Vitamin B1 Vitamin B1 Vitamin B1 (tiamin; antineuritik) birinchi kristalli vitamin bo'lib, 1912 yilda polshalik biokimyogari Kazimir Funk tomonidan ajratilgan. Keyinchalik uning kimyoviy sintezi amalga oshirilgan. Aminoguruh bilan bir qatorda B1 vitamini oltingugurt atomlarini o'z ichiga oladi, shuning uchun u tiamin deb nomlangan. Uning kimyoviy tuzilishida metilen bog'i bilan bog'langan ikkita halqa - pirimidin va tiazol mavjud. Ikkala halqali tizim ham fosforlangan shakllar sifatida alohida sintezlanadi, so'ngra to'rtlamchi azot atomi orqali birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |