1. ATOM – MOLEKULYAR TA’LIMOT
Asoschisi: 1741 yil rus olimi M.V.Lomonosov, 1808 yil ingliz olimi J.Dalton
Qoidalari: a) Barcha moddalar korpuskulalardan (molekulalar) iborat va ular orasida ma’lum masofa mavjud; b) Molekular elementlardan (atomlar) iborat, atomlar va molekulalar to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Bu harakat moddaning agregat holatiga va temperaturaga bog‘liq; v) Atomlarning muayyan massasi va o‘lchami bor; g) Oddiy moddalarning molekulasi bir xil atomlardan, murakkab moddalarning molekulasi esa har xil atomlardan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |