Pechda gazlarni diffuzion yonishi
Gazlarni yonishi asosan o‘txona kamerasida amalga oshib, yoqilg‘i aralashmasi o‘txonaga gorelka orqali beriladi. O‘txona fazosida murakkab bo‘lgan fizik-ximik jarayonlar natijasida mash’ala alanga deb ataluvchi yonadigan gaz oqimi hosil bo‘ladi[19-21].
Yonish uchun zarur bo‘lgan havoni yuborish usuliga qarab gazlarni yonishini quyidagi turlari mavjud.
Bir jinsli gaz aralashmasini yonishi bo‘lib bunda oldindan tayyorlangan yoqilg‘i aralashmasi o‘t oldiriladi.
Gazlarni diffuzion yonishi bo‘lib bunda gaz va havo alohida beriladi.
Gazlar aralashmasini havo miqdori etarli bo‘lmagan holda yonishi bo‘lib bunda gaz havo bilan aralashmagan holda berilsada lekin havoning miqdori to‘liq yonish uchun etarli bo‘lmaydi.
Bu yonish turlari bilan tanishib chiqaylik:
Bir jinsli gaz aralashmasining yonishi asosan yonish kamerasiga to‘xtovsiz etib keladigan yoqilg‘i aralashmasiga alangani tarqalishi evaziga amalga oshadi.
Yoqilg‘i aralashmasi harakatini xarakteriga bog‘liq holda amalga oshadigan laminar va turbulent yonish usullari mavjuddir. Laminar yonish usuli bilan tanishib chiqamiz.
Vertikal joylashgan gorelkaga alangani egilmasligi uchun bir jinsli aralashma berilayotgan bo‘lsin. Aralashmaning laminar xarakatida uning xarakat tezligi taqsimoti gorelkada parabola shaklida bo‘ldai. Shunga uxshash tezlik taqsimoti gorelkadan tashqariga chiqishda ham saqlanadi. Gorelkaning devorida tezlik kichik bo‘lib uning o‘qmiga yaqinlashgan sari orta boradi va maksimal qiymatiga erishadi (1.2.1-rasm).
1.2.1-rasm. Bir jinsli aralashmani yonishini hisoblash uchun laminar mash’alaning balandligi
Alanga chetidan o‘rtasiga tomon xarakatlanib konussimon shaklga keladi. Alangani gorelka perimetridan oqim markaziga tomon harakatlanish uchun kerak bo‘ladigan vaqt quyidagiga teng bo‘ladi.
(1.2.1)
Bu yerda - gorelka radiusi; -alangani normal tarqalishi tezligi. Bu vaqtda markaziy oqim tezlik bilan xarakatlanib
(1.2.2)
masofani bosib o‘tadi va u alangauzunligiga teng bo‘ladi.
(1.2.2) va (1.2.1) ni qiymatini qo‘yib laminar alangan uzundigi uchun quyidagi formulaga ega bo‘lamiz
(1.2.3)
Gorelkaning berilgan diametrida alanga formasi va uning o‘lchami alanganning tarqalish tezligi va oqimining alohida nuqtalaridagi tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar alanganing tarqalishi tezligi katta va oqim tezligi qancha kichik bo‘lsa alangan ham shunga qisqa bo‘lsa va teskarisi kichik bo‘lib qancha katta bo‘lsa shuncha alanga uzun bo‘ladi. Gorelkaning diametri kattalashishi bilan alangan uzunligi orta beradi.
Yonish jarayonini intensivlashtirish uchun gazlarni yoqish gaz oqimini katta tezliklarida ya’ni ularni turbulent harakat rejmida amalga oshadi. Turbulent alangani stabillashtirish uchun uni turg‘un yonishini tashkil etish lozim bo‘ladi. Bu ish gazni qizigan yonish mahsulotlari bilan to‘lgan fazoda yoqish bilan amalga oshiriladi.
Turbulent pulsatsiyalar ta’sirida alangan fronti egilib (qiyshayadi) uzluksiz shaklini o‘zgartirib turadi. Lekin konussimon shakli saqlanib turadi, chunki yonish oqimning chetlarida amalga oshadi. Yonish zonasining uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadi.
(1.2.4)
2) Agar gorelkaga tarkibida kislorod bo‘lmagan gaz yuborilsa va u yoqib yuborilsa u holda yonish diffuziya yordamida atrof muhitdagi kislorod hisobida amalga oshadi. Bu holda gaz va havo alohida berilib, yonish jarayoni esa ularni o‘zaro diffuziyalanishi sababli sodir bo‘ladi. Yonish tezligi esa siljish jarayonini intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday yonish usuliga fiffuzion yonish usuli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |