- Ekvatorial iqlim mintaqasi: bu mintaqa Kongo havzasining anchagina qismini, shuningdek, Gvineya sohilining 7° - 8° shimoliy kengliklargacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Kongo havzasida yer yuzasi kuchli qizib ketganidan havo massalari yuqoriga ko’tariladi va butun yil davomida konyuktiv yog’inlar yog’adi. Gvineya sohilida yog’inlarni ko’proq janubi-g’arbiy shamollar keltiradi va bu yerda yil davomida juda ko’plab yog’in yog’ishi kuzatiladi. Haroratning yil bo’yi +24, +28 S dan yuqori bo’lishi, bug’lanishidan ko’ra 1,5-2 marta yog’inning ko’p yog’ishi va nisbiy namlikning yuqori bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |