Afrika qit’asiga oid testlar.
7-sinf Jahon tarixi
1. Quyida xaritada ko’rsatilgan hududda qadimda qaysi davlat tashkil topgan?
A) Gana B) Mali C) Songai D) Aksum
2. Quyida xaritada ko’rsatilgan hududda qadimda qaysi davlat tashkil topgan?
A) Gana B) Mali C) Songai D) Aksum
3. Quyida xaritada ko’rsatilgan hududda qadimda tashkil topgan davlat tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping.
A) Davlatning asosiy daromad manbai tranzit savdosi va oltin konlari bo’lgan
B) Bojninig asosiy qismini chetdan keladigan savdogarlar: arablar, barbarlar, yahudiylar to’lagan.
C) Bu davlar Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lgan.
D) Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida XIII asrda o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishadi.
4. IV asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o’tkazilib, ushbu alifbo hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan davlat xaritada qaysi raqam ostida ko’rsatilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
5. Quyida xaritada yulduzcha bilan ko’rsatilgan davlat tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping.
A) VIII asrda vujudga kelib, X asrda o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishgan.
B) Hukmdor Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyshtiradi.
C) Marokash sultoni XVI asr oxirida.
D) Rivoyatlarga ko’ra bu davlatning birinchi hukmdori – Manelik podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug’ilgan o’g’li.
6. Xaritada yulduzcha bilan ko’rsatilgan hudud(davlat)ning hukmdorlari o’rta asrlarda bosib olgan davlatlarni belgilang.
A) Nubiya va Aksum B) Gana va Mali C) Gana va Songai D) Mali va Songai
8-sinf Jahon tarixi
1. Quyidagi xaritada Mamluklar hukmronligi ostida bo’lgan davlat qaysi raqam ostida ko’rsatilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
2. XVI asr boshlarida ispanlar bostirib kirib, qirg’oq bo’yi hududlarini egallab olgan davlat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
3. Usmonli turklar tomonidan 1551-yilda imperuya tarkibiga qo’shin olingan hudud xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
4. XVI asrdan boshlab, ispanlar va turklar tomonidan qiziqish bildirilgan hudud xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
5. XVI-XVIII asrlarda o’z mustaqilligini saqlab qolgan davlatlar xarita qaysi raqamlar bilan ko’rsatilgan.
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 (Sudan va Marokash)
6. Quyida xaritada yulduzcha bilan ko’rsatilgan davlat tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping.
A) 1517-yilda Sulton Salim I armiyasi ushbu mamlakat poytaxtini egallaydi.
B) Ispanlarga qarshi xalq harakatiga sarkarda Xayriddin boshchilik qiladi.
C) Hozirgi ushbu hudud Qalampir qirg’og’i deb atalgan.
D) XVIII asrdan boshlab bu mamlakat nomigagina Istanbulga bo’ysunib, mustaqil ichki va tashqi siyosat olib boradi.
7. Al-Azhar masjidi joylashgan davlat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Do'stlaringiz bilan baham: |