agglutinatsiya Gemagglutinatsiya - Gemagglutinatsiya (gemo... va agglutinatsiya) — serologik reaksiya; quyilayotgan qon resipiyent (qon oluvchi bemor)ning qon guruhiga mos kelmaganda, qon shaklli elementlaridan eritrotsitlarning bir-biriga yopishib, gʻuj boʻlib choʻkishi. Bevosita va bilvosita gemagtlyutinatsiya farq qilinadi. Bevosita Gemagglutinatsiyada eritrotsitlarning yopishib qolishi unga antitelo — gemagglutininlarning toʻgʻridantoʻgʻri taʼsiri tufayli roʻy beradi.
- Agar gemagglutinin va eritrotsitlar bir turdagi organizmga xos boʻlsa, izogemagglutinatsiya sodir boʻladi. Bu qon guruhini aniqlash va donorni toʻgʻri tanlashda qoʻl keladi. Agar yuqoridagi holat har xil turdagi organizmga xos boʻlsa, geteroagglutinatsiya roʻy beradi, bu asosan ayrim infeksion kasalliklar (masalan, infeksion mononukleoz)da kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |