Afrosiyob Education
Majburiy fan
1.
Qaysi gapda qo’shma fe’l qo’llangan?
A) Men aytgan gaplarni beixtiyor ularga aytib qo‘yishlari mumkin.
B) Shoir Toshkentga ishga taklif etildi.
C) Ayrim namunalar misolida shoir she’rlarining badiiyati darajasini ko‘rib
chiqish mumkin.
D) Deyarli har bir baytda mana shunday yorqin obraz bor va u davomiy
hamda izchildir.
2.
Sinekdoxa
usulida ma’no ko’chishi berilmagan javobni toping.
A) Kechgacha tuz totmadi
B) Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq
C) Yuzlar, ko‘zlar boqar edi biztomon
D) Pushkinni o‘qidim
3.
Uyushiq ega qo’llangan javobni toping.
A) Endi qizlar charchashib, terlashib... t
og‘ning ustiga chiqib olishdi.
B) Shu payt hovliga Davron aka bilan Iskandarov kirib kelishdi.
C) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda chumchuqlar
chirqillashadi.
D) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo‘yardi.
4.
Qaysi qatorda -
lan qo‘shimchasi orqali yasalgan so‘zlar berilgan?
A) shaklan, xayolan B) tinchlan, ikkilan
C) uylan, o‘ylan D) tayyorlan, oziqlan
5.
Ma`noviy sinonimlar berilgan qatorni aniqlang.
A) ho`l, shalabbo B) respublika, jumhuriyat
C) tilshunoslik, lingvistika D) doston, poema
6.
Orttirma nisbat shakllari berilgan qatorni aniqlang.
A) ishlatmoq, kirgizmoq B) bitirmoq, aytmoq
C) anglamoq, asramoq D) o‘tkazmoq, topmoq
7.
Qaysi paronim juftliklar tarkibidagi fonemalar tovushlarning fiziologik
tomoni jihatdan farqlanmaydi?
A) mart-mard B) xirs-hirs C) taxt-baxt D) qand-pand
8.
Shahrimizda baland binolar hamda go‘zal bog‘lar ko‘p. Ushbu gapda
qanday bog‘lovchi qo‘llanilgan?
A) ayiruv b
og‘lovchisi
B) biriktiruv bog‘lovchisi
C) inkor bog‘lovchisi
D) zidlov bog‘lovchisi
9.
x va h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda
namoyon bo‘ladi?
A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra B) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
C) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra
10.
Inson umrining hisobli ekanligini hamisha kech anglaydi. Ushbu gapda
qanday fonetik o‘zgarish kuzatilgan?
A) tovush almashishi B) tovush tushishi
C) tovush ortishi D) tovush tushushi va almashishi
11.
Tarkibida portlovchi undosh nisbatan ko‘proq qatnashgan so‘zni
toping.
A) komil B) halovat C) maqsad D) suvsiz
12.
Bugun soat uchlarda kelaman. Berilgan gapdagi
–lar qo‘shimchasi
qanday ma’noni ifodalaydi?
A) ko‘plik ma’nosi B) hurmat ma’nosini
C) t
axmin ma’nosi
D) belgini kuchaytirish ma’nosini
13.
Tarkibida portlovchi qatnashmagan so’zni
toping.
A) suvsiz B) maqsad C) halovat D) komil
14.
Na muattar chamanzorlar, na muhtasham qo`shiqlar, na kumushlangan
hovuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar
–
birortasi uni
qiziqtirmadi. Ushbu gapda nechta yasama so`z bor?
A) 4 ta B) 2ta C) 3 ta D) yo`q
15.
Qaysi gapda narsa yoki shaxsning o'lchovini ifodalash uchun qo'llangan
hisob so'z alohida olinganda predmet ma'nosini bildirmaydi?
A) Yoinki bir asr zindonda yotmoq, nodon suhbatidan ko'ra yaxshiroq.
B) Uyga kirmadingiz-da, aka. Bir payola choy ustida suhbatlashar edik.
C) Bizning ikki nafar o'quvchimiz shahar olimpiadasida faxrli o'rinlarni
egallashdi.
D) Bizning uyimizdan yuz qadamcha yurilsa, "Oqmasjid" mahallasiga
chiqiladi.
Ushbu test afrosiyob education kanali uchun
mxsus tayyorlandi.
Kanal
: @ona_tili_adabiyot_afrosiyob
Test muallifi:
Ziyodullo Polvonov
AFB
RM
@Rahmat_Mustofoyevich
+998939962244
Do'stlaringiz bilan baham: |