Ko'rsatkichlar
|
Afrikaning ayrim davlatlari
| |
Jahonning rivojlangan davlatlari
| |
|
Niger
|
Chad
|
Germaniya
|
Yaponiya
|
1 ta ayolga to'gri keladigan o'rtacha farzand soni
|
7,2
|
6,4
|
1,6
|
1,4
|
Aholining yillik tabiiy ko'payishi, %
|
3,8
|
3,1
|
-0,2
|
-0,3
|
Erkak va ayollarning o'rtacha umr
|
E. - 59
|
E. - 52
|
E. - 78
|
E. - 81
|
ko'rishi, yosh
|
A. - 61
|
A. - 54
|
A. - 83
|
A. - 87
|
Aholining yosh tarkibida 15 yoshga- cha bolalar ulushi, %
|
50
|
47
|
13
|
12
|
Aholining yosh tarkibida 65 yoshdan katta bo'lganlarning ulushi, %
|
3
|
2
|
21
|
28
|
Go'daklar o'limi, 1000 ta tug'ilgan go'dakka nisbatan
|
60
|
72
|
3
|
2
|
Afrikadagi ayrim davlatlar hamda Germaniya va Yaponiyaning demografik ko'rsatkichlari (2018-yil holatiga ko'ra)
Afrika qit'alar orasida urbanizatsiya darajasi (43%, 2018-y.) jihatidan oxirgi o'rinda turadi. Shahar aholisi salmog'i, asosan, O'rta dengizbo'yi davlatlari, JAR, kichik orol mamlakatlari va neft sanoati rivojlangan davlatlarida yuqori. Niger, Ruanda, Burundi, Malavi singari davlatlarda esa urbanizatsiya darajasi 20 % ga ham yetmaydi. - Afrika qit'alar orasida urbanizatsiya darajasi (43%, 2018-y.) jihatidan oxirgi o'rinda turadi. Shahar aholisi salmog'i, asosan, O'rta dengizbo'yi davlatlari, JAR, kichik orol mamlakatlari va neft sanoati rivojlangan davlatlarida yuqori. Niger, Ruanda, Burundi, Malavi singari davlatlarda esa urbanizatsiya darajasi 20 % ga ham yetmaydi.
Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit'asi ikkita katta qismga bo'linadi. Birinchisi, Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo'lgan Shimoliy Afrika mintaqasi. Bu davlatlarda, asosan, janubiy yevropeoid irqiga mansub bo'lgan arab va barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom dini hisoblanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi bilan ajralib turadi. Qit'adagi boshqa davlatlar esa Tropik Afrika mintaqasini tashkil qiladi. Bu mintaqa aholisining etnik tarkibi juda rang-barang bo'lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil mahalliy dinlar keng tarqalgan bo'lib, har xil davlatlarda ularning nisbati turlicha. - Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit'asi ikkita katta qismga bo'linadi. Birinchisi, Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo'lgan Shimoliy Afrika mintaqasi. Bu davlatlarda, asosan, janubiy yevropeoid irqiga mansub bo'lgan arab va barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom dini hisoblanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi bilan ajralib turadi. Qit'adagi boshqa davlatlar esa Tropik Afrika mintaqasini tashkil qiladi. Bu mintaqa aholisining etnik tarkibi juda rang-barang bo'lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil mahalliy dinlar keng tarqalgan bo'lib, har xil davlatlarda ularning nisbati turlicha.
Afrika davlatlarining jahon xo'jaligidagi o'rni, asosan, tog'-kon sanoati va tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi. Ya'ni qit'adagi davlatlar iqtisodiyotida ko'proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi. Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog'liq. - Afrika davlatlarining jahon xo'jaligidagi o'rni, asosan, tog'-kon sanoati va tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi. Ya'ni qit'adagi davlatlar iqtisodiyotida ko'proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi. Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog'liq.
Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va Malavi uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash fosforit, Gana va Tanzaniya oltin, Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko'mir, temir, marganes, oltin, platina, olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi. - Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va Malavi uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash fosforit, Gana va Tanzaniya oltin, Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko'mir, temir, marganes, oltin, platina, olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi.
Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo'jaligi uchun ma'lum bir ekin turining yakkahokimligi xosdir. Masalan, Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-d'Ivuar, Gana, Kamerunda kakao, Senegal va Gambiyada yeryong'oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy hisoblanadi. Ko'ptarmoqli qishloq xo'jaligi JAR hamda O'rta dengizbo'yi davlatlarida shakllangan. - Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo'jaligi uchun ma'lum bir ekin turining yakkahokimligi xosdir. Masalan, Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-d'Ivuar, Gana, Kamerunda kakao, Senegal va Gambiyada yeryong'oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy hisoblanadi. Ko'ptarmoqli qishloq xo'jaligi JAR hamda O'rta dengizbo'yi davlatlarida shakllangan.
Keniya choy plantatsiyasi Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta qismga bo'linadi. JAR qit'adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo'lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, Jazoir, Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O'rta dengizbo'yi) Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit'aning qolgan davlatlari Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga kiradi. Tropik Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan. - Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta qismga bo'linadi. JAR qit'adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo'lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, Jazoir, Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O'rta dengizbo'yi) Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit'aning qolgan davlatlari Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga kiradi. Tropik Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |