Kiritish va chiqarish qurilmalarini tanlash
Pechning kiritish mexanizmi harakatlanuvchi idishi (chashi) va idishning chiqish teshigini yonuvchi qopqoq (kolakola) dan iboratdir. Idishga keltirilgan oxaktoshlar qopqoqni ko‘tarilish momentida qo‘zg‘almas boshqa idishga yuklanadi va undagi konusni tushirish orqali undan tukiladi. Harakatlanuvchi idish reduktor orqali elektr dvigateli yordamida hakaratga keltiriladi[6-12].
Quyida kiritish qurilmasining texnik xarakteristikalari keltirilgan.
Yuqori idishning (chashi) hajmi yo‘li 1,7m3
Qopqoq (kolakola) 0,7 m
Konus 0,5 m
Yuqori idishning (chashi) aylanish chastotasi
Qabul qilish voronkasidigai
Elektrodvigatel quvvat 1,7 kVt
Elektrodvigatel bilan birga
Idish (chashi) massasi 10,75 T
Ishlab chiqaruvchi Istыn mashinasozlik zavodi
Chiqarish qurilmasi alohida cho‘yan kolosniklaridan yig‘ilgan reshyotka bo‘lib, ilgarilanma qaytma harakat qiladi (gidroprivod orqali)
Karetkaning maksimal yo‘li 0,15 m
Silindr shtokining maksimal yo‘li 1,2 m
Shtokdagi kuchlanish 40-104 n
Zatvor tipi shlyuzali
Elektrodvigatel quvvati 4,5 kVt
Chiqarish qurilmasining massasi 10,9 T
Shlyuzali zatvor elektr dvigatelining quvvati 1 kVt
Shlyuzali zatvorning massasi 6,92 T
Ishlab chiqaruvchi Istыn mashinasozlik zavodi
XULOSA
1. Kirim va sarf qismlarini hisoblashlar orqali shaxtali pechda oxaktosh pishirish jarayonining material balansi tuzilib hosil bo‘lgan oxak (58,1%) va gaz miqdor (41,9) lari aniqlandi.
2. Oxaktoshni pechda bo‘lish vaqtini qizish, pishirish va sovitish zonalariga bo‘lib hisoblab uni yuklanadigan material bo‘lagining kattaligiga, temperaturalar farqiga va issiqlik uzatish koeffitsentiga bog‘liq ekanligi qayd etildi.
3. Shaxtali pechning konstruktiv o‘lchamlari hisoblanib qizdirish, pishirish va sovitish zonalarining balandlimklar bu zonalarda boradigan jarayolarga va temperaturaga bog‘liq ekanligi ko‘rsatildi.
4. Gaz, havo va yonish mahsulotlari miqdori hamda tarkibini hisoblashlar orqali tabiiy gaz yonishining material balansi tuzilib, yonuvchi elementlar yonish reaksiyalari issiqlik effektidan foydalangan holda gazni issiqlik berish qobiliyati aniqlandi.
5. Pishirish zonasiga kiritiladigan va sarflangan issiqlik miqdorlarini hisoblashlar orqali pishirish zonasining issiqlik balansi tuzilib, pishirish uchun lozim bo‘lgan yoqilg‘i miqdori aniqlangani holda, issiqlik miqdorining kirim qismi yoqilg‘ining yonishidan ajralgan, havo bilan kiritiladigan hamda pishirish zonasiga qizdirish zonasidan oxaktosh orqali keladigan issiqlik miqdorlariga bog‘liq ekanligi qayd etildi.
6. Pechga kiritiladigan oxaktosh, yoqilg‘i va havo miqdorlarini hisoblashlar orqali pechning yig‘ma material balansi tuzildi hamda olingan mahsulot va chiqib ketadigan gazlar miqdori aniqlandi.
7. Texnologik jarayonlar uchun sarflangan va pechga keladigan umumiy issiqlik miqdorlarini hisoblashlar orqali pechning foydali ish koeffitsenti aniqlanib, umumiy sarflangan issiqlikning 80% foydali ishga ya’ni oxak pishirishga sarf bo‘lishi ko‘rsatildi.
8. Qizdirish, yonish va sovitish zonalarining gidravlik (aerodinamik) qarshiliklari hisoblanib, qarshilik asosan pishiriladigan xam ashyo bo‘lagining o‘rta cha o‘lchamiga, pechning solishtirma unumdorligiga, qarshilik koeffitsentiga, qizdirish yonish va sovitish zonalarining balandliklariga bog‘liq ekanligi qayd etildi.
9. Berilgan temperaturadagi hajmiy sarf va bosimni hisoblashlar orqali tutun surgich elektrodvigatelining quvvati aniqlandi va o‘q asosda tutun surgich tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |