Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash



Download 0,91 Mb.
bet1/2
Sana07.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#752464
  1   2
Bog'liq
AEROPORTNING XIZMAT

AEROPORTNING XIZMAT-TEXNIK HUDUDINI LOYIHALASH


Bosh reja – aeroport loyihasining eng muhim qismi hisoblanadi va jo‘g‘rofiy o‘rnini ko‘rsatadi, shuningdek, reja va hududni obodonlashtirish kompleks yechimlarini, binolar, inshootlar, transport kommunikatsiyalari, muhandislik tarmoqlari, havodagi harakatlarni boshqarish, radionavigaiya va qo‘nish tizimlari uskunalarining joylashuvini, ijtimoiy-maishiy xizmatning tashkil qilinishini aks ettiradi.
Bosh rejada bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik, shaharsozlik, arxitektura-qurilishi, sanitariya va gigiena, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar qanday hal qilinganligi ko‘rinib turadi.
Aeroport bosh rejasining tarkibi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: aerodrom uchish tasmalarining joylashuvi, shahar tomonidan kirib kelinishi, bino va inshootlarning qurilish xarakteri, aeroport ichidagi yo‘llar, transport yo‘llari, maydonlar sxemasi, yondoshib keladigan temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining trassalangan ish shartlari, asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, qurilish uchastkalarining tabiiy sharoitlari. Bosh reja loyihalashga berilgan topshiriqqa asoslab ishlab chiqiladi. Topshiriqda bo‘lajak aeroportning klassi, demak yillik tashish hajmi, harakat jadalligi, ro‘yxatdagi HK parki, aeroport ekspluatatsiyasining texnologik xusuiyatlari ko‘rsatiladi. Bosh reja loyihasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
aeroportning bino va inshootlari HK larining muntazam uchishlari va xavfsizlik shartlarni bajarish sharti bilan berilgan o‘tkazuvchanlikni ta’minlash;
passajirlarga xizmat ko‘rsatishda, HK lariga texnik xizmat ko‘rsatishda, uchishlarni tashkil etish, aeroport zonasida havodagi harakatlarni boshqarishda ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va uchish jarayonlariga taaluqli zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
aeroportning kelajak 25-30 yilda bo‘ladigan taraqqiyotini hisobga olgan holda, aviatsiya texnika va uskunalari rivojini e’tiborga olish;
texnologik jarayonlar va aeroport elementlarining o‘zaro bog‘liqligini yagona tizimli uslubiyat asosida loyihalab, aeroportning hamma binolari va inshootlarini texnologik kompleks rejalashtirish;
binolar va inshootlar joylashishining iqtisodiy samaradorligini, ularni zichroq o‘rnatish, blokirovkalash, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini qisartirish evaziga ta’minlash;
aeroport bosh rejasi va shaharsozlik masalalarining yagona arxitektura- qurilish yechimlarini, “shahar-aeroport” tizimi rejali yechimining organik bog‘liqlik asosida, binolarni loyihalashda estetik me’yorlarga rioya qilgan holda ta’minlash;
aeroportni qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida atrof muhitni tiklash va boyitish yo‘li bilan himoyalash;
inshootlar oralig‘ida me’yoriy masofalar (sanitariya va yong‘inga qarshi) qoldirish, hududdan tejamli foydalanish;
aeroport hududini obodonlashtirish, u yerda tranport va passajirlar harakatini tashkil etish, xodimlarga ijtimoiy-maishiy xizmatni ta’minlash;
Aeroportning bosh rejasi topografiya qoidalari bilan 1:5000 miqyosda (texnik-iqtisodiy tahlil bosqichida) va 1:2000 miqyosida (ishchi xujjatlarni tayyorlash bosqichida) ishlab chiqiladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: mavjud, qayta ko‘riladigan, buzib tashlanadigan, loyihalanadigan binolar va inshootlar; havodagi harakatni boshqaradigan, radionavigatsiya va qo‘ndirish ob’ektlari; hamma turdagi yo‘llar; ajratilgan yondosh yerlar, hudud; binolar va inshootlarning to‘siqlari; ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlari, hududning zahira uchastkalari. Bosh rejada shamollar yo‘nalishini ko‘rsatuvchi diagramma ham beriladi.
Bosh rejaga tushuntirish matni ilova qilinadi. Unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: aeroport joylashadigan yer uchastkasiga qisqacha tavsif; bosh rejani komponovka qilish, transport, muhandislik tarmoqlari, fuqaro mudofaasi bo‘yicha qabul qilingan muhandislik yechimlarini asoslash; asosiy ko‘rsatkichlar (aeroport uchun ajratilgan yer maydoni, qurilishlar zichligi). Bulardan tashqari aeroportning vaziyatlar rejasi, vertikal planirovka loyihasi, muhandislik tarmoqlarining jamlanma rejasi ham qo‘shiladi.
Aeroport XTH ini rejasiga quyidagi talablar qo‘shiladi:
texnologik jarayonlarni aniq tashkil etish va qurilishlarni hudud bo‘ylab oqilona taqsimlash;
aeroportda ishlovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish akustik holatlarni hisobga olgan holda atrof muhitni muxofaza qilish;
passajirlar yo‘lini, bagaj, yuklar olgan holda atrof muhitni muhofaza qilish; passajirlar yo‘lini, yuklar va pochta yuklarini tashish yo‘lini iloji boricha
kamaytirish; passajirlar, aeroport xodimlari va maxsus transport vositalari xavfsiz harakat qilishini ta’minlash;
ayrim binolar va inshootlarni rivojlantirish imkonini ta’minlash (zahira yer uchastkalari tomon kengaytirish yoki qayta qurish);
yer uchastkalaridan tejamli foydalanish va kapital mablag‘larning eng katta samarasini ta’minlash.
Bu talablarni amalda bajarish uchun XTHning bosh rejasida quyidagilar ko‘zda tutiladi:
bino va inshootlar bo‘yicha qabul qilingan loyiha yechimlarining aeroport ishi texnologiyasiga, quvvati va o‘tkazish qobiliyatiga mosligini dalillash va asosiy xarajatlarni iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish;
binolar va inshootlarning ixtisoslashganligi, ularning texnologik va transport aloqasi, sanitariya-gigiena va yong‘in xafvsizligi talablari, qurilish navbati asoslarida aerodrom hududini zonalarga ajratish;
XTH ichida ishlab chiqarish bilan bog‘liq, transport va muhandislik aloqalari oqilona bo‘lishini ta’minlash; bunda yondosh aholi punkti va XTH ning aloqa yo‘llari, aeroport va aholi punktining kelajakdagi rivoji e’tiborga olinadi;
inshootlar oralig‘ida bo‘sh masofa me’yorlariga rioya qilish, hudud maydonidan oqilona foydalanish;
qurilish uchastkasini obodonlashtirish va shovqin darajasi me’yordan oshmasligini ta’minlash;
havodagi harakatni boshqaruv (HHB), radionavigatsiya va qo‘ndirish vositalarini joylash-tirish; bunda xizmat qiluvchi xodimlar va mahalliy aholini yuqori chastotali nurlanishdan muhofaza qilishni ta’minlash;
muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini trassalash, optimal yotqizishni kompleks hal qilish;
bino va inshootlar qurilishini va ekspluatatsiyaga ishga tushirilishini komplekslar va navbatlar bilan amalga oshirish imkoniyati;
atrof-muhit muxofazasi bo‘yicha kompleks talablarga rioya qilish.
Bosh rejani loyihalashda XTH ni aerodrom chegarasiga, asosiy kommunikatsiyalar tarafiga joylashtirish lozim; bunda muhandislik kommunikatsiyalar qisqa bo‘lishini, yer uchastkasidan oqilona foydalanishni ta’minlash kerak.
Birinchi klass aeroportlarning bosh rejasini loyihalashda XTH ning arxitektura-qurilish yechimi bitta yoki ikkita uchish-qo‘nish tasmasi (UQT) qurishni ko‘zda tutishi kerak.
Ikki yoki undan ortiq uchish tasmasi, individual loyihalanadigan binolari va inshootlari bor bo‘lgan, halqaro va klassi yo‘q aeroportlarni loyihalashda yer uchastkasining o‘lchamlari loyiha asosida aniqlanadi.
Aeroportning bosh rejasini loyihalashda inshootlarni joylashtirish bo‘yicha loyihaviy yechimlarni joyning vaziyatlari elementlari: aholi punktlari, sanoat korxonalari, transport va muhandislik kommunikatsiyalari, relef va boshqa omillar bilan moslashtirish lozim.
Shuningdek, aerodrom tashqarisiga olib chiqilgan radionavigatsiya va qo‘ndirish inshootlarining aeroportda tutashuvchi transport yo‘llari va muhandislik tarmoqlarining aeroportga bog‘lanish masalalarini ham hal qilish kerak. Bu maqsadlarda bosh reja kompleksida vaziyatlar rejasi ishlab chiqiladi. U kartografiya qoidalari bilan 1:25000 – 1:100000 miqyoslarda tuziladi. Vaziyatlar rejasida (2.1a- rasm) aholi punkti, uning kelajakda kengayish chegaralari, aeroportning joylashuvi, havodan kirib kelish tasmalari ko‘rsatiladi.
O‘rmon va qishloq xo‘jalik ekinlari chegaralari, daryolar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari ham ko‘rsatiladi. Aeroportga eltadigan loyihaviy yo‘llar, muhandislik kommunikatsiyalari liniyalari va trassalari (aloqa, elektr ta’minoti, suv ta’minoti va b.), aeroportning alohida turgan inshootlari (suv ta’minoti, suv olish va tozalash kabi) ham vaziyatlar rejasiga kiritiladi. Bulardan tashqari, atrofdagi hududda shovqin darajasi, HK larining harakat trassasi ham ko‘rsatiladi. Yirik aeroportlarni loyihalayotganda shovqinning ta’sir darajasi alohida chizma bilan beriladi. Shamollar yo‘nalishi diagrammasi, qurilayotgan va mavjud inshootlar ro‘yxati, UQT ning o‘qiga nisbatan uchish-qo‘nish joyining profili va rejasi (2.1 b

    • rasm) , xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni ko‘rsatgan holda beriladi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish