Afsona – xalq og‘zaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsada, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makon ham ko‘rsatiladi. A.lar og‘izdan-og‘izga, eldan-elga o‘tib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.A. og‘zaki hikoyat bo‘lib, u xayoliy ob-raz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday bo‘lgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli o‘laroq A. Zaminida albatta mo‘’jiza, sehr-jodu bo‘ladi. A.lar olam (Yer, Quyosh va boshqa say-yoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof tog‘i, daryo, dengiz, shahar, qal’a, qishloq, tepalik, Eram bog‘i va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (mas, sher, ajdaho, anqo, semurg‘ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er To‘nga, To‘maris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va boshqalar) to‘g‘risida, diniy (mas, islomdagi Nuh payg‘ambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bog‘liq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda bo‘ladi.A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan de-yarli xoli bo‘ladi, tuzilishiga ko‘ra er-tak, naql, rivoyatlarta o‘xshab ketadi.A.lar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, ax-loqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida g‘oyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, “Qutadg‘u bilig”, “Devo-nu lug‘otit turk”, Alisher Novoiyning “Hamsa”, Dantening “Ilohiy komediya”, Chingiz Aytmatovning “Oq kema”, Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni”, Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va ta’sir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va to‘laqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Ko‘chma ma’noda – uydirma, yolg‘on, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan gap.
Rivoyat (arab. Hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, anʼanaviy uslubiy shaklga ega boʻlmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogʻizdanogʻizga oʻtish jarayonida erkin talkin qilinadi. R. Asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy P. Hamda toponim R.larga boʻlinadi. Tarixiy R. Da biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday R.lar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur, Sulton Mahmud va boshqa hayoti bilan bogʻliq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim R.larda shahar, qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida.odatda, hikoyadan maqsad taʼkidlanadi va muayyan fakt izoxlanadi (Mas, “Toʻrabek xonim maqbarasi”, “Anda jon qildi”, “Odinajonim”, “Qoʻngʻirot” va boshqalar). R.lar bizgacha koʻproq ogʻzaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiynij “Badoyeʼ ulvaqoyeʼ”, Xondamirning “Makorim ulaxloq” va boshqa asarlarda R.larning qad. Namunalari keltirilgan. Oʻzbekistonda juda koʻp R.lar yozib olingan va ular xalqtarixi hamda madaniyestetik qarashlarini oʻrganishda muhim manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |