Afrosiyob



Download 59,75 Kb.
bet9/9
Sana20.06.2022
Hajmi59,75 Kb.
#679821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 mavzu Afrosiyob haqida

Tasviriy san'at[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'rta Osiyoda tasviriy sanʼatning rivojlanishi va yoyilishiga ikki uslub: qadimiy sharq va koʻchmanchi skif - sak tasviriy sanʼatiga mansub ellin va maxalliy uslublarning oʻzaro bir biriga samarali taʼsiri oʻziga xos oʻrin tutadi. Vaqt oʻtgan sari tasviriy sanʼat koʻproq ieratik, shartli silliqlashib hamda yorugʻlik soyasini va istiqbol illyuziyasini yoʻqotgan holda ellin uslubiga xoslikni, yaʼni jonlilikni, haqqoniylikni yoʻqotib borgan. Bu avtoxtonizmning gʻalabasidan dalolat beradi, deb aniq aytolmaymiz, chunki bu belgilar, antik merosning anʼanasi kuchli boʻlganiga qaramay, vizantiyaning ilk xristian sanʼatida ham uchraydi.
Naxshab terrakotasi, oʻrta osiyoning koroplastika sanʼatining umumiy oqimida rivojlangan boʻlib, bundan tashqari kiyim, koʻrinish va atributlarni tasvirlashda oʻziga xosligi bilan ajralib turgan. Nashxab haykallarining proportsiyasi oʻzining balandligi bilan ham ajralib turadi. kiyimlar borsida, ayniqsa, ayollar kiyimlari, koʻproq ellin uslubiga mansub boʻlib, Buxoro va Samarqand terakotasiga esa koʻproq ogʻir, osiyo uslubida bichilgan, durlar, uzuklar, oʻyib ishlangan har hil bezaklar bilan bezalgan kiyimlarga oʻxshash kiyimlar shiberganga yaqin boʻlgan tillatepadagi hukmdorlar maqbaralarida uchraydi. Nashxab uchun mesopotam uslubidagi yalangʻoch haykallar ham xos boʻlganmikan, vaholanki barcha musiqachi ayollar yalangʻoch tasvirlangan. Naxshab terrakotasida ayollar qoʻllarining koʻpincha boʻsh holda tasvirlanishini koʻrish mumkin. Ilk oʻrta asrlar koroplastikasiga xos plaketikalar Yerqoʻrgʻonning qoʻshni mintaqalarida kuzatilmagan. III-V asrlarga mansub baʼzi haykalchalarda gandxar maktabi usulining taʼsiri kuzatiladi.
Qiziltepa - mil. av. IX-IV asrlarga oid shahar xarobasi. Surxondaryo vi­loyati SHo‘rchi tumani hududida, Qizilsuv daryosining o‘ng sohilida Qiziltepa joylashgan. G.A. Pugachenkova rahbarligidagi O‘zbekis­ton san’atshunoslik ekspeditsiyasi xo­dimlari tomonidan o‘rganilgan (1971 y.). Qiziltepa rejasi to‘rtburchak shaklida (420x360 m) bo‘lib, maydon 16 ga. Qiziltepa janubi- Sharqiy va janubiy-g‘arb tomondan poyde­vori 10 m qalinlikda, (paxsa va xom g‘ishtdan) asosi doira shaklida bo‘lgan tekis minoralari bor qalin devor bilan o‘ralgan. Devor va minoralarda o‘q otish shinaklari bor, devor atrofiga xandaq qazilgan. Qiziltepa uch qismdan iborat: 1) Qiziltepaning janubi-g‘arbiy qismidagi balalandligi 10 m ga yaqin tepalikka qurilgan ark va hukmdorlar saroyi; 2) Shaharning o‘z hududi; 3) lllaharning janubi.-Sharqiy devoridan tashqarida joylashgan, umumiy maydoni. 4-5 gektar bo‘lgan hudyd. Tadqiqotlar Qiziltepada hayot 3 asosiy davrga bo‘linganini ko‘rsatadi. Qiziltepa -1 (mil. av. IX-VII asrlar); Qiziltepa -2 (miloddan avvalgi VII-V asrlar); Qiziltepa -3 (miloddan avvalgi V-IV asrlar). Qiziltepa -2 davrida hayot birmuncha rivojlangan, bu davr­da Qiziltepaga kishilar ko‘plab ko‘chib kela boshlagan, qal’a qo‘rg‘onida paxsa va xom g‘ishtdan qator hashamatli imorat­lar qurilgan. Qiziltepadan hap xil qurollar (yorg‘uchoq hovoncha, o‘g‘ir dasta, o‘roq), to‘q qizil rang angob bilan sirlangan silindr­simon tirgakli idish, uy hayvonlari suyaklarining ko‘plab topilishi dehqonchilik, kulolchilik va chorva­chilikning jadal yuksalganidan darak beradi.

Qadimgi Baqtriyaning qishloqlari A.S. Sagdullaev tomonidan Qizilcha 6- yodgorligi misolida nihoyatda yaxshi o‘rganilgan. Ushbu yodgorlik bir oilaga - mo‘ljallab, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, old tomonida chorbog‘lari bilan qurilgan. Xuddi shu singari yodgorliklar Mirshodi daryosi bo‘yida, Qiziltepa shaxar yodgorligi atrofida 11 tani tashkil etadi. Baqtriya oilalari yashagan uylar ham har xil, Qizilcha 6- qo‘rg‘oni yagona tarh asosida, me’moriy uslub bilan qurilgan. Bu erda yashagan oila uyi to‘rt metr balandlikdagi platforma ustiga qurilgan va mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Demak, Baqtriya nmanalari, oilalari egallagan mavqelariga qarab har xil shaklda uylar qurgan. Ayrim oilalarning "qul" lari, oila xizmatkorlari ham bo‘lganligini yuqorida, I.M. Dyakonov tadqiqotlarida asoslangan. Surxon vohasi hududida shunday sug‘orilish hududlaridan yana oltitasi ma’lum, demak jami 7 ta hokimlik xukm surgan. Bulardan biri Mirshodi Surxondaryoning o‘rta va quyi oqimlarini o‘z ichiga olgan sug‘orilish hududidir. Mirshodi sug‘orilish hududi, ya’ni hokimlik hududi Mirshodi daryosi bo‘ylarini, Boysuntog‘ yaylovlarini o‘z ichiga olgan. Asosiy yodgorligi Qiziltepa va uning atrofida joylashgan 11 ta shu nomdagi kichik yodgorliklar majmuasini birlashtirgan. Mahalliy hokimlik ma’muriy boshqaruv markazi Qiziltepa arkida joylashgan. Sangardak sug‘orilish hududi, shu daryo bo‘ylarini, Boysuntog‘ yaylovlarini o‘z ichiga olgan. Demak, Baqtriya hududida jami 17 ta hokimlik mavjud bo‘lgan. Har bir hokimlik iqtisodiy jihatdan mustaqil hayot kechirgan. O‘zining dehqonchilik uchun ekin maydonlari, chorvasi uchun yaylovlari mavjud bo‘lgan. Hokimlar aholidan alohida bo‘lgan ma’muriy arklarda yashab, o‘z hududini himoya qilgan, ammo siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lmagan, negaki "Avesto"da daxiyupatlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lib, ular dehqonchilik o‘lkalarining hukmdorlari bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Boysun dehqonchilik o‘lkasi (daxiyupati) o‘z tarkibiga Boysuntog‘ yon bag‘ri yaylovlari, Bandixonsoy, Mirshodi (hokimlikka qarashli) suv havzalarini birlashtirib, hamma suv havzalari Boysuntog‘dan boshlanib, hokimlikning markaziy maydoni 22 gektardan iborat Qiziltepa yodgorligidir. Qiziltepa Qizil I davridan boshlanib, u ikki qismdan - ark va shaxar qismidan iborat bo‘lib, Qiziltepa atrofida kichik yodgorliklar guruh-guruh bo‘lib joylashgan. Har bir dehqonchilik o‘lkasi alohida joylashgan mustaqil siyosiy va iqtisodiy hudud hisoblanib, har bir o‘lka o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega bo‘lib, har bir dehqonchilik o‘lka Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan. Chunki, Qiziltepa shahri mavjud dehqonchilik o‘lkasining siyosiy markazi bo‘lib, bosh shaxar ma’muriy boshqaruv tizimi shu shaharda joylashgan. Baqtriya xududida ilk temir davrida bu jarayon uzluksiz davom etib, Qiziltepa shahri ark va shahristonga ega bo‘lgan, mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan ilk temir asridan boshlab toki o‘rta asrlar davriga oid Markaziy Osiyo shaharlariga xos bo‘lgan shahar qurilishi an’analarini o‘zida saqlab qolgandir. A.S.Sagdullaev Mirshodi hududida joylashgan Qiziltepa shahri yodgorligida tadqiqotlar olib borib, umumiy maydoni 22 gektar, ark va shahristondan iborat bo‘lgan, qalin mudofaa devorlar bilan o‘ralgan arkning mudofaa devorlarini burjlar bilan mustahkamlanganligini isbotlab berdi.
Shaharlarning ark va shahar kismi xam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, chukur va keng xandaqlar qazilgan. Kiziltepa shaharining mudofaa devorlari poydevorlar ustiga kurilib, devor qalinligi 5 metrgacha bo‘lib, mudofaa devorlariga burjlar o‘rnatilib, shaharlarning mudofaa kudrati yanada oshirilgan. Qiziltepa Qizil I davridan barpo bo‘lib, Qadimgi Baqtriya madaniyati davridan boshlab u ikki qismdan - ark va shahar qismdan iborat bo‘lgan. Qiziltepa atrofida kichik yodgorliklar guruh-guruh bo‘lib joylashgan, ular ham ark va shahar qismdan iborat bo‘lib, kuchli mudofaalangan shaharlar toifasiga kiradi. Haitobodtepa yodgorligiga ham Qadimgi Baqtriya madaniyati davrida asos solingan. Tarix fanlari doktori SH.SHaydullaevning xulosasiga ko‘ra Qadimgi Baqtriya madaniyati yodgorliklarini quyidagi tiplarga ajratish mumkin: Shaharlar. Ular har bir dehqonchilik o‘lkasida bittadan joylashgan bo‘lib, ikki qismdan (ark va shahar) iborat. Qiziltepa Ark ham, shahar qismi ham yuqori rivojlangan mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Mudofaa devorlari 5-8 metr qalinlikda bo‘lib, mudofaa devori platforma ustida qurilganligi kuzatilgan. Hamma mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlangan. Xuddi shu davrda Baqtriyada mudofaa devorlari va burjlarga shinaklar o‘rnatish boshlangan. SHinaklar uzunchoq, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yasalgan.
1. Arkli qishloqlar. Shu toifadagi qishloqlarning faqat ark qismi mudofaa devorlari bilan o‘ralganligi xarakterlidir.
2. Arksiz qishloqlar-tarqoq holda joylashgan tepaliklar majmuasidan iborat bo‘lgan yodgorliklar.
3. Harbiy istehkomlar. Doira va kvadrat shaklida qurilgan qal’alar. Ushbu tipga oid yodgorliklar kuchli mudofaalanganligi va harbiy xarakterga egaligi bilan farqlanadi. Qal’aning ichki qismi ochiq hovlidan iborat bo‘lib, yashash uylari faqat mudofaa devorlari bo‘ylab qurilganligi kuzatilgan.
4. Qo‘rg‘onlar. Qizilcha shahriga oid I-VI bosqichlar ana shu yodgorliklarga xosdir.
Shimoliy Baqtriya hududida 7 ta dehqonchilik o‘lkasi, har bir dehqonchilik o‘lkasida esa 2-3 tadan sug‘orilish hududlari mavjud bo‘lib, ushbu hududlarda madaniy va siyosiy markaz vazifasini Qiziltepa yodgorligi o‘tagan. Shimoliy Baqtriya hududida Qiziltepa shahri ilk davlatlarning imperiyalar bosqichida shaharlarga xos bo‘lib, sug‘orish hududlarning markazi vazifasini o‘tagan. Shuningdek, dehqonchilik o‘lkasidan uzoqroq joylashgan sug‘orish hududlarga arksiz qishloqlar kirib, bu qishloqlar mudofaa devorlariga ega bo‘lmay bir necha patriarxal oilaga mo‘ljallanib, hududiy jihatdan kichik bo‘lib, bunday qishloqlarga Qizilcha I-X shahar yodgorliklari kiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Dalvarzin, Qizilcha hududlari mustahkam harbiy mudofaa inshootlariga ega bo‘lib, harbiy istehkomlar bilan o‘ralgan, mudofaa inshoot devorlarining qalinligi 5 metrdan iborat bo‘lib, mudofaa devorlari maxsus burjlar bilan jihozlangan. Eng muhimi Qizilcha shahri nihoyatda chiroyli bezaklar asosida qurilgan. Topilgan buyumlari ichidagi statuetiklarda asosan ma’buda haykalchalari ko‘p bo‘lib, unda ona ramzi tushirilgan turli xil tasvirdagi holatlar nihoyatda chiroyli bezak berib ishlangan. Shuni alohida qayd etish kerakki, bu haykalchalar ona tasviridagi ilohiylashtirilgan musiqa chalayotgan, raqs ijro etayotgan, turli afsonaviy harakatlar namoyish qilingan. Baqtriya hududlarida aholining o‘troq holda joylashuvi dehqonchilikning shakllanishiga asos solib, madaniy taraqqiyotni jadallashtirib, Kushon hududidagi Dashtli, Mirshodi kabi qadimiy aholi manzilgohlari nihoyatda kuplab manbalarni fanga taqdim etadi. Kushon davlatiga qarashli Qizilcha-1, II, III va Mirshodi hududidan bug‘doy, arpani yanchadigan mehnat qurollari, temir o‘roq, turli xil mehnat qurollari va bronza, toshdan ishlangan mehnat qurollari topildi. Kushon davlatida Surxon vohasiga xos sopolni 11 turi va Qizilcha II-III ga taalluqli mexanik charxda tayyorlangan silliq ishlangan sopol idishlar topildi. Kushon davlati hududidagi Qizilcha-VI dagi manbalarda miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oid to‘rt xonali yashash joy ochib o‘rganilib, yashash joy 42 kv metrni, xo‘jalik xonasi 21,3-23 kv-metrni tashkil etgan. Qurilish mustahkam inshootlar uslubida, qalin devor hamda to‘g‘ri to‘rtburchak, iqlim sharoiti hisobga olingan holda qurilgan.
So‘nggi yillarda o‘zbek arxeologlari qadimgi Baqtriya hududida bronza davriga, yani mil.av. II ming yilliklarga oid bir qator yangi yodgorliklar topdiki, bu yodgorliklarning tashqi tuzilishi, topilayotgan moddiy madaniyat namunalarini Qadimgi Sharqdagi, jumladan Mesopatamiya, Xarappa, Markaziy Eronning bronza davri yodgorliklari moddiy madaniyati bilan taqqoslash imkoniyati tug‘ildi.
Jarqo‘ton yodgorligi 100 gektarga yaqin maydonni tashkil etadi. Bu yodgorlikda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida ilk shaharlarga xos bo‘lgan ibodatxona, hukmdorlar saroyi, mudofaa inshootlari, xunarmandchilik inshootlari, aholi yashaydigan uylar qoldiqlari va ko‘plab yuqori moddiy madaniyat namunalari topildiki, shu osori – atiqalar natijasida Jarqo‘ton yodgorligi Vatanimiz hududidagi eng qadimgi shahar xarobasi ekanligiga shubha qolmadi. U 3 gektarlik arki a’lo va keng hududdagi shahristondan iborat.
Yodgorlikning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan ark 1-1,5 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arkka kiradigan darvoza uning janub tomonida joylashgan. Ark ichida tosh to‘shalgan yo‘laklar qurilgan bo‘lib, shu yo‘laklar ark ichidagi saroy va uylarni bog‘lab turgan.
Arkning g‘arbiy tomonida saroy joylashgan. U kvadrat shaklli bo‘lib, tomonlari 42 metrni tashkil etadi. Saroyning tashqi mudofaa devori 4 m qalinlikda. Devor qalin bo‘lishiga qaramay binoning tashqi tarafida, yani burchak va tomonlarida burjlar ham qurilgan. Bu qurilish usuli Saroyning qattiq mudofaa qilinganligini ko‘rsatadi. Bino ichida devor bo‘ylab xonalar qurilgan, markaziy qismida esa supa joylashgan.
Arkning ichida boshqa uylar o‘rni ochilgan bo‘lsada, ular monumental xarakterga ega emas. Bu uylarda saroy a’yonlari yashagan deb aytish mumkin.
Jarqo‘ton yodgorligining katta qismini shahriston tashkil etadi. Shahristonda ibodatxona, aholi yashagan uylar qoldig‘i, xunarmandchilik dastgohlari, omborxonalar joylashganligi kuzatilmoqda. Shahar aholisi yashagan uylar bir biriga jips qurilganligi bilan xarakterlanadi. Binolar katta-katta, to‘g‘ri to‘rt burchakli xom g‘ishtlardan qurilgan.
Shahristonning eng baland va markazida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklli olov ibodatxonasi joylashgan. Ibodatxona ham saroy singari qalin mudofaa devori bilan o‘ralgan. Saroyda to‘g‘ri to‘rt burchak shaklli burjlar, bu yerda esa yarim doira shaklli burjlar qurilgan. Ibodatxonaga kirish janub tomondan bo‘lgan. Ibodatxonaning ichki qurilishi ikki – ishlab chiqarish va ibodat amallari bajariladigan ilohiyat qismlaridan iborat.
Ibodatxonaning ishlab chiqarish qismda yo‘lak orqali o‘zaro bog‘langan xonalar joylashgan bo‘lib, ularda diniy aqidalarni bajarish davomida zarur bo‘ladigan har xil ilohiy haykallar, sarxush qiluvchi ichimliklar, bronza va boshqa ashyolardan sig‘inish anjomlari tayyorlangan.
Jarqo‘tonliklarning ibodat amallari majmuaning muqaddas qismida amalga oshirilgan. Bu yerda me’moriy qurilmalar faqat ibodat uchun, ibodatga olib kelingan «nazirlik»larni saqlash uchun qurilgan. Doimiy olov yonib turgan altarlar, ilohiy suv chiqib turadigan quduqlar, mu’bodlar – din peshvolari o‘tiradigan va ziyoratchilarni qabul qiladigan mahobatli xonalar, nazirliklarni saqlaydigan omborxonalar olov ibodatxonaning ilohiyat qismida joylashgan.
Arkda joylashgan hukmdorlar saroyi shaharning kun botish tomonida, otashparastlar ibodatxonasi esa uning kunchiqar tomonida joylashgan bo‘lib, ular uzoq-uzoqlardan ko‘zga tashlanib turgan.
Bu monumental ikki inshoot, bir tomondan qadimgi shaharning diniy va dunyoviy boshqaruv tizimidagi asosiy shaharsozlik madaniyatining ko‘rki bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu yirik aholi punktining shahar deb atalishiga mazmun va ma’no bergan muhim ikki omildir.Shahristonda ibodatxonadan tashqari shahar aholisi istiqomat qilgan ko‘plab uy o‘rnilari, kulollar mahallasi, chilangarlik ustaxonalari kabi ko‘plab inshoot qoldiqlari o‘rganildiki, natijada jarqo‘tonliklarning yashash tarzi, hunarmandchilikda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar to‘plandi. Hunarmandchilik ashyolarining sifati nihoyatda baland bo‘lganligi bois, tadqiqotchilar o‘rtasida bu mahsulotlar bozor uchun tovar sifatida ishlab chiqarilgan degan fikrni uyg‘otgan. Haqiqatdan ham Jarqo‘ton sopollarining Shimoliy Qozog‘iston va Sibir hududlarida uchrashi bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.Jarqo‘tonliklar Qadimgi Sharq dunyosining eng rivojlangan madaniyat markazlari – Shumer, Xarappa, Eron shahar-davlatlari bilan yaqindan madaniy aloqalar o‘rnatgan va xalqaro savdoga asos solishgan. Eronda yasalgan xlorid toshdan yasalgan bejirim idishlar, Hindistondan keltirilgan fil suyagidan yasalgan ashyolar, Shumerliklarga xos bo‘lgan muhrlarning Jarqo‘tondan topilishi fikrimizning isboti bo‘ladi.Jarqo‘ton yodgorligining janubida shahar qabristoni joylashgan. Arxeologlar 2000 dan oshiq qabrni ochib o‘rgandilar. Natijada, jarqo‘tonliklarning narigi dunyo borasidagi qarashlari, mayitni ko‘mish odatlari haqida ham tasavvurlar paydo bo‘ldi. Jarqo‘tonliklar mayitni g‘ujanak holatda, erkaklarni o‘ng, ayollarni esa chap biqini bilan, boy ashyolar bilan ko‘mishni odat qilganlar. Arxeologlar ayrim qabrlarda mayit bilan birga 50 dan oshiq ashyolar ko‘milganligining guvohi bo‘lganlar. Ayollar taqinchoqlar va ayollar mehnatini xarakterlaydigan urchuq, igna va to‘qimachilik asboblari kabi mehnat qurollari bilan, erkaklar esa jang va dehqonchilik qurol-aslahalari bilan ko‘milgan.Jarqo‘tonliklar yozuvning ibtidoiy turi – piktografik yozuvga ham asos solganlar. Hozirgacha arxeologlar 52 xil belgi chizilgan piktografik yozuvni topishga muaffaq bo‘ldilar. Bu belgi-yozuvlar sopol parchalariga bitilgan bo‘lib, aylana, xoch, to‘g‘ri chiziq va har xil zoomorf belgilar ko‘rinishida ifodalangan.Jarqo‘ton yodgorligidan xususiy mulk belgisi – muhrlarning topilishi bu yerda nafaqat ilk shaharsozlik balki ilk davlatchilikka ham asos solinganligini ko‘rsatadi. Muhrlar bronza, sopol, tosh va gipsdan yasalgan bo‘lib, yuksak mahorat bilan ishlangan. Muhrlar yuzasida har xil handasaviy shakllar, hayvonlar, insonlar har xil holatlarda ifodalangan. Jarqo‘ton yodgorligini nafaqat ilk shahar, balki shahar-davlat davlat yoki «voha-davlat» deb atash ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek shaharsozlik va davlatchilik masalalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir masalaning ikki tomoni sifatida namoyon bo‘lmoqda.Jarqo‘ton shahri aholisining diniy qarashlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar to‘plandi. Qabrlarda inson suyaklari bilan birga uchraydigan sopol idishlarda go‘shtli ovqatlarning bo‘lganligini ko‘rsatuvchi har xil hayvon suyaklarining, bug‘doy urug‘i qoldiqlarining uchrashi jarqo‘tonliklarning narigi dunyo tushunchasining mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Jarqo‘ton ibodatxonasining ochilishi esa markazlashgan dinning shakllanganligini, jamoa hayotida dindorlarning o‘rni katta bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Download 59,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish