezinka shnurga bog‘lab qo‘yilgan m=0,5kg massali tosh gorizontal tekislikda aylana chizadi. Toshning aylanish chastatasi v =2 ayl/s Rezinka shnurning vertikaldan chetlanish burchagi = 30°. Rezinka shnurning dastlabki cho‘zilmagan l0 uzunligi topilsin. SHnurning bikirligi k=0,6kN/m.
2.127. 10— 9,5 sm uzunlikdagi rezinka shnurga bog‘lab so‘yilgan m=0,5 kg massali yuk vertikaldan =90 burchakka chetlatib, qo‘yib yuborilgan. YUk muvozanat vaziyatidan o‘tgan paytdagi rezinka shnurning 1 uzunligi topilsin. shnurning bikirligi k = 1 kN/m.
Qayishqoqlik moduli. Bikrlik
4.43. Uzunligi l=5 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=2 mm2 bo’lgan simga m=5,1 kg massali yuk osildi. Natijada sim x=0,6 mm ga uzaydi. Sim materiali uchun Yung moduli E topilsin.
4.44. Uzunligi l=3 m va diametri d=2 sm bo’lgan po’lat tayoqchaga massasi m=2,5*103 kg bo’lgan yuk osilgan. Tayoqchadagi kuchlanish b hamda tayoqchaning e va absolyut x cho’zilishi aniqlansin.
4.45. Uzunligi l=2 m va diametri d=1 mm bo’lgan sim amalda gorizontal tortilgan. Simning o’rtasiga m=1 kg massali yuk osganlarida sim osilgan nuqta h=4 sm gacha pasayadigan darajada cho’zildi. Sim materialining Yung moduli aniqlansin.
4.46. bikrliklari k1=0,3 kH/m va k2=0,8 kH/m bo’lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar ikkinchi prujina x2=1,5 sm ga deformatsiyalangan bo’lsa, birinchi prujinaning absolyut deformatsiyasi x1 aniqlansin.
4.47. Ikkita prujinadan iborat tizimning ular ketma-ket va parallel ulanganlaridagi bikrligi k aniqlansin (4,8-rasm). Prujinalarning bikrligi k1=2 kH/m va k2=6 kH/m.
4.48. Diametri d=20 sm va balandligi h=20 sm sm bo’lgan silindr shakliga ega temir go’laning pastki asosi qo’zg’almas qilib mahkamlangan. Go’laning yuqori asosiga F=20 kH kuch ta’sir qilmoqda (4.9-rasm). 1) Go’la materialiga qo’yilgan tangensial kuchlanish ch ; 2) nisbiy deformatsiya y (siljitish burchagi) ; 3) go’la yuqori asosining siljishi x aniqlansin.
4.49. Ingichka tayoqchaning bir uchi mahkamlangan, ikkinchi uchiga esa M=1 kH/m kuch moment qo’yilgan. Agar buralish doimiysi C=120 kH/m/rad bo’lsa, tayoqchaning buralish burchagi aniqlansin.
4.50. Ingichka bir jinsli metal tasma yuqori uchidan mahkamlangan. Pastki uchida M=1 Mn/m kuch moment qo’yilgan. Tasmaning buralish burchagi =100 . Buralish doimiysi C aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |