After my granny dead, my mom was very nervous. I wrote this poem for this situatoin.
Onam, nega yig’laysiz?
Yurak bag’rim tig’laysiz,
Ko’z yoshlaringiz menga
O’qdek bo,lib qadalar.
Dunyo o’zi shunaqa,
Bugun borlar erta yo’q.
Iltimos,bizlar uchun
O’zingiz asrang onam.
Agar dunyo g’ami qiynasa sizni
Mehribonim, o’ksinmang, bering siz bardosh.
O’tkinchi dunyoda hammamiz mehmon
G’amlar ham o’tkinchi o’tadi bir kun.
Vatanim
Vatan! Desa, Ko’z o’ngimga keladi ko’m-ko’k dala,
Vatan! Desa, Ko’z o’ngimda jonlanadi bog’, dala.
Vatan! Desa, yuragimda boshlanadi his tuyg’u,
Bu ajib his-tuyg’u bilan sig’mayabman olamga!
Qamrab olar vujudimni haqiqiy bir muhabbat
Vatan uchu jonim fido, kerak bo’lsa u agar.
Uning uchun dushman bilan kurashmoqlik bo’lsa ham,
,, Vatanim” deb bu dunyoda qon yutganlar qanchalar.
Mustaqillik zaminida erkin, quvnoq o’syabmiz,
Ajdodlarning ruhin shodlab, samolarni quchyabmiz,
Ulug’bekning izdoshimiz, beruniyning izdoshi,
Oyga qo’ygan narvonini endi biz tiklayabmiz.
Yurtimizni bog’ qilgan, ajdodlarim, tashakkur,
Endi navbat keldi bizga ,,Dunyo sirin o’rganish”
Chunki bizni Mustaqillik, Vatan hali kutmoqda,
Ajdodlarning jhimmatini endi bizga tutqazish!
ORZULARIM
Orzularim ko’p ammo,
Qaysin tanlashga hayron,
Kelajakda ,,Shifokor”,
,,O’qituvchi” yo ,,Tikuvchi”.
Kelajakda albatta,
Zo’r filolog bolaman,
Va men o’qituvchilikni
Hech ham tashlab qo’ymayman.
O’rganmoqlik burchimdir
,,Tikuvchilik” kasbini
Kelajakda olaman,
Vatanimning mehrini.
Mana shu kasblarmni
Men qattiq egallayman.
Bolalarga dars berib,
Qalblarin davolayman.
Tikuvchilik kasbida
Bichish-tikish ishlarin,
O’rgataman albatta,
Shogirtlarga bosh bo’lib.
JANNATIM ONAM!
Tilimdagi boyligim,
Dilimdagi boyligim,
Dunyodagi yagonam,
Siz mening aziz onam!
Osmondagi quyoshim,
Bag’rimda yonar toshim,
Hayotimda yo’ldoshim,
Farishtam mening onam!
Porlab turing bir donam,
Dunyolarda yagonam,
O’zimning munis onam,
Mushtipar,azizginam!
Bayrog’im
Shoirlaring osmoningdan faxrlanib yozar she’r,
Bugun barcha tengdoshimga mag’rur derman,,qo’ling ber”.
Mudom sebga ta’zimdamiz, baxtim sensan, ona yer.
O’zbekiston sha’nidirsan, ko’ksimdagi ardog’im,
Qushdek parvoz etib turgin, osmon uzra, Bayrog’im!
BUVIMGA
Buvijonim! Esingizdami?
Barcha sirlarimni aytardim sizga
Siz menga do’st-u yorlardan afzal
Eng yaqin sirdoshim edingiz. Nega…
Nega bizni tashlab ketdingiz?
Axir dardlarimni aytardim sizga.
Bugunchi, bugunchi… siz yonimda yo’q,
Bir parcha varog’-u qalamdir do’stim.
Endi kimni o’zimga sirdosh deb atay?
Alamlar qiynasa yurak-bag’rimni,
Bu dardlar qiynasa murg’ak vujudim,
Yonimda yo’qdirsiz, men kimga aytay?
Onajonim yig’laydi sizni sog’inib,
Qandaydir og’riqni sezaman o’zda.
Ba’zida sizni o’ylab hayollar sursam
Keladi yodimga yoshlik davrlar.
Xato qilganlarimni, yashirardingiz,
Sizni xafa qilsam gar unutardingiz,
Hatto yig’latganimda kechirgandingiz,
Shunda qadringizni bilmabaman hech ham.
Endi afsus tirnar ushbu qalbimni,
Kechiring, deb bir bora aytmadim sizga.
Mayli, o’tgan kunlar o’tib ketdi-ku,
JOYINGIZ JANNATDA BO’LSIN, BUVIJON!
Ukamga
Har kuni urushib, yarashganlarim,
Ba’zida hattoki, yg’latganlarim,
Barcha sho’xliklarni qilib, indamay,
,,Opajonim” deb aytgan ukajonim bor!
Ba’zilar opasin yo’qligin aytar,
Ba’zilar ukasin sho’xligin aytar,
Ayblarin yoshirmay, sirlarin sotar,
Mehribon insonim, ukajonim bor!
Allohimga behisob hsukurlar bo’lsin,
Opalik baxtini bergani uchun.
Alhamdullillah va Robbim Alloh,
Menga dunyoni taxtini bergani uchun!
Singlim Muslimaga
Singlim yo’qligidan afsuslanardim,
Endi mening bordir, mehribon singlim!
Go’yo malikadek, ovunchoq erkam,
Chaqqonoy, bilimdon bo’ladi bir kun.
Allohga shukurki, singilginam bor,
Singlim mening faxrim, baxt-u kamolim.
Onamning sevinchi, dadam erkasi,
Ukamning mehribon, g’amxo’r quvonchi!
Do'stlaringiz bilan baham: |