Afrikaning shimoli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun sharoit yaratgan daryo – ...
A) Kongo B) Nil C) Frot D) Dajla
Nil daryosi qaysi dengizga quyiladi?
A) O’rta yer B) Qizil
C) Arab D) Kaspiy
“Delta” so’zi qaysi tildan olingan?
A) arab B) misr C) yunon D) shumer
Qaysi hudud “Qora tuproq” deb atalgan?
A) Misr B) Nubiya C) Liviya D) Falastin
Odamlar qachon Nil daryosi qirg’oqlaridagi yerlarni o’zlashtirishga bel bog’ladilar?
A) mil. avv. VI mingyillik boshlarida
B) mil. avv. V mingyillik oxirlarida
C) mil. avv. IV mingyillik boshlarida
D) mil. avv. III mingyillik o’rtalarida
Qadimgi misrliklar qanday kasb-kor bilan mashg’ul bo’lganlar?
A) dehqonchilik B) chorvachilik
C) hunarmandchilik D) A, B, C
Qadimgi Misr hunarmandlari ... dan ziyod kasb-korlarni bilganlar.
A) 10 B) 20 C) 30 D) 40
Oddiy misrliklarning uyi … qurilgan.
A) somon qo’shilgan xom g’ishtdan
B) loy suvalgan papirus poyasidan
C) guvala va paxsadan
D) toshdan
Qadimgi Misr kemasozlari qayiqlarni nimadan yasashgan?
A) qamishdan B) papirusdan
C) yog’ochdan D) A, B, C
MIsrda ilk davlatlar nima deb atalgan?
A) senat B) polis C) nom D) en
Misrda mayda davlatchalar o’rniga nechta yirik davlat tuzildi?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta E) 6 ta
Ilk marotaba Misr qachon va kim tomonidan yagona davlatga birlashtirildi?
A) Mil. avv. 3000-yilda, Menes tomonidan
B) Mil. avv. 2800-yilda, Snofru tomonidan
C) Mil. avv. 2600-yilda, Xufu tomonidan
D) Mil. avv. 2250-yilda, Mentuxatep tomonidan
Birlashgan Misr podsholigining birinchi poytaxti qaysi shahar edi?
A) Avaris B) Memfis
C) Fiva D) Gerakleopol
Misr podsholari nima deb atalgan?
A) Nomarx B) Satrap C) Fir’avn D) Tiran
Olimlar Misr tarixini qanday davrlarga ajratishgan?
A) birinchi, ikkinchi, uchinchi
B) Ilk, O’rta, So’nggi podsholik
C) Eski, O’rta, Oxirgi podsholik
D) Ilk, Qadimgi, O’rta, Yangi, So’nggi podsholik
O’rta podsholik davrida Misrning poytaxti … shahri edi.
A) Memfis B) Fiva C) Sais D) Avama
Misr janubda … bilan chegaradosh edi.
A) Nubiya B) Liviya C) Falastin D) Suriya
Sinay yarimorolida nima qazib olingan?
A) temir B) mis C) qalay D) rux
Falastin va Suriya qanday qazilmalarga boy edi?
A) oltin va kumush B) temir va qo’rg’oshin
C) qalayi va rux D) mis va temir rudasi
O’rta podsholik davrida Misr qaysi hududni bosib oldi?
A) Nubiya va Liviyani
B) Falastin va Suriyani
C) Sinay yarimorolini
D) Barcha javoblar to’g’ri.
Mil. avv. XVIII asr oxirida Misrga hujum qilgan ko’chmanchi qabilalarni aniqlang.
A) arablar B) yahudiylar
C) liviyaliklar D) giksoslar
Giksoslar … bosib oldilar.
A) Quyi Misrni B) Yuqori Misrni
C) Nil deltasini D) butun Misrni
Giksoslarga itoat etmagan nomni aniqlang.
A) Fiva B) Avaris
C) Bubastis D) Geliopol
Bosqinchi giksoslarning zulmidan ozod bo’lish uchun Yuqori Misrning nomlari qaysi nom fir’avni tevaragida birlashdilar?
A) Memfis B) Abidos
C) Fiva D) Sunnu
Giksoslarni tor-mor etib, mamlakatdan haydab chiqargan fir’avn kim?
A) Tutmos II B) Yaxmos
C) Kamesu D) Xufu
... zamonidan Yangi podsholik davri boshlanadi.
A) Ramzes III B) Xoremxeb
C) Yaxmos D) Tutanxamon
Yangi podsholik davrida Misr fir’avnlari o’z armiyasini qanday yangi qurollar bilan qurollantirganlar?
A) tabarzinlar B) jangovar aravalar
C) qilichlar D) A, B, C
Yangi podsholik davrida Misrga xiroj to’lashga majbur bo’lgan mamlakatni aniqlang.
A) Nubiya B) Liviya C) Punt D) Suriya
Yangi podshlik davrida Misr qaysi mamlakatni bosib oldi?
A) Nubiyani B) Falastinni
C) Sinayni D) Suriyani
Falastinni bosib olgan Misr fir’avnini aniqlang.
A) Ramzes XI B) Tutmos II
C) Yaxmos D) Tutmos III
Mil. avv. VII asrda Misr ...
A) forslar tomonidan bosib olindi.
B) gullab-yashnadi.
C) yana yagona davlatga birlashdi.
D) inqirozga yuz tutdi.
Eron shohi Kambiz Misrni qachon bosib oldi?
A) mil. avv. 523 yilda B) mil. avv. 524 yilda
C) mil. avv. 525 yilda D) mil. avv. 526 yilda
Misr poytaxti – Memfis shahrining homiy xudosi - ...
A) Ptax B) Apis C) Amon D) Xapi
Xudo Ptax qanday qiyofda tasavvur etilgan?
A) mushuk B) ho’kiz C) eshak D) arslon
Misrliklarning ‘ng asosiy xudosi - …
A) Set B) Osiris C) Amon-Ra D) Izida
Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi qayerda bo’lgan?
A) Memfisda B) Fivada
C) Abidosda D) Geliopolda
Hozirgi kunga qadar Abidos shahrida xudo … ibodatxonasi xarobalari saqlanib qolgan.
A) Amon-Ra B) Osiris
C) Xatxor D) Anubis
Misr xudolari va ularnig vazifalari qaysi variantda to’g’ri berilgan?
1. Xapi 2. Osiris 3. Set
4. Xatxor 5. Maat 6. Anibus
7. Tot 8. Amon-Ra
a) Nil xudosi, hayot manbai va posboni
b) Omadsizlik, sahro va bo’ron xudosi
c) yer osti saltanati xudosi
d) adolat va adliya ilohasi
e) musiqa, go’zallikva ishq ilohasi
f) Oy, donishmandlik va tabiblik xudosi
o) marhumlar va mo’miyolar xudosi
t) Quyosh xudosi, fir’avnlarning homiysi
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-e, 5-d, 6-o, 7-f, 8-t
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-o, 6-d, 7-t, 8-f
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-t, 6-f, 7-t, 8-o
D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-f, 6-o, 7-t, 8-e
Piramidalar – bu ...
A) fir’avnlar dafn etilgan maqbara.
B) boyliklar saqlangan joy.
C) Misr fir’avnlari saroyi.
D) ibodatxona
Eng mashhur piramidalar … shahrida bunyod etilgan.
A) Memfis B) Giza
C) Abu-Simbel D) Fiva
Qaysi piramidalar jahonning yetti mo’’jizasidan biri hisoblanadi?
A) Xufu B) Xafra
C) Menkaura D) A, B, C
Eng katta piramida – Xufu (Xeops) piramidasining balandligi ...
A) 137 m. B) 146 m. C) 147 m. D) 156 m.
Xufu piramidasi qurilgan sanani aniqlang.
A) mil. avv. 1500-y. B) mil. avv. 2000-y.
C) mil. avv. 3000-y. D) mil. avv. 2600-y.
Xufu piramidasi har biri ikki tonnadan og’irroq bo’lgan … tosh bloklaridan tashkil topgan.
A) 2 mln B) 2, 5 mln C) 3 mln D) 3, 5 mln.
Sfinks nima?
A) boshi eshak, tanasi odamsimon ro’dapolar
B) tanasi arslon, boshi odamsimon haykal
C) tanasi timsoh, boshi eshaksimon maxluq
D) boshi timsoh, tanasi odamsimon haykal
Qaysi podsholik davridan boshlab Misrda piramidalar qurilmay qo’ydi?
A) Qadimgi B) O’rta C) Yangi D) So’nggi
Eng mashhur maqbara qaysi fir’avnga tegishli edi?
A) Amenxotep II ga B) Tanutamonga
C) Tutanxamonga D) Yaxmosga
Qadimgi misrliklar odam vafot etgandan keyin marhumlar saltanatida umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo bu yerdagi hayot Osiris sudining natijasiga bog’liq bo’ladi. Sudda tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa ... qo’yiladi.
A) uning savob ishlari B) uning gunohlari
C) uning toat-ibodatlari D) qush patlari
Nima sababdan misrliklar inson jasadini mo’miyolashgan?
A) qiyomat kunida unga ruh kirishi uchun
B) Osiris qarshisida go’zal qiyofada qad rostlash uchun
C) marhumning avlodlari uni eslab yurishlari uchun
D) To’g’ri javob berilmagan.
Odam jasadini mo’miyolash … davom etgan.
A) 7 hafta B) 70 kun C) 2 oy D) yarim yil
Ma’lumki, qadimgi misrliklar deyarli barcha hayvonlarni ilohiylashtirganlar. Ularning nazarida qumursqalar orasida ... alohida hurmat-e’tiborga sazovor edi.
A) chumoli B) qo’ng’iz
C) chayon D) o’rgimchak
Misrliklarning Bastet degan ilohasi qaysi hayvon qiyofasida tasavvur etilgan?
A) it B) mushuk C) ho’kiz D) timsoh
Yozuvni Misrda nima deb atashgan?
A) “xudolar kalomi” B) “sirli so’zlar”
C) “muqaddas so’zlar” D) “kohinlar kalomi”
Misr yozuvini yunonlar nima deb atashgan?
A) alfavit B) alifbe
C) iyeroglif D) mixxat
Qadimgi Misr yozuvi nechta belgi rasmdan iborat bo’lgan?
A) 600 ta B) 700 ta C) 750 ta D) 800 ta
Misr iyerogliflarini o’qib chiqqan mashhur olim kim?
A) Fransua Shampalyon B) Evgeniy Dyubua
C) Roulinson D) Karsten Nibur
Qadimgi misrliklar yozuvini asosan nimalarga yozganlar?
A) Qog’ozga B) Loy-lavhalarga
C) Papirusga D) Pergamentga
Misr matnlarini o’qish kaliti qachon topildi?
A) 1798-yilda B) 1799-yilda
C) 1822-yilda D) 1828-yilda
Rozetta bitiktoshi qayerda saqlanmoqda?
A) Parijdagi Luvr muzeyida
B) Londondagi Britaniya muzeyida
C) Qohiradagi davlat muzeyida
D) Peterburgdagi Ermitaj muzeyida
Qadimgi Misrda rivojlangan bilim sohalarini aniqlang.
A) matematika, geometriya
B) astronomiya, tibbiyot
C) tarix, georgrafiya
D) A va B
Birinchi taqvim qayerda kashf etilgan?
A) Misrda B) Bobilda
C) Eronda D) Turonda
Qaysi mamlakat astronomlari dunyoda yulduzlar xaritasini tuzganlar?
A) Xitoy B) Turon C) Hindiston D) Misr
Qanday sabablar qadimgi Misrda geometriya fanining rivojlanilshiga olib kelgan?
A) kanallar qazish
B) imorat va inshootlar qurish
C) maydon, sath va hajmlarni o’lchash
D) Yuqoridagilarni barchasi
Misrliklar kasallarni muolaja qilishda ... keng foydalanganlar.
A) ko’katlar damlamasidan B) mineral suvlardan
C) tuzdan D) A, B, C
Misrda asosiy o’lchov birligi … edi.
A) tirsak B) kaft C) barmoq D) A, B, C
“Podsho tirsagi” ... ga teng bo’lgan.
A) 50 sm B) 52, 5 sm
C) 58, 2 sm D) 62, 3 sm
Misrda vaqt … yordamida o’lchangan.
A) qum soatlari B) suv soatlari
C) mexanik soatlar D) A, B, C
... matematika, arxitektura, tibbiyot va boshqa sohalardagi yutuqlarni misrliklardan o’zlashtirib olishgan.
A) eronliklar B) xitoyliklar
C) hindlar D) yunonlar
Qadimgi Misr adabiyotiga taaluqli asarni aniqlang.
A) “Ikki aka-uka haqida ertak”
B) Izida va Osiris haqida afsona
C) “Sinuxet hilkoyasi”
D) A, B, C
Frot va Dajla oralig’ini yunonlar nima deb atashgan?
A) Mesopotamiya B) Iroq
C) Nubiya D) Falastin
Jahon to’foni – dunyoni suv bosganligi haqida afsona qaysida vujudga kelgan?
A) Misrda B) Eronda
C) Mesopotamiyada D) Turoda
Qaysi daraxtni Mesopotamiyada «hayot daraxti” deb atashgan?
A) olma B) xurmo C) jenshen D) o’rik
Janubiy Mesopotamiya nima deb atalgan?
A) Shumer B) Akkad
C) Bobil D) Ossuriya
Mesopotamiyada shumerlarning manzilgohlari qachondan vujudga kela boshladi?
A) mil. avv. V mingyillikda
B) mil. avv. IV mingyillikda
C) mil. avv. III mingyillikda
D) mil. avv. II mingyillikda
Qachon akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar?
A) mil. avv. IV mingyillik o’rtalarida
B) mil. avv. III mingyillik oxirlarida
C) mil. avv. II mingyillik boshlarida
D) mil. avv. I mingyillik oxirlarida
Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti … bo’lgan.
A) dehqonchilik B) chorvachilik
C) hunarmandchilik D) savdo-sotiq
Suriyadan Mesopotamiyaga nima keltirilar edi?
A) oltin, kumush B) mis, qalayi
C) noyob toshlar D) kedr yog’ochi
Mesopotamiyada og’irlik o’lchovi - “mino” ... kumushga teng bo’lgan.
A) 350 gr B) 450 gr C) 550 gr D) 650 gr
Eng qadimgi yozuv – mixxatni kimlar ixtiro qilganlar?
A) misrliklar B) shumerlar
C) akkadlar D) o’zbeklar
Mil. avv. IV mingyillik oxirida Mesopotamiyada vujudga kelgan shahar-davlatlarni aniqlang.
A) Kish, Abidos, Larsa, Ur
B) Ur, Megiddo, Fiva, Lagash
C) Uruk, Umma, Lagash, Ur
D) Uruk, Kish, Suz, Abidos
Mesopotamiya xudolari va ularning vazifalari noto’g’ri berilgan javobni toping.
A) Shamash – Quyosh xudosi
B) Sina – Oy xudosi
C) Ea – osmon xudosi
D) Ishtar – hosildorlik va muhabbat, urush va g’alaba xudosi
Mil. avv. III mingyillikda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi … bo’lgan.
A) Uruk B) Umma C) Lagash D) Ur
Mil. avv. III mingyillik o’rtalarida Lagash davlati …
A) vujudga keldi. B) yuksala boshladi.
C) inqirozga uchradi. D) bosib olindi.
Ma’lumki, Mesopotamiya shahar-davlatlarini podsholar boshqarganlar. Ular davlatni nimaga tayanib idora qilar edilar?
A) aslzodalarga B) kohinlarga
C) qo’shinga D) A, B, C
Gilgamesh qaysi shaharning podshosi bo’lgan?
A) Uruk B) Bobil C) Umma D) Lagash
Gilgameshning do’sti bo’lgan pahlavonni aniqlang.
A) Sargon B) Enlila
C) Enkidu D) Zimrilim
Gilgamesh izlagan boqiy hayot giyohi qayerda o’sgan?
A) baland tog’larda B) cho’l va sahroda
C) dengiz tubida D) o’zga sayyorada
Boqiy hayot giyohini Gilgameshdan kim o’g’irlab ketadi?
A) sher B) ilon C) ajdar D) timsoh
Mil. avv. III mingyillik o’rtalarida butun Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan podshoni aniqlang.
A) Sargon I B) Xammurapi
C) Ur-Nammi D) Gilgamesh
Sargon I faoliyati bilan bog’liq voqealarni aniqlang.
A) U barcha shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etdi.
B) U jahon tarixida birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzadi.
C) U «To’rt iqlim podshosi” unvonini oldi.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
Qachon Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi?
A) mil. avv. IV mingyillikda
B) mil. avv. III mingyillikda
C) mil. avv. II mingyillikda
D) mil. avv. I mingyillikda
Bobil shahrining nomi qanday ma’noni anglatadi?
A) «Ulug’ shahar» B) «Xudolar darvozasi»
C) «Yangi shahar» D) «Xudolar maskani»
Bobilning bosh ko’chasi … bilan tugallangan.
A) podsho saroyi B) Ishtar darvozasi
C) Marduk ibodatxonasi D) asosiy bozor
Mil. avv. XVIII asrda butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirgan podshoni aniqlang.
A) Rimsin B) Kashtariti
C) Salamansar D) Xammurapi
Qonunlar majmuasini ishlab chiqqan Bobil podshosini aniqlang.
A) Sumuabum B) Rimsin
C) Xammurapi D) Navuxodonosor I
Xammurapi qonunlariga ko’ra, arxitektor qurgan uy ag’anab, biror kishini bosib qolsa, …
A) arxitektorning qo’li kesilishi kerak edi.
B) u qatl etilishi kerak edi
C) u jarima to’lashi kerak edi.
D) u 3 yil muddatga qullikka berilishi kerak edi.
Xammurapi deyarli … davomida qo’shni mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib bordi.
A) 10 yil B) 20 yil C) 30 yil D) 40 yil
Xammurapi vafotidan so’ng Bobilni kimlar bosib oldi?
A) guteylar B) shumerlar
C) kassitlar D) amoriylar
Yangi Bobil podsholigi qachon tashkil topdi?
A) mil. avv. VIII asrda
B) mil. avv. VII asrda
C) mil. avv. V asrda
D) mil. avv. IV asrda
Qaysi podsho davrida Bobil o’z ravnaqining cho’qqisiga yetdi?
A) Navuxodonosor I B) Nabopalasar
C) Navuxodonosor II D) Valtasar
Navuxodonosor II ...
A) Misrni Bobil podsholigiga qo’shib oldi.
B) Iyerusalim (Quddus) ni vayron qildi.
C) Bobilni bo’ysunmas qal’aga aylantirdi.
D) A, B, C
Navuxodonosor II davrida Bobilning ... darvozasi bo’lgan.
A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 10 ta
Qachon eronliklar lashkari Bobilga bostirib kirdi?
A) mil. avv. 540-yilda B) mil. avv. 539-yilda
C) mil. avv. 538-yilda D) mil. avv. 537-yilda
Forslarni Bobildan kim haydab chiqardi?
A) Makedoniyalik Aleksandr B) Yaxmos II
C) Navuxodonosor II D) Salavka
Aleksandr vafotidan so’ng Bobil … tarkibiga kirdi.
A) Misr podsholigi B) Sosoniylar davlati
C) Parfiya podsholigi D) Salavkiylar davlati
Shumerlar … yaratdilar.
A) sanoq tizimini
B) quyosh va oy kalendarlarini
C) qog’qozni D) A va B
Mesopotamiyada qanday fanlar bo’yicha ilmiy bilimlarga ega bo’lganlar.
A) matematika, astronomiya
B) tibbiyot, geografiya
C) ximiya, biologiya D) A va B
Dunyoning yaratilishi haqidagi eng qadimgi asotirlardan biri qayerda yaratilgan?
A) Mesopotamiyada B) Falastinda
C) Arabistonda D) Yunonistonda
Old Osiyoda mil. avv. II mingyillikda tashkil topgan davlatlarni aniqlang.
A) Xett, Mitanni, Ossuriya
B) Urartu, Finikiya
C) Xitoy, Hindiston D) A va B
Xett podsholigiga qachon asos solindi?
A) mil. avv. XIX asrda B) mil. avv. XVIII asrda
C) mil. avv. XVII asrda D) mil. avv. XVI asrda
Xett davlatining poytaxti - …
A) Nesa B) Kussar
C) Xattusa D) Burusxand
Xettlar qaysi mamlakat shaharlarini bosib oldilar?
A) Suriya B) Urartu
C) Bobil D) Mitannniya
Xettlarning xavfli raqibiga aylangan davlatni aniqlang.
A) Ossuriya B) Urartu
C) Bobil D) Mitanniy
Mitanniy armiyasida … muhim rol o’ynagan.
A) piyoda askarlar B) otliq qo’shin
C) jangovar aravalar D) A, B, C
Mil. avv. XIV asr boshlarida Xettlar podsholigi ...
A) tag’in kuchaya boshladi. B) inqirozga uchradi.
C) barham topdi. D) ravnaq topdi.
Xettlar zabt etgan mamlakatni aniqlang.
A) Ossuriya B) Suriya
C) Falastin D) Mitanni
Mil. avv. XIII asr oxirlarida Xett poytaxtini egallab, vayron etgan xalqni aniqlang.
A) “dengiz xalqlari” B) ossuriyaliklar
C) urartlar D) midiyaliklar
Xett podsholigi hozirgi qaysi mamlakat hududida joylashgan?
A) Suriya B) Turkiya C) Iroq D) Eron
Qadimgi zamonlarda ossuriyaliklar qayerda yashaganlar?
A) Frot daryosining o’rta oqimida
B) Dajla daryosining yuqori oqimida
C) Frot daryosining quyi oqimida
D) Dajla daryosining o’rta oqimida
Ossuriyaning poytaxt shaharlarini aniqlang.
A) Bobil, Ur B) Lagash, Ummma
C) Oshshur, Nineviya D) Megiddo, Tushpa
Ossuriyaliklar davlati … atroflarida vujudga keldi.
A) mil. avv. XX asr B) mil. avv. XIX asr
C) mil. avv. XVIII asr D) mil. avv. XVII asr
Qaysi hukmdor davrida Ossuriya o’z ravnaqining cho’qqisiga erishdi?
A) Salmanasar B) Tiglatpalasar
C) Nabopalasar D) Sargon II
Mil. avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda ... bosib oladi.
A) Bobil, Bibl, Tir, Sidonni
B) Falastinning bir qismini
C) Janubiy Mesopotamiyani
D) A va B
Kimlar Iyerusalims (Quddus) shahrini bosib olib, aholisini asirlikka haydab ketgan?
A) misrliklar B) eronliklar
C) ossuriyaliklar D) rimliklar
Ossuriya poytaxti – Nineviyani nima deb atashgan?
A) “Qonga botgan shahar”
B) “sherlar darasi”
C) “xudo darvozasi”
D) A va B
Qaysi podsho saroyida Old Osiyodagi eng yirik kutubxona jamlangan edi?
A) Oshshurbanipal B) Salamansar
C) Ashshurnazirpal D) Gasdrubal
Qachon Bobil Ossuriyadan ajralib chiqdi?
A) mil. avv. 638-yilda B) mil. avv. 627-yilda
C) mil. avv. 612-yilda D) mil. avv. 605-yilda
Ossuriya davlati barham topgan sanani aniqlang.
A) mil. avv. 605-yilda B) mil. avv. 612-yilda
C) mil. avv. 539-yilda D) mil. avv. 332-yilda
Urartu davlati qaysi ko’llar oralig’ida joylashgan?
A) Kaspiy, Orol, Van
B) Van, Urmiya, Sevan
C) Baykal, Hasan
D) Balxash, Issiqko’l
Qachon va qaysi hukmdor davrida Urartu davlati gullab-yashnadi?
A) mil. avv. X asrda, Argishti davrida
B) mil. avv. IX-VIII asrda, Sardur I va Menua davrida
C) mil. avv. VIII asrda, Rusa davrida
D) mil. avv. VII asrda, Menua davrida
Urartuning poytaxti qaysi shahar edi?
A) Tushpa B) Eribuni
C) Teyshebini D) Naxichevan
Mil. avv. 704-yilda qanday voqea ro’y berdi?
A) Ossuriyaliklar urartlardan yengildilar.
B) Urartlar Nineviyani bosib oldilar.
C) Ossuriyaliklar urartlar armiyasini tor-mor qildilar.
D) Urartu davlati zavol topdi.
Qachon Urartu davlati tarix sahnasidan ketdi?
A) mil. avv. 612-yilda B) mil. avv. 605-yilda
C) mil. avv. 590-yilda D) mil. avv. 551-yilda
Finikiya qayerda joylashgan edi?
A) Qizil dengiz bo’yida
B) O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’ida
C) Egey dengizi g’arbiy sohilida
D) O’rta yer dengizining g’arbiy qirg’og’ida
Finikiyadagi kedr yog’ochi nima maqsadda ishlatilgan?
A) Undan imorat qurganlar.
B) Undan o’tin sifatida foydalanishgan.
C) Undan kemalar yasashgan.
D) A, B, C
Finikiyaliklarning asosiy mashg’uloti - …
A) dehqonchilik B) hunarmandchilik
C) chorvachilik D) savdo-sotiq
Finikiyaliklar qo’shni xalqlarga nimalar sotganlar?
A) yog’och, metall va gazlamalar
B) bo’yoq, g’alla va vino
C) mato, g’alla va otlar D) A, B, C
Finikiyaning yirik dengiz shaharlarini aniqlang.
A) Tel-Aviv, Quddus, Nablus
B) Tir, Sidon, Ugarit
C) Bayrut, Damashq, Xalab
D) Izmir, Bobil, Bibl
Finikiyaliklar … a’lo darajada bilishgan.
A) qurilish ishlarini B) tabobat ishini
C) dengizchilik ishlarini D) harbiy ishni
Mil. avv. II mingyillikda finikiyaliklar qayerda koloniyalarga asos soldilar?
A) Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida
B) Afrika va Ispaniyada
C) Sisiliya va Sardiniyada
D) A, B, C
Ma’lumki, mil. avv. X-IX asrlarda Finikiyada Tir-Sidon podsholigi vujudga keldi. Bu davlatni kim va qachon bosib oldi?
A) mil. avv. VII asrda, Ossuriya
B) mil. avv. VI asrda, Eron
C) mil. avv. V asrda, Elam
D) mil. avv. IV asrda, Aleksandr
Finikiya alifbosi nechta harfdan iborat edi?
A) 25 ta B) 24 ta C) 22 ta D) 33 ta
Mil. avv. II mingyillik o’rtalarida Falastinga kimlar kelib o’rnashdilar?
A) filistimlar B) yahudiylar
C) xananeylar D) arablar
Isroil podsholigi qachon vujudga keldi?
A) mil. avv. XI asrda
B) mil. avv. X asrda
C) mil. avv. IX asrda
D) mil. avv. VIII asrda
Qachon Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi?
A) mil. avv. 612-yilda
B) mil. avv. 333-yilda
C) mil. avv. 525-yilda
D) mil. avv. 586-yilda
“Bibliya” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) “o’qish” B) “kitob”
C) “xushxabar ” D) “asos”
Mil. avv. VI asrda tashkil topgan fors podsholigiga qaysi sulola asos solgan?
A) Ahamoniylar B) Peshdodiylar
C) Kayoniylar D) Pahlaviylar
Mil. avv. IX asrda Eronga ko’chib kelgan qabilalarni aniqlang.
A) kassiylar, elamiylar
B) guteylar, lulubeylar
C) midiyaliklar, forslar
D) A, B, C
Elam davlati qachon va qayerda tashkil topgan?
A) Mil. avv. III mingyillikda, Eronning g’arbiy qismida.
B) Mil. avv. II mingyillikda, Shimoliy Eronda.
C) M.a I mingyillik boshlarida, Eronning markaziy qismida.
D) Mil. avv. I mingyillik boshlarida, Sharqiy Eronda.
Elam davlatining poytaxti qaysi shahar edi?
A) Ekbatan B) Suza C) Persepol D) Pasargad
Tarixdan ma’lumki, mil. avv. IX asrda Midiyada qabilalar ittifoqi vujudga keldi. Midiya qayerda joylashgan edi?
A) Qora dengiz shimolida
B) Egey dengizining sharqiy qirg’og’ida
C) Kaspiy dengizining janubi-g’arbida
D) Kaspiy dengizining shimoli-sharqida
Qadimgi Midiya davlati qachon va qaysi hukmdor davrida kuchli davlatga aylandi?
A) Mil. avv. VIII asrda, Kashtariti davrida
B) Mil. avv. VII asrda, Kiaksar davrida
C) Mil. avv. VI asrda, Astiag davrida
D) A, B, C
Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo’lib, …
A) Ossuriyani bosib oldi.
B) Misrga hujum qildi.
C) Elamga yurishlar qildi.
D) skiflarga zarba berdi.
Fors viloyati Eronning qaysi qismida joylashgan?
A) shimolida B) sharqida
C) g’arbida D) janubida
Qachon Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi?
A) mil. avv. 539-yilda
B) mil. avv. 530-yilda
C) mil. avv. 558-yilda
D) mil. avv. 551-yilda
Kir II bosib olgan mamlakatlarni aniqlang.
A) Midiya va Bobil B) Armaniston
C) Falastin va Finikiya D) A va B
Kir II ning kimlarga qarshi yurishi muvafaqqiyatsiz tugadi?
A) saklar va massagetlarga
B) so’g’dlar va baqtriyaliklarga
C) skiflar va xorazmliklar
D) A, B, C
Misrni bosib olgan Eron shohini aniqlang.
A) Kir II B) Doro I
C) Kambiz D) Doro II
Qaysi hukmdor davrida Ahamoniylar bosib olgan mamlakatlarda qo’zg’olonlar alangalanib ketdi?
A) Kir II B) Kambiz C) Doro I D) Kserks
Doro I ning hukmronlik qilgan davri - …
A) mil. avv. 522-486-yy.
B) mil. avv. 486-465-yy.
C) mil. avv. 465-460-yy.
D) mil. avv. 460-424-yy.
Doro I muomalaga kiritgan oltin tangalar nima deb atalgan?
A) dirham B) talant C) doroyi D) rupiy
Persepoldan O’rta yer dengiziga qadar borgan savdo yo’li nima deb atalgan?
A) “Shoh yo’li” B) “Ipak yo’li”
C) “Kumush yo’li” D) “La’l yo’li”
Doro I saltanatni qanday ma’muriy birliklarg bo’ldi?
A) viloyatlarga B) satrapliklarga
C) shtatlarga D) gubernalarga
Ahamoniylar davlatining muhim savdo markazlarini aniqlang.
A) Suza, Ekbatan B) Sard, Ktesifon
C) Persepol, Niso D) A, B, C
Doro I va Kserksning saroyi qaysi shaharda saqlanib qolgan?
A) Persepol B) Suza
C) Ekbatan D) Baqtra
Fors shohlarining bitiklari … chekib yozilgan.
A) Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga
B) Persepol saroyi devorlariga
C) Kavkaz tog’lariga
D) A va B
Makedoniyalik Aleksandr qachon Fors davlatini bosib oldi?
A) mil. avv. 334-yilda
B) mil. avv. 332-yilda
C) mil. avv. 331-yilda D) mil. avv. 330-yilda
Ahamoniylar davlati …yildan ziyod hukmronlik qilgan.
A) 100 B) 200 C) 300 D) 400
Hindiston mamlakati ... egallagan.
A) Hindiston yarimorolini
B) Hind va Gang daryolari vodiylarini
C) Himolaydan sharqdagi o’lkani
D) A va B
Hindistonda eng qadimgi davrda mavjud bo’lgan shaharlarni aniqlang.
A) Bombey va Kalkutta B) Agra, Dehli
C) Moxenjo-Daro va Harappa
D) Ahmadobod, Kanpur
Nima sababdan mil. avv. XVIII asrdan keyin Hind vodiysi shaharlari inqirozga yuz tutdi?
A) toshqinlar tufayli
B) o’rmonlar va chakalakzorlarning kengayishi tufayli
C) tuproq oriqlab ketishi tufayli
D) A, B, C
Mil. avv. 1500-yilda shimoldan Hindistonga bostirib kirgan qabilalarni aniqlang.
A) oriylar B) yuechjilar
C) eftallar D) xunnlar
Oriy qabilalari dastlab qayerda yashaganlar?
A) O’rta Osiyo va Eronda
B) Sharqiy Yevropa va Uralda
C) Qozog’iston va Sibirda
D) A, B, C
Qaysi voqeadan so’ng Moxenjadaro va Xarappa tamomila vayronaga aylandi?
A) kuchli zilziladan keyin
B) halokatli toshqinlardan so’ng
C) oriylar hujumidan keyin
D) o’zaro urushlardan so’ng
Hindlarda momaqaldiroq xudosi nima deb atalgan?
A) Budda B) Indra C) Shiva D) Braxma
Qadimgi hindlar bosh xudolaridan – Ganeshani qanday tasavvur etganlar?
A) eshak boshli B) sigir tanali
C) fil boshli D) ilon tanali
Qadimgi hindlarning tasavvuriga ko’ra, odam vafot etgandan keyin ...
A) jannat yoki do’zaxga tushadi.
B) boshqa mavjudotga aylanadi.
C) chirib ketadi. D) qayta tug’iladi.
Qadimgi hind jamiyatida mavjud bo’lgan toifalarni aniqlang.
A) braxmanlar, kshatriyalar
B) vayshilar, shudralar
C) chandallar D) A va B
Vayshilar toifasini kimlar tashkil etgan?
A) hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar
B) yirik yer egalari, ruhoniylar
C) sarkardalar va jangchilar
D) qullar, xizmatkorlar, ajnabiylar
Kshatriyalar Braxmaning qayeridan vujudga kelgan?
A) dahanidan B) qo’lidan
C) quymichidan D) tovonidan
“Chandal” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) “aslozoda, oliyjanob” B) “tirik murdalar”
C) “hazar qilinadiganlar” D) “begona”
Qadimgi Hindistonda ilk davlatlarga xos bo’lgan muassasalarni aniqlang.
A) armiya va amaldorlar
B) sudyalar va posbonlar
C) soliq yig’uvchilar
D) Barcha javoblar to’g’ri.
Mil. avv. VII-VI asrlarda Hindistonda vujudga kelgan davlatlarni aniqlang.
A) Magadxa, Koshala, Malla
B) Kashi, Sidon, Magadxa
C) Megiddo, Malla, Gandxara
D) Anga, Koshala, Ugarit
Makedoniyalik Aleksandr qachon Panjob vodiysiga bostirib kirdi?
A) mil. avv. 330-yilda B) mil. avv. 329-yilda
C) mil. avv. 327-yilda D) mil. avv. 325-yilda
Qachon yunon-makedon qo’shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi?
A) mil. avv. 325-yilda B) mil. avv. 323-yilda
C) mil. avv. 318-yilda D) mil. avv. 312-yilda
Yunon va makedon bosqinchilariga qarshi kurashga boshchilik qilgan hind sarkardasini aniqlang.
A) Bimbasara B) Chandragupta
C) Ashoka D) Samudragupta
Chandragupta qaysi davlatga asos soldi?
A) Maurya B) Gupta
C) Koshala D) Kamboja
Maurya davlatining poytaxti qaysi shahar edi?
A) Bombey B) Madras
C) Pataliputra D) Dehli
Qaysi podsho davrida Maurya davlati yuksak darajada rivojlandi?
A) Bindusara davrida B) Chandragupta davrida
C) Ashoka davrida D) A, B, C
Qadimgi Hindistonda yuksak darajada rivojlangan fan sohalarini aniqlang.
A) geografiya va fizika
B) astronomiya va matematika
C) kimyo va veterenariya
D) Barcha javoblar to’g’ri.
“Nol”ni ifodalovchi maxsus belgini kimlar o’ylab topganlar?
A) arablar B) hindlar
C) eronliklar D) xitoyliklar
Shaxmat qayerda kashf etildi?
A) Hindistonda B) Misrda
C) Xitoyda D) Mesopotamiyada
Hindlar qaysi o’yinnni “qo’shinning to’rt turi” deb ataganlar?
A) shashkani B) nardani
C) shaxmatni D) chavgonni
Hindlar birinchi bo’lib ...
A) kompasni ixtiro qildilar.
B) ipak qurtini boqqanlar.
C) lavlagidan shakar olganlar.
D) shakarqamishdan shakar olgan edilar.
Qadimgi hind adabiyotini nodir asarlarini aniqlang.
A) “Maxabxorata” B) “Ramayana”
C) “Panchatantra” D) Barcha javoblar to’g’ri.
Qadimgi hind yozma adabiyoti asarlari qaysi tilda yozilgan?
A) sanskrit B) hind C) urdu D) pushtu
Buddaviylik dinining asoschisi kim?
A) Gaumata B) Iso Masih
C) Moniy D) Siddxartha Gautama
Qaysi voqeadan so’ng Gautama saroydagi farog’atli hayotdan voz kechib, hayot mazmunini izlab topish uchun dunyo bo’ylab sayohatga otlandi?
A) Munkillagan cholni uchratgandan so’ng
B) Bedavo dardga chalingan navqiron yigitni ko’rgandan keyin
C) Dafn marosimini ko’rgandan so’ng
D) B va C
Buddaviylar … deb hisoblaydilar.
A) inson yolg’on so’zlamasligi kerak
B) inson mol-davlat to’plamasligi lozim
C) inson tirik mavjudotlar qonini to’kmasligi lozim
D) A, B, C
“Xudolarsiz din”- bu ...
A) braxmanizm B) buddaviylik
C) xristianlik D) islom
Qadimgi Hindistonda odamlarning kastalarga bo’linishni qoralagan diniy ta’limot …
A) braxmanizm edi. B) buddaviylik edi.
C) krishnaizm edi. D) zardushtiylik edi.
Xitoyda ilk sivilizatsiya ... Xuanxe va Yanszi daryolari bo’ylarida vujudga kelgan.
A) mil. avv. V-IV mingyilliklarda
B) mil. avv. IV-III mingyilliklarda
C) mil. avv. III-II mingyilliklarda
D) mil. avv. II-I mingyilliklarda
Xitoyliklar Xuanxeni nima deb ta’riflaganlar?
A) “Sariq daryo” B) “beqaror daryo”
C) “ming ofat keltiruvchi daryo”
D) A, B, C
Qachon Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo’ldi?
A) mil. avv. IV mingyillikda
B) mil. avv. III mingyillikda
C) mil. avv. II mingyillikda
D) mil. avv. I mingyillikda
Mil. avv. II mingyillikda Xitoyda tashkil topgan yagona davlat qanday nomlangan?
A) Shan B) Chjou C) Sin D) Xan
Shan davlatini bosib olgan qabilani aniqlang.
A) sya B) di C) chjou D) sin
Chjou davlatini qanday ta’riflaganlar?
A) “Zafaryor” B) “O’rta podsholik”
C) “Kunchiqar o’lka” D) A va B
Chjou davlati hukmdorlarini nima deb ataganlar?
A) “Quyosh o’g’li” B) “Osmon o’g’illari”
C) “Xudo o’g’illari” D) A, B, C
Qadimgi Xitoyda dehqonlar parvarish qilgan o’simlik va daraxtlarni aniqlang.
1. paxta 2. bug’doy 3. choy
4. javdar 5. sholi 6. tut
7. arpa 8. sholg’om 9. turp
A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 2, 4, 6, 8, 9
C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 5, 7, 9
Mil. avv. VII-V asrlar Xitoy tarixida qanday nom olgan?
A) “Ko’p podsholiklar” davri
B) “Kurashayotgan podsholiklar” davri
C) “Uch podsholik” davri D) A va B
Qachon Xitoyda Sin sulolasi yagona davlat tuzishga erishdi?
A) mil. avv. IV asrda B) mil. avv. III asrda
C) mil. avv. II asrda D) mil. avv. I asrda
Sin Shixuandi hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) mil. avv. 246-210-yy.
B) mil. avv. 245-209-yy.
C) mil. avv. 244-208-yy.
D) mil. avv. 243-207-yy.
Sin Shixuandi mamlakatni nechta viloyatga bo’ldi?
A) 17 ta B) 28 ta C) 36 ta D) 45 ta
Sin Shixuandi hukmronligi davrida…rivojlandi.
A) dehqonchilik B) hunarmandchilik
C) savdo-sotiq D) A, B, C
Sin Shixuandi maqbarasi necha yil davomida qurilgan edi?
A) 15 yil B) 22 yil C) 33 yil D) 37 yil
Buyuk Xitoy devorining balandligi, kengligi va uzunligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 10 m – 6 m – 3000 km
B) 12 m – 5 m – 4000 km
C) 8 m – 4 m – 4500 km
D) 12 m – 6 m – 5000 km
Nima uchun Buyuk Xitoy devori qurilgan?
A) Mamlakatni xunnlar hujumidan himoya qilish uchun
B) Mamlakatni mug’ullar tajovuzidan himoya qilish uchun
C) Mamlakatni yuechjilar tajovuzidan himoya qilish uchun
D) Xitoy podsholari kuch-qudratini namoyish qilish uchun
Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi boshlanib ketgan dehqonlar qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan?
A) Lyu Ban B) Gao Szu
C) Xuan Chao D) Chjan Szyan
Lyu Ban qaysi davlatga asos soldi?
A) Sin B) Chjou C) Xan D) Shan
Xan sulolasi … yillarda Xitoyni idora qildi.
A) mil. avv. 206 – milodiy 220-yillarda
B) mil. avv. 345-206-yillarda
C) mil. avv. 220-146-yillarda
D) mil. avv. 140-87-yillarda
Qaysi imperator hukmronligi davrida Xan davlati qudratli davlatga aylandi?
A) Lyu Ban B) Udi C) Lyu Syu D) In Chjen
Qadimgi Xitoyda yer kimniki hisoblanr edi?
A) hukmdorniki B) jamoaniki
C) dehqonlarniki D) ibodatxonaniki
Quyidagi qo’zg’olonlardan qaysi biri qadimgi Xitoyda sodir bo’lgan?
A) “oq kiyimlilar” qo’zg’oloni
B) “qizil ko’ylaklilar” qo’zg’oloni
C) “sariq qalpoqlar” qo’zg’oloni
D) “qizilqoshlar” qo’zg’oloni
“Sariq ro’molli odamlar qo’zg’oloni” qachon ro’y berdi?
A) mil. avv. IV asrda B) mil. avv. III asrda
C) II asrda D) III asrda
Qachon Xitoy imperiyasi uchta podsholikka bo’linib ketdi?
A) I asrda B) II asrda C) III asrda D) IV asrda
Qadimgi Xitoy yozuvi nima deb ataladi?
A) alifbo B) mixxat C) iyeroglif D) A, B, C
Qadimgi xitoyliklar dastlab yozuvni nimalarga yozganlar?
A) qog’ozga B) shoyi matosiga
C) bambuk tanasidan tayyorlangan taxtachalarga
D) A, B, C
Qog’ozni kimlar kashf etdilar?
A) misrliklar B) eronliklar
C) shumerlar D) xitoyliklar
Birinchi bo’lib Xitoyda nimalar kashf etilgan?
A) qog’oz B) seysmograf
C) kompas D) A, B, C
Qadimgi xitoyliklar kashf etgan kompas ufqning qaysi tomonini ko’rsatgan?
A) janubni B) shimolni
C) sharqni D) g’arbni
Qadimda xitoyliklar ixtiro qilgan seysmograf qanday vazifani bajargan?
A) atmosfera bosimini o’lchagan
B) zilzilani oldindan aytib bergan
C) haroratni o’lchagan
D) suv toshqinini oldindan aytib bergan
Mil. avv. VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida yashagan xalqlarni aniqlang.
A) So’g’diylar va baqtriyaliklar
B) Xorazmliklar
C) Sak va massaget elatlari
D) Yuqoridagalarning barchasi.
Qadimgi So’g’d (So’g’iyona) viloyatining jug’rofiy joylashishini aniqlang.
A) Surxon vodiysi
B) Amudaryoning quyi oqimi
C) Zarafshon va Qashqadaryo vodiysi
D) Janubiy Tojikiston
Behistun bitiklarida so’g’diylar yashagan yurt nima deb ataladi?
A) Sug’da B) So’g’uda
C) So’g’diyona D) A, B, C
Amudaryo quyi oqimida yashagan o’troq dehqon elatlari nima deb atalgan?
A) xorazmiylar B) so’g’diylar
C) saklar D) massagetlar
Xorazmiylar yurti Arrian va Strabon asarlarida qanday nom bilan tilga olinadi?
A) Xvarizam B) Xvarazmish
C) Xorasmiya D) A, B, C
So’g’diylarning eng yaqin qo’shinlari kimlar bo’lgan?
A) xorazmiylar B) baqtriyaliklar
C) parkanaliklar D) massagetlar
Surxon vodiysi, Shimoliy Afg’oniston va Janubiy Tojikistonni o’z ichiga olgan qadimgi viloyatni aniqlang.
A) So’g’diyona B) Xorazm
C) Baqtriya D) Parkana
Behistun bitiklarida Baqtriya nima deb ataladi?
A) Baxdi B) Baqtriya
C) Baqtriana D) Baqtrish
Ko’chmanchi massaget qabilalari qayerda yashaganlar?
A) Cho’llar va Amudaryo bo’ylarida
B) Tog’lar, vodiylar va Sirdaryo bo’ylarida
C) O’rmonlar, vohalar va Pomir tog’larida
D) Cho’llar, tog’lar va Orol bo’ylarida
Sak qabilalarining asosiy mashg’uloti nima edi?
A) Dehqonchilik B) Baliqchilik
C) Hunarmandchilik D) Chorvachilik
Saklar necha guruhga bo’linganlar?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
Sirdaryoning qadimgi nomi …
A) Oks B) Yaksart
C) Tanais D) Politimet
Mil. avv. I mingyillikda Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti ...
A) sun’iy cyg’orishga asoslangan dehqonchilik edi.
B) lalmikorlikka asoslangan dehqonchilik edi.
C) hunarmandchilik va savdo-sotiq edi.
D) chorvachilik va ovchilik edi.
Ko’chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg’uloti … edi.
A) chorvachilik B) ovchilik
C) dehqonchilik D) termachilik
Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda shaharlarning rivojlanishiga nima sabab bo’ldi?
A) Hunarmandchilikning rivojlanishi
B) Savdoning rivojlanishi
C) Chorvachilikning rivojlanishi
D) A va B
Arxeologlar O’zbekisgonning qanday qadimiy shaharlarni o’rganishgan?
A) Afrosiyob, Qiziltepa
B) Yerqo’rg’on va Uzunqir
C) Ko’zaliqir D) Yuqoridagilarning barchasini.
Qadimgi shaharlar qanday vazifani o’tagan?
A) savdo va hunarmandchilik markazi
B) tumanlar va viloyatlar markazi
C) dehqonchilik markazi D) A va B
Qadimgi shaharlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatni aniqlang.
A) Saroylarning qurilishi
B) Bu yerda armiyaning saqlanishi
C) Ularda aholining ko’pligi
D) Ularning mudofaa devorlari bilan o’ralishi
Qadimgi Samarqand shahrining xarobalari nima deb ataladi?
A) Afrosiyob B) Marokanda
C) Smarakansa D) Semizkent
O’rta Osiyo hududida tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmasi - …
A) Baqtriya B) Xorazm C) Dovon D) A va B
Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir va Afrosiyob singari qadimiy shaharlarning yoshi ... yildan kam emas.
A) 3000 B) 2700 C) 2500 D) 2000
Qadimgi Xorazm davlatining markazlaridan birini aniqlang.
A) Ko’zaliqir B) Urganch
C) Qiyot D) Tuproqqal’a
Mil. avv. I mingyillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda keng tarqalgan dinni aniqlang.
A) zardo’shtiylik B) totemizm
C) fetishizm D) animizm
Zardo’sht kim bo’lgan?
A) zardo’shtiylik dinining asoschisi
B) qo’zg’olon rahbari
C) ilohiyot olimi D) A, B, C
Yunonistonda Zardo’shtni ... sifatida bilishar edi.
A) payg’ambar B) munajjim
C) faylasuf D) xudo
Zardщshtiylik dinining muqaddas kitobi nima deb ataladi?
A) "Tavrot" B) "Qur’on"
C) "Avesto" D) "Injil"
"Avesto" so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A) itoatkorlik B) kitob
C) o’qish D) qat’iy qonunlar
Zardo’shtiylik dini xudolari qaysi variantda xato berilgan?
A) Axuramazda B) Mitra
C) Anaxita D) Xato variant yo’q.
Zardo’shtiylik dinidagi yovuzlik va o’lim xudosi - …
A) Axuramazda B) Ahriman
C) Aid D) Azroil
Kim Axuramazda va odamlar o’rtasida bosh vositachi bo’lgan?
A) Mitra B) Zardo’sht
C) farishtalar D) A, B, C
Mitra nima yordamida Ahriman bilan jang qilgan?
A) qilich va nayza B) o’tli chaqmoq
C) o’q-yoy D) olovli o’qlar
Anaxita zardo’shtiylikda ... ilohasi bo’lgan.
A) quyosh va yorug’lik B) baxt va farovonlik
C) hosildorlik va suv D) yovuzlik va o’lim
"Avesto"ning ayrim qismlarini birinchi bo’lib tarjima qilgan olimning ismi-sharifini aniqlang.
A) A. Dyuperron B) M. Boys
C) G. Chayl D) L. Morgan
Zardo’sht necha yoshida payg’ambar bo’ldi?
A) 25 yoshda B) 30 yosh C) 40 yoshd D) 45 yoshda
"Payg’ambar" so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) islohotchi B) bosh ruhoniy
C) mujda beruvchi D) yo’l boshlovchi
Qachon Zardo’shtning barcha va’zlari 21 ta kitobga jamlandi?
A) mil. avv. VI asrda B) mil. avv. V asrda
C) mil. avv. IV asrda D) mil. avv. III asrda
"Avesto"ga yozilgan tafsirlar nima deb ataladi?
A) Yasht B) Zand C) Videvdot D) Vispered
Zardo’shtiylik ta’limotiga ko’ra inson hayotining asosiy mazmuni … dan iborat.
A) ezgu amal B) ezgu so’z
C) ezgu o’y-fikr D) A, B, C
Zardo’shtiylikda insonning asosiy burchi, eng avvalo ... hisoblangan.
A) adolatli turmush tarzi B) fidokorona mehnat
C) Ahuramazdaga e’tiqod D) farzandlar tarbiyasi
Zardo’shtiylikda muqaddas deb hisoblangan unsurlarni aniqlang.
A) Olov B) Tuproq C) Suv va Havo
D) Yuqoridagilarning barchasi.
Ossuariy deb nimaga aytiladi?
A) Suyaklar saqlangan maxsus sopol tobutchaga
B) Zardo’shtiylarning qabristoniga
C) Muqaddas olov yongan o’choqqa
D) Zardo’shtiylar ibodatxonasiga