Zahoki moron qal'asi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Miloddan avvalgi II asrda Qarshi voxasida, Yerqoʻrgʻondan janubroqda Qarshi shahrining temir yo'l vokzali yaqinida katta qalʼa - qalʼai zaxoki maron bunyod etiladi. Qalʼaning markaziy qismida to'rtburchak shakldagi ulkan qasr mavjud boʻlib, u taxminan 100x100 m hududga va 15 metrgacha balandlikka ega boʻlgan. u 200x200 m li birinchi qator devori bilan oʻralgan boʻlib, ikkinchi qator esa 400x400m hududga ega boʻlgan. Uchinchi (saqlanib qolmagan) qator, akademik m.e.masson fikricha, 1.5x1.5 km hududga ega boʻlgan. Ushbu uchinchi qator devorlarini m.e.masson revolyutsiyadan oldingi topografik xaritalar yordamida tiklamoqda. Minora ham devor kabi mil. Av. V-IV asrlarda bir necha marotaba qayta qurilgan. Zahoki maron qalʼasining oʻz arxitektura prototipi skiflarning babaishmulla qalʼasi boʻlib, u sharqiy orolboʻyida joylashgan chirikrabot madaniyatiga tegishli xududdan topilgan. zahoki maron qalʼasi hududi va uning gipertroflangan fortifikatsiyasi bu erda Soʻgʻdning yangi xonliklariga oid qurilishlar mavjud boʻlganligini koʻrsatib turadi. Ularning xukmronlik doirasi naxshabdan ham oʻtib ketib, butun Soʻgʻd hududlarigacha yoyilgan. Yerqoʻrgʻondagi shahar oʻzining ellinlashgan madaniyati bilan birga Qarshi vohasining hunarmandchilik, savdo va madaniyat markazi rolini saqlab qolgan edi. yangi hokimlarning Yerqoʻrgʻonga eʼtibor berayotganligi xaqida shu narsa dalolat beradiki, shahar kattalashib borar edi, u ikkinchi himoya devori bilan oʻrab olinadi va bu devor 150 gektarga yaqin xududni tashqi xavfdan saqlab turar edi. Yerqoʻrgʻon tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda boʻlib, har 60 metrda yarim doirali minoralar qurilgan edi. Devorning tepa qismida devor ichi koridori, oʻq-yoychilar xonalari mavjud boʻlgan.
Yerqoʻrgʻonning shimoliy-gʻarbiy tomonida qazish ishlari olib borilganda shu davrga tegishli zardushtiylik ibodatxonasi ham topildi. Milodiy III asrdan boshlab Yerqoʻrgʻonda shaharsozlik yangi sifat bosqichiga koʻtariladi. Yerqoʻrgʻonda katta xajmdagi qurilish ishlari olib borilgan boʻlib, bu erda shahar ibodatxonasi, hukmdor qasri, tsitadel bunyod etilgan xamda ichki va tashqi devor qayta taʻmirlangan. Kulollar va temirchilarning xududlari kengayib borgan.
Xionitlar va eftalitlar davrida Yerqoʻrgʻon markaziy osiyoning gullab-yashnagan shaharlaridan biri boʻlgan. Markaziy shahar atrofida shahar oldi aglomeratsiyasi tashkil topa boshlagan. Qarshi vohasining III-IV asrlardagi poytaxt markazida bunyod etilgan jamoat binolaring mohiyatiga toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiqdir. Shahar infratuzilmasi murakkab koʻrinishga ega boʻla boshlaydi. U alohida birliklarga boʻlinar edi. Koʻchalar ibodatxona, qasr va tsitadelga olib borar edi. III-IV asr shahar tuzilmasi ikki qatlamli baland devor bilan chegaralangan boʻlib, jamoat binolari shakli bilan belgilangan. Ular shahar ijtimoiy hayotining yoʻnaltiruvchisi boʻlib, maʻmuriy,diniy hamda mudofaa markazlari hisoblangan. Yerqoʻrgʻonning kulollar va temirchilar mahallalarida bunyod etilgan inshootlarning oʻziyoq bu erda shaharsozlik juda rivojlanganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |